M kariyev, R. Alimov
Operatsiyadan keyin paydo bo‘ladigan muamtnolar
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
Operatsiyadan keyin paydo bo‘ladigan muamtnolar: 1. Ochiq yoki
yopiq jarohatga bosh miya shish bilan reaksiya beradi. Shish darajasiga ko‘ra turli xil miya degidratatsiyasi qilinadi: a) vena ichiga osmotik diuretiklar yuboriladi (mochevinaning 30%li eritmasi, manitolning 15— 30%li eritmasi, glitsinning 20%!i eritmasi; b) boshqa diuretiklar: furosemid (o‘tkir degidratatsiya qilish uchun) teofillin, veroshpiron va boshqalar (sekin degidratatsiya uchun); d) kinin va prostaglandin ingibitorlari (atsetilsalitsilat kislota, indometatsin, kurantil); e) glyu- kokortikoid garmonlar. Bosh miyadagi qon aylanishni va metabolizm- ning yaxshilanishi bosh miyadagi shishning kamayishiga olib keladi. Shuning uchun shishga qarshi terapiya umumiy lozim bolgan usul- Iar bilan qonning reologik xususiyatini yaxshilanishi va sirkulatsiya- dagi qon hajmini normallashishini o‘z ichiga oladi. 2. 0‘tkir nafas yetishmovchiligi. Respirator terapiya birinchi tib- biy yordam ko'rsatishdan boshlanishi zarur, barcha tibbiy evakuatsiya etaplarida o‘tkazilishi hamda operatsiyadan keyingi davrda davom etishi zarur. Asosli variantlardan biri traxeyani termoplastik naycha yor- 9 1 damida intubatsiya qilish hisoblanadi: bunda 4—5 kun ichida nafas yo‘llarini tozalash va o‘pkani sun’iy ventilyatsiyasini o'tkazish mum- kin bo‘ladi. Nafas yetishmovchiligining uzoq vaqtga cho‘zilishi kuza- tilgan hollarda traxeostomiya o'tkazish mumkin. 3. Yiringli asoratlaming oldini olish — meningit, meningoensefalit, bosh miya abssesslari va boshqalar - turli yo'llar bilan antibiotiklar yuborish (mushak orasiga, tomir ichiga endolyumbal va boshqalar). 4. Hushsiz holdagi yaradorlarning operatsiyadan keyingi ovqat- lantirish va ularni parvarish qilish. . Og‘ir yaradorlarga bosh miya va kalla suyagi yaralanishlari kiradi. M.N. Axutin (1942-y.) tomonidan o‘tkazilgan jahon tibbiy adabiyoti analizi shuni ko‘rsatadiki, kalla suyagi jarohati bilan 60—65% yaradorlar jang maydonida halok bo'lishadi. Operatsiyadan keyingi o'lim to'qimalar ja- rohati xarakteriga bog‘liq. Masalan, suyaklar yorilishi bilan kechuvchi yumshoq to‘qimalar jarohati va qattiq miya pardasining shikastisiz kechuvchi yaradorlarda o‘lim 5 foizni tashkil etadi. Bosh miya va kalla suyagi teshib o'tuvchi jarohatlarida esa o‘lim 80- 100% ni tashkil etadi. Operatsiyadan keyingi davrda turli xil asoratlar rivojlanishi mum- kin. Juda xavfli erta asoratlarga meningoentsefalit kiradi. Yana bu kategoriyaga: orqa miya churralari va erta tutqanoqlar kiradi. Og‘ir asoratlarga bosh miya abssessi kiradi. Bu asorat jarohat olgandan bir necha yil keyin ham rivojlanishi mumkin va u 1— 3%ni tashkil etishi mumkin. Kechki asoratlar bosh miyaning kechki abssessi va bosh miya hamda uning qoplamalari o'rtasida rivojlanuvchi chandiq yoki kista asosidagi kechki tutqanoqlar. Bulardan 3/5 qismidagi tirik qolganlar turli og'irlikdagi nogironlar hisoblanadi. Ular uchun ish sharoitini yaxshilab berish va davriy reabilitatsion davolovchi kurslar o'tkazish kerak. MASHG'ULOT MAVZUSI BO‘YICHA TALABAN1NG 0‘RGANlSHI ZARUR BO‘LG AN AM ALIY K0‘N1KMALAR 1. Yuqori nafas yoMlari o‘tkazuvchanligining mexanik buzilishi- dagi, sanatsiyasini o'rganish. 2. Til fiksatsiyasi va tikishni o'rganish. 3. Havo o‘tkazuvchi naychani kiritish va fiksatsiya qilishni o‘rganish. 4. Kekirdak intubatsiyasini o‘tkazishni o'rganish (BrTP, ATO). 5. Traxeostomiya o'tkazishni o'rganish. 6. Sun’iy nafas («og'izdan og'izga», «og'izdan burunga» usulida) va yurakni tashqi massaj qilishni o'rganish. 7. Nafas apparatlari yordamida o'pka ventelyatsiyasini o'tkazishni o'rganish. 92 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling