M kariyev, R. Alimov


Yurakning yopiq shikastlari


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

Yurakning yopiq shikastlari 
Yurakning lat yeyishi, tashqi va ichki yirtilishlari hamda peri- 
kardning jarohatlari tafovut etiladi. Xususan, yurak lat yeyishining 
uchta shakli mavjud - infarktsimon, stenokardiyaga o'xshash va atipik 
shakllari hamda uning kechishining uch davri: o'tkir (davomiyligi 3 
sutkagacha), yarim o'tkir (12,14 sutkagacha) va funksional tiklanuvchi 
(30,45 sutka). 
Yurakning tashqi yirtilishida yurak mushagining tolalari uzilib, 
yurak kameralarining biri perikard bo'shiig'i bilan qo'shilib ketadi, 
chunonchi bunday shikastlarning tashxisi yurak tamponadasi tashxisi 
bilan tengdir. 
Yurak tamponadasi uchun bo'yin sohasidagi venalar kengayishi 
(bo'lmachalar ezilishi hisobiga venalardan qon qaytishi qiyinlashgan), 
zaif va tezlashgan puls, yurak nisbiy to'mtoq, yangi chegarasining 
kengayishi xosdir. Yurak ichki yirtilishlari uchun klapanlar va ichki 
devorlarining shikastlanishi hisobiga yurak xastaligi belgilari xarakter- 
lidir. Gemodinamik o'zgarishlar va sistolik shovqinlar aniqlanadi. 
Ularning kechishida bir nechta davri tafovut etiladi: 
1. Birlamchi samaralar davri. 2. Travmatik miokardit. 3. Gemo- 
dinamikaning stabil bo'lishi davri. 4. Oxirlash davri. 
Perikard yirtilishlari alohida holda kam va ko'proq yurakning boshqa 
shikastlari bilan uchraydi. Yurakning og'ir shikastlari qatoriga shox 
tomirning klapanlari va uning yoy qismi bo'g'zining shikastlari kiradi. 
Diafragma shikastlari ko'krak va qorin bo'shliqlarining birlashib 
ketishiga olib keladi, qorin bo'shiig'i organlari (me’da, ichak va 
boshqalar) ko'krak bo'shlig'iga siljishi nafas faoliyati va qon ayla- 
nishining og'ir o'zgarishlariga sabab bo'ladi. 
Qizilo'ngach va ko'krak limfatik yo'lining yopiq shikastlari kam 
uchraydi. Ko'krak yopiq shikastlarining asoratlari: 
107 


1. Pnevmotoraks: a) yopiq; b) klapanli (kuchlangan). Klinik belgi- 
lari: ko'krak qafasining perkussiyasida qutisimon tovush aniqlanadi, 
auskultatsiyada nafas olishi eshitilmaydi. 
2. Gematoraks qovurg‘alararo arterialar, o‘pka to‘qimasi yoki 
o‘pkaning yirik qon tomirlari hamda perikard yoki diafragma shi- 
kastlanishlari natijasida pievra bo'shlig'ida qon to‘planishi. Agar qon 
oz miqdorda faqat sinuslarda to'plansa, bu kichik gematoraks deb 
nomlanadi, ko‘krak burchagi sathigacha qon to‘plansa — o‘rta, uchin- 
chi qovurg‘a satxigacha to'plansa katta gemotoraks deyiladi. Klinik 
tekshirishda perkussiyada o‘pka tovushlari to‘mtoqlangan yoki eshitil- 
maydi, auskultatsiyada nafas olishi zaiflashgan yoki eshitilmaydi. 
Travmatik asfiksiya. Bu shunday patologik holatki, tananing 
(ko'krak, qorin) bir necha daqiqa davomida qattiq bosilish (ezilishi) 
natijasida yuzaga keladi bunda ko'krak suyaklarining sinishi qayd etil- 
masligi ham mumkin. Yirik qon tomirlar, xususan yuqori kavak ve- 
naning keskin ezilishi uning tizimida bosimi ko'tarilib, nafas to'xtab 
qolishiga olib keladi. Bosh, yuz va bo‘yin sohalarida teri ko‘karib 
to'qimalarda shish paydo boiadi. Og'iz bo‘shlig‘i, halqum, ovoz par- 
dalari shilliq qavatlarida va bo'yin sohasi terisida mayda nuqtali qon 
quyilishlari paydo bo'ladi. Doimiy ravishda konyuktiva ostiga va kam- 
roq ko'zning to‘r pardasiga qon quyilishlari kuzatiladi. Travmatik 
asfiksiya uchun xos bo'lgan belgilardan biri bemor yuzining rangi 
to‘q qizildan qora ranggacha o'zgarishi. Tili shishganidan og'iz 
bushlig'iga sig‘may qoladi, qusish va nafas yo‘llaridan ko‘piksimon 
balg‘am ajralishi mukin. 
Shunday qilib, ko‘krakning yopiq jarohatidagi morfologik va 
funksional o‘zgarishlari pirovardida gipoksiya, giperkapniya, trav- 
matik shok va qon yo‘qotishga olib keladi. Bu 
0
‘zgarishlar 
«darcha» shaklidagi qovurg'alarni mexanik shikastlari natijasida 
yuzaga keladi. 
Bog'lov xonasida shokka qarshi tadbirlar bajariladi, kislorod beri- 
ladi, novokainli blokadalar bajariladi (Vishnevskiy usuli bo'yicha bo'yin 
vagosimpatik blokadasi, umurtqa oldi blokadasi, qovurg‘alar sinishida 
spirt-novokainli blokada), zarur bo'lganda pievra bo'shligi punksiya- 
si, oshib boruvchi klapanli ichki pnevmatoraksda — Dyufo ignasi 
yordamida II qovurg'aiar oraligidan pievra bo'shlig'ining punksiyasi 
yoki kohsatma bo‘yicha perikard punksiyasi. Analgetik va antibiotik- 
lar yuboriladi, infuzion terapiya bajariladi: shokka qarshi eritmalar 
vena ichiga oqim bilan qo'yiladi, nafas va yurak faoliyati uchun 
dori-darmonlar. 
Nafas yo‘llarining o‘tkazuvchan!igini tiklash zarur. Ushbu guruh- 
dagi bemorlar birinchi navbatda ko'chiriladi. 
II guruh - nisbatan qoniqarli holatdagi jabrlanuvchilar. BrTP 
108 


ning qabui-saralash chodirida ularga yurak-qontomir vositalari va anal- 
getiklar yuboriladi. Qovurg'alaming yopiq sinishlarida ko‘krakka mak- 
simai nafas chiqarish holatida zich bog‘lam qo'yiladi (ko‘chirish davr 
immobilizatsiyasi). Ayrim holatlarda qovurg'alar singan joyini spirt - 
novokainli blokada qilish, umurtqa oldi blokadasi va vagosimpatik 
blokadalar bajariladi. 
A.V.Vishnevskiy usuli bo'yicha bo'yin vagosimpatik blokadasi 
texnikasi : 
1. Jarblanuvchini chalqanclia yotqizib, yelkalari ostiga yostiqcha 
qo‘yish kerak va boshini sog' tomonga o'girish zarur. 
2. IV—V bo'yin umurtqali sathida (bu esa qalqonsimon tog‘ayning 
yuqori qirrasiga to‘g‘ri keladi) to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mushak- 
ning orqa qirrasining o‘rtasidagi nuqtadan teri ichiga 0,25-0,5% li 
novokain yuboriladi. 
3. 20,0 
grammli 
shprisga 
o'rnatilgan 
uzun 
igna 
yordamida 
umurtqaning yon tomoni yo‘nalishida 0,25% novokain eritmasi yu- 
boriladi. Vaqti-vaqti bilan qon tomirlar jarohatini oldini olish uchun 
shprisning porshen qismini tortib ko'rish kerak. 
4. Ignaning uchi umurtqaga taqalgach, uni 2—3 mm qaytarish 
kerak. 
5. Shprisni ignadan ayirib ignadan qon chiqmayotganiga ishonch 
hosil qilinadi. 
6. Igna hoiatini o'zgartirmasdan 0,25% novokain eritmasidan 50- 
60 ml yuboriladi. 
Umurtqa oldi fastsiyasi bo‘ylab taqalgan novokain adashgan va 
simpatik hattoki, diafragma nervlariga ham ta’sir qiladi. 
Agar ushbu blokada to'g'ri bajarilsa, jabrlanuvchining umumiy ah- 
voli yaxshilanib ko'krakdagi og'riqlar kamayadi, tomir urishi va yurak 
faoliyati ancha durust boladi. Mahalliy belgilardan Klod Bernar- 
Gorner sindromi yuzaga keladi: ko‘z qorachig'i torayadi, ko‘z kosasi 
ichkariga tortiladi, yuqori qovoq pastga tushadi (ptoz). 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling