M kariyev, R. Alimov


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

Vaziyatii masalalar 
1. Oddiy askar Z.travma olgandan 2 soat keyin zambilda BrTP 
ga yarador holda keltirildi. Portlovchi aviabombada portlovchi to‘lqin 
natijasida yerga otilib tushgan. Bel sohasidagi og‘riqdan shikoyat qi- 
ladi. Umumiy ko'zdan kechirilganda: ahvoli nisbatan qoniqarli. Teri 
qatlamlari shikastlari yo‘q. Puls daqiqida 80 ta. Qon bosimi 110/60 
mm/sim. ust. Oyoqlarda harakat aktiv, to‘la hajmda. Sezgirlik buzil- 
magan. Mustaqil siya oladi. Umurtqa pog'onasida ko‘zga ko‘rinarli 
deformatsiyalar yo‘q. Paypaslaganda birinchi bel umurtqasida o‘tkir 
lokal og'riq aniqlanadi. 
1) Tashxis qo‘yish va uni asoslash. 2) Punkt ichi saralash ish- 
larini amalga oshirish. 3) Tibbiy yordam hajmini ko'rsatish va 
asoslash. 
2. Serjant V.shikast olgandan 3 soat o‘tgach, BrTPga keltirilgan. 
Bel sohasiga orqa tarafdan daraxt kundasi kelib tushgan, ezgan. Shun- 
dan so'ng o'rnidan tura olmagan. Butun belida qamrab oluvchi 
og'riqlar paydo bo‘lgan. Umumiy ko‘zdan kechirilganda: puis da- 
qiqada 92 ta. Qon bosimi 120/60 mm sim. ust. Oyoqlarda harakat 
103 


faoliyati susaygan. Lasega va Kernig musbat simptomlari. Birinchi va 
ikkinchi bel umurlqalarining o'tkir o'simtalari bo'rtib chiqqan va pay- 
paslaganda og'riqli. Siydik pufagi to'lgan lekin siydik ayirishga xo- 
hish yo'qolgan. 
I) Tashxis qo'yish va uni asoslash. 2) Punkt ichi saralash ishlarini 
amalga oshirish. 3) Tibbiy yordam hajmini ko'rsatish va asoslash. 
3. Oddiy askar D.travma olgandan 2 soat o'tgach, BrTPga kel- 
tirilgan. Portlash to'lqini uloqtirib tashlagan. Mustaqil harakatlana 
oladi. Bo'yin orqa sohasidagi og'riqlaridan shikoyat qiladi. Urnumiy 
ko'zdan kechirilganda: boshi o‘ngga bukilgan va majburiy holatga 
tushgan. Ollinchi va yettinchi o'tkir o'simtalar sohasida lokal og'riqlar 
mayjud. Sezgirlik saqlangan. Harakatlanish sohasi o'zgarishsiz. 
1) Diagnoz qo'yish va uni asoslash. 2) Punkt ichi saralash 
ishlarini amalga oshirish. 3) Tibbiy yordam hajmini ko'rsatish va 
asoslash. 
4. Leytenant I. BrTPga zambilda immobilizatsiyasiz keltirilgan. 
3 soat oldin yuqoridan qulab, boshi bilan tushgan va jarohat olgan. 
Oyoqlarda harakatning yo'qligi va qo'llar sustligi, bo'yin sohasidagi 
og'riqlardan shikoyat qiladi. Urnumiy ko'zdan kechirilganda: boshi 
oldinga bukilgan. Pastki paraplegiya. Yuqori paraparez (harakat faqat 
yelka bo'g'inida bor) kuzatiladi. Bo'yin segmentida og'riq, sezgisi 
yo'qolgan. Siydik pufagi to'lgan. 
1) Tashxis qo'yish va uni asoslash. 2) Punkt ichi saralash ishlarini 
amalga oshirish. 3) Tibbiy yordam hajmini ko'rsatish va asoslash. 
5. Jarohat olgandan 4 soat o'tgach, BrTPga motoo'qchi kel- 
tirilgan. Bel sohasida chap tarafdan XII ko'krak umurtqasidan III 
bel umurtqasigacha o'lchamlari 14x6 sm li jarohat bor. Oyoqfari- 
da aktiv harakat biroz cheklangan, teri reflekslari saqlangan, tizza 
reflekslari susaygan, Axill refleksi o'ng tarafda susaygan, chapda 
yo'qolgan. 
1) Tashxis qo'yish va uni asoslash. 2) Punkt ichi saralash ish- 
larini amalga oshirish. 3) Tibbiy yordam hajmini ko'rsatish va asoslash. 
6. Serjant 
K. 
ko'krak 
umurtqalarining 
pastki 
qismida 
aviabomba oskolkasidan jarohat olgan va shu hodisadan 4 soat keyin 
zambilda BrTP ga keltirildi. Puls daqiqaiga 110 ta. Qon bosimi 
80/50 mm sim. ust. tanasining pastki qismida paralich aniqlangan. 
Og'riq va taktil sezgilari yo'qolgan. XI, XII ko'krak umurtqalari 
sohasida qon bilan shimilgan bog'lam bor. Jarohat olgandan beri 
bemor siydik ajratmagan. Qorni shishgan, siydik pufagi to'lgan. 
1) Tashxis qo'yish va uni asoslash. 2) Punkt ichi saralash ish- 
larini amalga oshirish. 3) Tibbiy yordam hajmini ko'rsatish va aso- 
slash. 
104 


1. Umurtqa pog'onasi va orqa miyaning yopiq shikastlanish tas- 
nifini bayon qiling. 
2. Orqa miya yopiq jarohatlanishining simptomlarini sanab be- 
ring. 
3. Umurtqa pog‘onasining yopiq jarohatlanishi tasnifini bayon qi- 
ling. 
4. Orqa miya jarohatlanganda segmentar va o'tkazuvchi o'zgarishlar 
nima bilan izohlanadi? 
5. Orqa miyaning jarohatlanishi segmentiga qarab qanday simpto- 
mokomplekslari bo'lishi mumkin? 
6. Umurtqa pog'onasi va orqa miya jarohatlanishida tibbiy yor- 
dam hajmini ayting. 
7. Bo'yin 
umurtqasi 
yopiq 
shikastlanganda 
immobilizatsiyaning 
o'ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 
8. Umurtqa 
pog'onasi 
va 
orqa 
miya 
yopiq 
jarohatlarining 
BrTP da qanday saraiash guruhlari bor? 
9. BrTPda turli saraiash guruhlaridagi bemorlarga tibbiy yordam 
berish hajmini aytib bering. 
10. Umurtqa pog'onasi va orqa miya shikastlanishining HDXG 
da davolash prinsiplarini aytib bering. 
11. Umurtqa pog'onasi va orqa miyaning o'qotar qurollar bilan 
jarohatlanish tasnifini ayting. Umurtqa pog'onasi va orqa miyaning 
teshib kiruvchi jarohatlarini diagnostika qilish nimalarga asoslanadi? 
12. Orqa miya jarohatlanishining og'irlik darajasini nima belgi- 
laydi? 
13. Umurtqa pog'onasi va orqa miya o'qotar qurollar bilan 
jarohatlanishining klinik kechish tartibini ayting. 
14. Umurtqa pog'onasi va orqa miya o'qotar qurollar bilan 
jarohatlanishida tibbiy yordam hajmini ayting. 
15. Umurtqa pog'onasi va orqa miya o'qotar qurollar bilan jaro- 
hatlanganda BrTPda qanday saraiash guruhiari tashkii etiladi? 
16. O'qotar qurollar bilan jarohatlanganda BrTGTdagi turli sa- 
raiash guruhlariga tibbiy yordam hajmini ayting. 
17. Umurtqa pog'onasi va orqa miya o'qotar qurollar bilan jaro- 
hatlanganda HDXGda davolash prinsiplarini aytib bering. 
105 



Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling