M kariyev, R. Alimov


Tibbiy evakuatsiya bosqichida tibbiy yordam


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

Tibbiy evakuatsiya bosqichida tibbiy yordam. 1. Birinchi tibbiy 
yordam — shikastlanganlar jarohatidan ehtiyotkorlik bilan bemorni shitga 
yotqizishdan iborat. Orqa miya va umurtqa pog‘onasi shikastlangan- 
ligini sanitar quyidagi ikkita belgilarga asoslanadi (tashxis qo‘yish) - 
oyoqlarning falaji va umurtqa pog'onasi sohasidagi og‘riq. Shuningdek, 
shikastlanganlar «harakatsizlangan» nomli alohida toifaga kiritilishi kerak. 
Ularni jang maydonidan ikkita sanitar olib chiqib ketadi, ulardan biri 
shikastlanganni ko‘krak qafasidan ushlab, ikkinchisi chanoq sohasidan 
ushlaydi. Shikastlangan odamni olib chiqilganda yuzi yerga qaragan 
holatda boladi. So‘ngra uni ehtiyotkorlik biian zambilga yotqiziladi, 
qorni bilan yelka va boshining ostiga o‘ralgan shinel qo‘yiladi. Shi- 
kastlanganlar yotgan holatda transportirovkasi shitli zambilda amalga 
oshiriladi. Umurtqa pog'onasi bo'yin qismining jarohatlarida shikasl- 
langan bemorni orqaga yotqizib, bo'yni va yelkalari ostiga o ralgan 
kiyim qo‘yiladi. Transportirovka uchun tajribadan o‘tgan vositalami 
qo'IIash mumkin (chana, chang'i vositalari) yoki old qismli mototrans- 
portyor. Oldindan shpris — tyubikdan og‘riqsizlantiruvchi vosita bilan 
bemorga inyeksiya qilinadi. 
2. Vrachgacha tibbiy yordam. Birinchi navbatda shikastlanganlar- 
ni ehtiyot qiluvchi transportirovkada umurtqa pog‘onasini immobili- 
zatsiya qilish. Umurtqa pog'onasining bo‘yin bolimi shikastlanganda 
bosh va yelka kamarini bo‘yinga paxta qo'shib yumshoq bog‘lash va 
narvonsimon shinalar bilan immobilizatsiya qilish kerak. 
I- guruh travmatik belgilari kam ko'rinarli shikastlanganlar. Awal 
98 


shokka qarshi palatada davolanadilar. Bemorlarni shokdan chiqar- 
gandan so‘ng davolash taktikasi belgilanadi. 
2- guruh orqa miya gematoma yoki suyak bo'Iaklari bilan bosil- 
ganda belgilar yaqqol namoyon bo‘lganda, bu klinik-rentgenologik 
tekshiruvda tasdiqlanadi. Bemorlarni operativ davolash kerak, bularda: 
laminektomiya, gematoma va suyak bo'laklarini olib tashlanadi. 
3- guruh umurtqa pog'onasining chiqishi va ogMr sinishlar, orqa 
miya
butunligining buzilishi, shuningdek chayqalish va Jat yeyish bilan 
shikastlangan bemorlar. Klinik-rentgenologik tekshiruvlar va umumiy 
ahvoli 
barqarorlashuvi 
uchun 
zarur 
bo‘lgan 
qisqa 
vaqtli 
gospitalizatsiyadan 
so‘ng, 
bemorlarning 
davolanishi 
uchun 
mamlakatning ichkarisidagi gospitallarga ko'chiriladi. Turg‘un siydik 
ushlanib qolganda qo‘yilib tushiriladigan Monro sistemasi qo‘llaniladi 
yoki quymich usti svishi qo'yiladi (teshigi ochiladi). 
Umurtqa pog‘onasi va orqa miya jarohatlanishi. Ikkinchi jahon 
urushi paytida o'qotar qurollardan 1—4% atrofida umurtqa pog‘onasi 
jarohatlangan 
bemorlar 
kuzatilgan. 
Amerikaliklarning 
ma’lumoti 
bo'yicha Vyetnamda jangovar harakatlar paytida umurtqa pog‘onasi 
jarohatlanganlar 4,6%dan oshmagan. 
I. Tasnifi. Umurtqa pog‘onasi va orqa miya jarohatlari 6 guruhga 
bo'linadi: 1) teshib o'tuvchi jarohatlar; 2) ko‘r, chuqur kirib boruvchi 
jarohatlar; 3) tegib o‘tuvchi jarohatlar; 4) ko‘r, chuqur kirib bormay- 
digan jarohatlar; 5) paravertebral jarohatlar; 6) umurtqa va boshqa anato- 
mik oblastlaming (bosh, chanoq, ko'krak, qorin va b. jarohatlari. 
II. Simptomlar va tashxis. Umurtqa pog'onasi va orqa miya ja- 
rohatlarining tashxisi mahalliy belgilar kompleksi va segmentar hamda 
orqa miyaning o'tkazuvchi faoliyatining buzilish simptomkompleksiga 
asoslangan. 
Umurtqa pog‘onasi va orqa miyaning o‘tuvchi jarohatlarining ma- 
halliy (mutlaq) belgilariga umurtqa pog‘onasining u yoki bu sohasida 
jarohatning bo‘lishi, jarohatdan orqa miya suyuqligining (likvor) va 
miya detritining oqib tushishi kiradi. 0‘tuvchi jarohatlarda kiruvchi 
va chiquvchi teshiklarni solishtirish tashxis qo‘yishga katta yordam 
beradi, bunda jarohat kanalining uzunligi va yo‘nalishi haqida mulo- 
haza qilish mumkin. 
Orqa miyaning segmentar va o'tuvchi buzilishlari falajlar, turli xil 
ko'rinishdagi sezgirlikning yo‘qo!ishi bilan namoyon bo‘ladi. Orqa 
miyaning shikastlanishi oyoqlar faoliyatining buzilishini keltirib chiqara- 
di yoki (juda qattiq shikastlanganda) shikastlangan joydan pastda sez- 
girlikning barcha turlari yo'qoladi, bir vaqtning o‘zida chanoq suyagi 
a’zolari faoliyati buziladi (siyish, defekatsiya). Shikastlangan segment- 
larga mos ravishda shikastlanish o‘chog‘idan pastga o‘tuvchi segmen- 
99 


far buzilishlar yuzaga keladi. Orqa miyaning shikastlanish simptom- 
kompleksi uni shikastlanish darajasiga bog'liq bo‘lib, 1-mashg‘ulotda 
bayon qilingan. 
Orqa miya jarohati og‘irligi orqa miyaning shikastlanish darajasi 
bilan belgilanadi. 
Orqa miya va umurtqa pog'onasining o'qotar qurollar bilan jaro- 
hatlanishining klinik kechishi 4 davrdan iborat. 
A. O'tkir davr. Jarohatlanishdan keyingi 2-3 sutka. Anatomik 
buzilish yoki spinal shok oqibatida orqa miya to‘liq o‘tkazuvchanlik 
buzilishi sindromi bilan ifodalanadi. 
B. Erta davr. Jarohatlanishdan 2-3 hafta o'tgach, turg'un nev- 
rologik buzilishlar bilan xarakterlanadi. Orqa miya shikastlanish dara- 
jasini spinal shok va qon likvor aylanishi buzilishi sababli aniqlab 
bo‘lmaydi. 3-4 hafta o'tgach, sezgirlik buzilishining yuqori darajasi 
pasaya 
boshlaydi. 
Infeksion 
asoratlar 
kelib 
chiqadi: 
meningit, 
uroinfeksiya (sistit, piyelif, urosepsis), troflk buzilishlar. 
D. Oraliq davr. Jarohatdan so'nggi 2-3 oy. Jarohat tozalanishi 
jarayonlari 
tugaydi. 
Produktiv 
va 
araxnoidit 
kistalar 
shakllanadi. 
Shuningdek, epidural kletchatka paximeningit va qon quyilishidan 
keyingi chandiqlar rivojlanadi. Bu davr boshlanishida spinal shok 
belgilari barham topadi, 3—4-hafta oxirida miya modda shikastla- 
nishining haqiqiy o'ichamlarini va xarakterini aniqlash mumkin. Ja- 
rohat jarayoni ijobiy kechganda yaradorning umumiy ahvoli yaxshi- 
lanadi. Salbiy sharoitlarda infeksion asoratlar va troflk buzilishlar ja- 
rohat kaxeksiyasi bilan tugallanadi. Jarohat osteomiyeliti yuzaga ke- 
lishi mumkin. 
E. Kechki davr. Jarohat olgandan 3-4 oy o'tgach boshlanib, 2—3 
yil va undan ko'proq vaqt davom etadi. Miyelit va quyilgan qon 
parchalarining mahsuiotlari so'riladi. Orqa miya jarohati yopilib, miya 
chandig‘i va bo'shliqlar shakllanadi. Jarayon ijobiy kechganda orqa 
miya funksiyasi sekin va progressiv ravishda tiklanadi. Jarohatdan 
pastki bo'limda orqa miya avtomatizmi tiklanadi. Ba’zan travma 
oqibatida asoratlari chandiqli jarayonlar rivojlanishi mumkin. 
HI. Tibbiy ko'chirish bosqichida yordam ko'rsatish. 
1. Birinchi tibbiy yordam. Jarohatga aseptik bog'lam qo'yiladi. 
Antibiotiklar ichish tavsiya etiladi. Qolgan tadbirlar 1-mashg‘ulotda 
ko'rsatilganidek amalga oshiriladi. 
2. Vrachgacha bo'lgan yordam. 1-mashg‘ulotga qarang. Qo'shimcha 
ravishda qo‘yi!gan boglamlarni to‘g‘rilash. Tibbiy saralashda yaradorlar 
4 guruhga ajratiladi. 
1- guruh — ahvoli qoniqarli holatda bo'lgan yaradorlar. Ko‘rikdan 
so‘ng jabrlanuvchining umurtqa pog'onasini immobilizatsiya qilish va 
siydik pufagini kateterizatsiya qilish maqsadida zambilga yotqiziladi. 
100 


Umurtqa pog'onasining bo'yin qismi shikastlanganda boshni im- 
mobilizatsiya qilishning o'ziga xosligi: shikastlangan boshining holati 
o'zgartirilmaydi. Bo'yin qismi shikastlanganda umurtqalarning siljish 
xavfi bo'lganda kuchli yozilish momentidan xoli qilish kerak. 
Shikastlanganlarni transportirovka qilish uchun immobilizatsiya- 
lovchi vakuumli zambillar, keng doskali qattiq taglikli zambillar, 
chanalardan foydalaniladi. Ko‘rsatma bo'yicha yurak glikozidlari, 
og'riqsizlantiruvchilar kiritiladi. Yilning sovuq vaqtida shikastlangan- 
larni isitish, o‘rash darkor. 
3. Birinchi shifokorlik yordami— (BrTP) Tibbiy saralash paytida 
3 guruhga ajratish maqsadga muvofiq: 
1- guruh — orqa miyaning shikastlanish belgilarisiz umurtqa 
pog'onasining shikastlanishi. Tibbiy yordam saralash maydonchasida 
beriladi. Transportli immobilizatsiya (qattiq narsa bilan yopilgan zam- 
billar), 
ularni 
isitish 
va 
ovqatlanish 
kabilar 
o'tkaziladi. 
Og'riqsizlantiruvchi vositalar — ko'rsatmalar bo'yicha qilinadi. ATO- 
ga ikkinchi navbatda ko'chiriladi. 
2- guruh — orqa miyaning shikastlanish belgilari bilan umurtqa 
pog'onasining shok belgilarisiz shikastlanishi. Siydik pufagini tekshirish 
kerak. Siydik tutilganda kateter bilan chiqarish kerak. Boshqa chora- 
tadbirlar yuqoridagiga o'xshash. ATOga ko'chirish birinchi navbatda. 
3- guruh - orqa miya hamda umurtqa pog'onasining shok belgi- 
lari bilan shikastlanishi. Shu guruhga markazga bog'liq bo'lgan nafas 
faoliyati 
buzilgan 
shikastlanganlarni 
kiritish 
mumkin. 
Yaradorlarni 
shokka 
qarshi 
chora-tadbirlarni 
o'tkazish 
uchun 
bog'lov 
xonasiga 
yuboriladi. Nafas olish buzilganda traxeastoma qo'yiladi. Birinchi 
navbatda ATOga ko'chiriladi. Bironta ham shikastlangan BrTPdan 
siydik pufagi bo'shatilmagunga qadar ko'chirilmasligi kerak. 
4. Ixtisoslashgan tibbiy yordam (ATO). Saralash.Shikastlanganlarni 
ikki guruhga ajratiladi. 
1- guruh hayotiy ko'rsatmalar bo'yicha ATOda ixtisoslashgan jar- 
rohlik yordamiga muhtojlar (travmatik shok, nafasning buzilishi va 
h.k.). Ularni shok va nafas yetishmovchiligini davolash uchun shok- 
ka qarshi bemorxonaga yuboriladi. 
2- guruh 
qolgan 
shikastlanganlar 
og'riqsizlantiruvchi 
vositalarni 
yuborgandan keyin hamda siydik pufagini tekshirgandan so'ng HDG- 
ning neyroxirurgik ixtisosiga evakuatsiya qilinadi. Uzoq evakuatsiya- 
da vaqti-vaqti bilan siydik pufagi kateterizatsiya qilinadi. 
Shikastlanganlarni ATOdan evakuatsiya qilish iloji boricha havo 
transporti orqali amalga oshiriladi. 
5. Maxsus tibbiy yordam - HDG ning neyroxirurgik ixtisosdagi 
GBF. Tibbiy saralash paytida shikastlanganlarni 4 guruhga ajratiladi: 
1-guruh antibiotiklar, og'riq qoldiruvchi vositalar va stolbnyak ana- 
toksini yuboriladi. ATO ga yoki maxsus gospitallarga ko'chiriladi. 
101 


2- guruh shok belgiiari bo'lgan yaradorlar. Boglov xonasiga shok- 
ka qarshi choralar ko‘rish maqsadida yuboriladi. 
3- guruh hayotiy ko‘rsatkichlariga ko'ra tezkor operativ yondoshuvga 
muhtoj yaradorlar. ATOga birinchi navbatda bo‘yin sohasi travmasi 
oqibatida nafas olish sistemasi buzilgan yaradorlar jo‘natiladi. 
4- guruh ko'chirilmaydigan predagonal va agonal holatdagi yara- 
dorlar. Ular BrTPda simptomatik davolash uchun qoladi. 
BrTPda yaradorlarga antibiotiklar, stolbnyak zardobi yuborilib, siy- 
dik pufagi holati kuzatib turiladi. Yaradorlarni albatta transport im- 
mobilizatsiyasi qilish, isitish va ovqatlantirish zarur. 
Maxsus tibbiy yordam hajmiga quyidagilar kiradi: 
1) yaradorlarni to‘liq rentgenologik tekshiruvdan o'tkazish; 
2) likvorodinamik sinamalari o‘tkazish; 
3) jarohatga birlamchi xirurgik ishlov berish; 
4) iloji boricha ertaroq orqa miya kompressiyasini bartaraf qilish; 
5) infeksion asoratlar profilaktikasi. 
Agar laminektomiya jarohat sohasida bajarilsa, qirqish jarayoni 
birlamchi xirurgik ishlov qoidalari bo‘yicha bajariladi. Jarohatning 
kirish 
teshigi 
umurtqadan 
chetda 
joylashganida 
dastlab 
umumiy 
qoidalarga 
asoslangan 
holda 
birlamchi 
xirurgik 
ishlov 
beriladi. 
Ko'rsatiigan 
hollarda 
laminektomiya 
umurtqalar 
qirralari 
chizig'i 
bo‘ylab kesish orqali bajariladi. 
Agarda miya qattiq pardasi butun bo‘lsa, uni subdural gematoma 
va orqa miya bosilganligi belgiiari bo'lgan chiziq bo‘ylab ochiladi. 
Asta-sekinlik bilan erkin suyak boMaklari va detrit ivitmalari olib 
tashlanadi. Iloji boMmaganda esa qattiq miya pardasi defekti fibrin 
klyonka yoki fastsin bo'laklari bilan yopiladi. Operatsion jarohatni 
qavatma-qavat antibiotiklar bilan infiltratsiyalanadi va choklar orasi- 
da bir-ikki chiqaruvchi rezinalar qo'yilib, zich qilib tiqiladi. 
Operatsiyadan keyingi bosqichda jarohat infeksiyasi oldini olish 
uchun chora-tadbirlar o‘tkaziladi (antibiotiklar), yotoq yaralar doimiy 
nazorat qilinadi va yurak-qon tomir sistemasini qo'llovchi dori vosi- 
tafari beriladi. Uzoq vaqt davom etuvchi siydik ajralishining buzili- 
shida Monro sistemasi qo'llaniladi. Yaradorlarda yotoq yarasining 
oldini 
olish 
uchun 
doira 
o'ramlaridagi 
botmaydigan 
yostiqchalar 
qo‘yiladi. Bir kunda bir necha marta yaradorni yonga, orqaga, qo- 
ringa yotqiziladi va har bir holatni almashtirganda yotoq yarasi bi- 
lan shikastlangan teri sohalari yaxshilab tozalovchi vositalar bilan 
artib turiladi. Yotoq o'rni quruq bo‘Iishi kerak. Ichakni bo‘shatish 
uchun yogMi va moyli huqna (klizma) qilinadi, ba'zi vaqtda to‘g‘ri 
ichakdan mexanik tarzda axlat olib tashlanadi. Bevosita axlat chi- 
qib ketishi hollarida oraliq va dumba sohasining tozaligi nazorat 
qilib turiladi. 
102 


Orqa miya shikastlanishidan so‘ng bemor taqdiri ko‘pincha siydik 
qopini parvarish qilish va siydik ajrashishining buzilishini davolashga 
bog‘liq bo‘ladi. Siydik qopining reflektor faoliyatini tiklash uchun bir 
qancha usullar ishlab chiqilgan. Eng samarali usullardan bin intra- 
vezikal elektrik stimulyatsiyadir. 
Bemorning ovqatlanishi ham katta ahamiyatga ega. Anemiya va 
gipoproteinomiyani qon va oqsil preparatlari transfuziyasi bilan davo- 
lanadi. 
Umurtqa pog'onasi va 
orqa
miyaning o'qotar qurollari bilan ja- 
rohatlanishi og‘ir iz qoldiradi. Bemorlar nogironligi orqa miyaning 
qisman shikastlanishida ham yuzaga kelishi mumkin. 
Orqa miyaning to‘liq faoliyati buzilishi natijasida o‘lim ko'rsatkichi 
80% (M.N.Axutin, 1942) ni tashkil etadi. Agar tirik qolgan bemor 
ruhiy muvozanat holatida bo‘lib, aravachada harakat qilsa va siydik 
pufagi avtomatik tarzda bo'shalib tursa, natija yaxshi hisoblanadi 
(E.Pastor, 1985). 
Mashg‘ulot mavzusiga binoan talaba bajarishi lozim bo'lgan amaliy 
ko‘nikmalar. 
1. Siydik qopini kateterizatsiya qila olishlari lozim. 
2. Yaradorlarni BrTP ga ko'chirishga tayyorlashda jarohatlangan 
umurtqani transport immobilizatsiya qilishni bilishlari lozim. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling