M kariyev, R. Alimov
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
Miyaning
chayqalishi. Miya chayqalishi uchun hushning yo‘qotilishi, ko'ngil aynishi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, shuningdek, jarohat olgan holat va undan oldingi davrga nisbatan xotiraning buzilishi (retrogard, ante grad amneziya) bo‘ladi. Ba’zida 1—2 hafta- lardan so'ng nerv hujayralarining degeneratsiyasi va halok bo'lishi kuzatiladi. Sog'aygandan so‘ng agarda shikastlanish yopiq va nisbatan kam to‘qima jabrlangan bo'lsa simptomlar qolmaydi. Lozim bo‘lgan rejim va davolash o'tkazilmasa, keyinchalik bu o‘zgarishlar turli asor- atlarga olib keladi. Klinik kechuvi yaqqol bo‘Jmagan miya chayqalishi qisqa mud- datli (1 — 10 daqiqa) yoki hushni to‘la yo'qotish, bosh og‘rig‘i, ko'ngil aynishi, quloqlardagi shovqin, holsizlanish bilan ifodalanadi. Teri qop- lamlari birinchi soatlarda oqimtir, bradikardiya bo'lishi mumkin. Kasalxonada o'rta davolash muddati 7—10 kun. Miya chayqalishining yaqqol klinik ko'rinishi uzoq muddatli hush- 81 ning yo'qotilishi (20 daqiqadan 1—3 soatgacha), retrograd amneziya, qusish, holsizlanish, uzoq muddatli hushsizlik holatidan chiqayotgan davrda savollarga kechikib javob qaytarish, bosh og'rig'i, bosh aylani- shi, bradikardiya, reflekslaming susayishi bilan ifodalanadi, ten qop- lamlari oqimtir, nam, terlashning kuchayishi, jarohatdan keyin uzoq muddat darmonsizlanish, astenizatsiya kuzatiladi. Rentgenogrammalarda kalla suyaklarida o'zgarishlar yo'q. Noaniq holatlarda likvorni tekshirish yordam beradi. Kasalxonada o‘rta davolanish muddati 3—6 haftagach a. Bosh miyaning lat yeyishi. Tashxisiy belgilari: rentgenogrammada kalla suyagi butunligining buzilishi, likvorda qon aralashmasi. Bosh miya lat yeyishi ortga qaytuvchi funksional va ortga qaytmas kom- pensatsiyalanmagan morfologik o'zgarishlarning kontuzion nekrotik o'choqlar ko'rinishida namoyon etadi. Bosh miya lat yeyishi klinik qo'rinishida o‘choqli simptomlar: qol-oyoqlar falaji, afaziya, ko‘rish, eshitish, ruhiyatning buzilishi yetakchi o‘rin tutadi. Hushni yo'qotish holati jarohat olgan vaqtda emas, balki biroz vaqtdan so‘ng ro‘y berishi mumkin, bu esa bemor ahvolining yo- monlashganligini ko'rsatadi. Bosh miyaning lat yeyishi yengil, o'rta, og'ir darajali bo'lishi mumkin. Yengil darajali bosh miya jarohati miya chayqalishi kabi kalla suyagi va miya jarohatining yengil formasiga kiradi. Bu miya chayqalishi va bosh miyaning lat yeyishi orasidagi chegaraviy klinik ko‘rinishdir. U bemor umumiy ahvoli qoniqarli holatida, nisbatan qisqa muddatli hushni yo‘qotish (taxminan 1 soat davomida), birinchi bir necha kunlar mobay- nida tiklanmayotgan bosh miyaning organik shikastlarini yaqqol bo'lmagan o‘choqli simptomlari bilan ifodalanadi. 0‘rta og'irlikdagi bosh miya Iat yeyishiga qo‘l-oyoqning falaji, nutqning buzilishi, gemianopsiya ko‘rinishidagi yarim sharlarning sez- ilari o‘chokli simptomlari, miya chayqalishidagidan uzoqroq hushn- ing yo'qotilishi (taxminan 1—2 soatlar davomida), bemorning ahvoli o‘rta og £ irlikda bo‘lishi xosdir. Bosh miyaning og'ir lat yeyishi uzoq muddatli hushning yo'qotilishi (somnolentsiya, sopor, koma), po'stloq osti to'qimalari, o'qning di- ensifal va mezensefal-bulbar qismlari shikastlanganligi simptomlari, ulaming hayotiy zarur nafas olish, yurak-qon tomir, adaptatsion-trofik funksiyalarning buzilishi bilan farqlanadi. O'z-o'zidan siyish va de- fekatsiya kuzatiladi. Bosh miya siqilishi Bosh miya siqilishi bosh chanog'i ichida epidural, subdural yoki intraseberal qon quyilishi natijasida yuzaga keladi. Boshlanishida, intraserebral qon quyilishi kalla chanog'ida «zaxira» bo'shlig'i borligi hisobiga siqilishning klinik simptomlarini chaqirmaydi. Bunda awali- 82 ga kalla gumbazi va miya asosidagi likvor yo'Ilari siqiladi va orqa miya suyuqligining subaraxnoidal oraliqqa surilishi kuzatiladi. Keyin- chalik gematomaning kattalashuvi natijasida miya yuzasidagi venalar siqila boshlaydi. Keyingi miya chayqalishi simptomlaming yo'qolishr bilan boradigan ko‘rinish «yorug 1 davr» bo‘lib, venoz qon ketishda arterialga nisbatan uzunroq bo‘ladi. «Yorug 1 davr» yirik arterial qon ketishida deyarli bo‘lmaydi, masalan, o‘rta qobiq arteriyasida. Siqi- lish klinik sindromi to'lqinsimon rivojlanishi bilan ifodalanadi. Awa- liga u yoki bu darajadagi miyaning chayqalishi yoki kontuziyasi ko'rinishi kuzatiladi. Keyinchalik shikastlangan hushsiz holatdan chiqa- di va ba’zida qon ketish tezligi katta boMmaganda bir necha soat (2-3 kun) o'zini qoniqarli his etadi. Kompensator moslashuv yetish- movchiligi yuzaga kelganda va qon ketishi davom etganda qattiq bosh og‘rig‘i paydo bo'lishi, miya siqilishining birinchi xavfli belgi- sidir. Tez orada psixomator qo‘zg‘alish, ya’ni bemor kuchayayotgan qattiq bosh og‘rig‘iga dosh bera olmaydi. Mana shu vaqtida epileptik tutqanoq, qusish, anizokoriya (gematoma yuz bergan tomonda doimo qorachiq kengayishi kuzatilmaydi, miya kompressiyasining boshlanishi davrida qorachiq kichrayishi mumkin). Ba’zida taxikardiya kuzatiladi. So’ngra miya ish faoliyatining susayishi davrida yarador lanj holatda bo‘ladi, ko‘pincha gemiparez rivojlanadi, bosh chanog'i va miya nerv- larining shikastlanishi, gematoma tomonida qorachiqning kengayishi, hushni yo'qotish yuz beradi. Bemorlarda nafas olish, yurak-qon tomir, yutinish funksiyalarining buzilishi kuzatiladi, bu esa chuqur o’zgarishlar bo'lganidan dalolat beradi. Agarda operatsiya o'tkazilmay bosh chanog'i ichidagi gematoma olib tashlanmasa, sodir bo’lgan koma holatidan so‘ng nafas olishning to‘xtashi va o‘lim qayd etiladi. Tashxis qo‘yishda operatsiyadan oldin yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan klinik ko‘rinishlarda va simptomlar kechuvidan tashqari exoentsefalo- grafiya tekshiruvi (exo - gematomadan qarama-qarshi tomonga 5- 10 mm siljiydi), tashxisiy freza teshiklari qo’yish, pnevmaentsefalo- grafiya va angiografiya o'tkazish tavsiya etilishi mumkin. Novokainli tekshiruvni ham yoddan chiqarish kerak emas, unda o'choqli simptom- lar gematomadan qarama-qarshi tomonda kechishi kuchayadi (no- vokain tekshiruv: 2—3 ml 1% li novokain eritmasi yuborilgandan keyin 5-10 daqiqa davomida bemor holati kuzatiladi, so'ngra vena ichiga sekin-asta 15 daqiqa davomida 30 ml l%li novokain eritmasi yuboriladi. Buning natijasida nevrologik holat kuzatiladi). Miya chanog'i ichidagi gematomani olib tashlash bo‘yicha ope- ratsiya tashxisiy freza teshiklarini kengaytirish va gematoma ustida rezeksion trepanatsion deraza hosil qilib yoki gematoma taxmin qili- nayotgan tomonda kalla chanog'i suyagining plastik trepanatsiyasini qilish orqali amalga oshiriiadi. 83 Suyak plastik trepanatsiyasi yumshoq to'qimalami taqasimon yoki to‘g‘ri kesma qo‘yish yoli bilan bajariladi. Gematoma qoshiqcha yor- damida olib tashlanadi, iliq natriy xloridning izotonik eritmasi bilan yuviladi yoki aspirator yordamida so'riladi. Tinchlik davrida neyroxirurgiya tajribasi shuni ko‘rsatadiki, nafaqat gematoma, balki yakka miya kontuziya o'choqlari ham olib tashlanishi, ayniqsa lat yegan o‘choq joylashuvi shubha tug‘dirsa maqsadga muvofiqdir. Kalla suyagi va miya yopiq jarohati olganlarning 10-15 foizida ahvolining og'irligi bosh chanog'i ichidagi bosimni tushib ketishi oqi- batida (gipotenzion sindrom) bo'ladi. Bu likvoreya yoki xorioid chi- gal tomonidan orqa miya suyuqligi ishlab chiqarishining kamayishi tufayli ro‘y beradi. Bunday holatda bemorlarda chanqash kuzatiladi, ular boshni tushirib yotishni afzal ko'radilar (yostiqsiz). Lyumbal punksiyada orqa miya suyuqligi bosimi 60-20 mm suv ustunigacha pasayadi. Davolash maqsadida organizmni suyuqliklar bilan to'yintirish tavsiya etiladi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling