VI bob. KALLA SUYAGI VA BOSH MIYA
JAROHATLARI. UMURTQA POG‘ONASI, ORQA
MIYA YOPIQ SHIKASTLANISHI VA 0‘QOTAR
QUROLLARDAN OLINGAN JAR О HAT I
Kalla suyagi va bosh miyaning yopiq jarohatlari.
Tibbiy ko‘chirish bosqichlarida davolash
Darsning maqsadi: kalla suyagi va bosh miyaning yopiq va ochiq
(o‘qotar quroldan) jarohatlarining tasnifi, simptomatologiyasi, diag-
nostikasi va davolash prinsiplarini o‘rganish.
Talabalarga kalla suyagi va bosh miyaning yopiq va ochiq jaro-
hatlarida BrTPda 1-vrachlik yordamini ko‘rsatish usullarini o‘rgatish.
Asosiy o‘quv savoilari: kalla suyagi va bosh miyaning yopiq jaro-
hatlari uchrashi va tasnifi. Klinik kechishi simptomlari va diagnosti-
ka. Birinchi tibbiy va vrachgacha bo'lgan yordam. BrTP, ATOdagi
tibbiy yordam hajmi.
Kalla suyagi va bosh miya jarohatlari chastotasi va tasnifi. Klinik
kechishi, diagnostika, asoratlari. 1-tibbiy va vrachgacha yordam. BrTP,
ATOdagi tibbiy yordam hajmi. Gospitalda ixtisoslashgan yordamni
tashkil qilish. Reabilitatsiya. Oqibatlari va safga qaytish.
Darsni o‘tkazish uslubi: dars klinika-neyroxirurgiya boJimining
o‘quv xonasi, palatalar, bog‘lov xonasi va operatsiya xonasida
o'tkaziladi. 0‘quv xonasida nazariy savollar ko‘rib chiqiladi, palata-
larda talabalar kalla suyagi va bosh miya jarohatlari olgan bemorlar-
ni ko'rib chiqadilar, bogiov xonasida kalla suyagi jarohatlangan be-
morlaiga bog'iam qo‘yiladi, davolash va diagnostik tadbirlar o‘tkaziladi.
Operatsiya xonasida o‘qituvchi kalla suyagi va bosh miya operatsiya-
sini ko‘rsatadi.
Mashg‘ulot.
Kalla suyagi va bosh miya yopiq jarohatlari. Hozirgi zamon uru-
shida umumiy jarohatlanganlarning 15-30 % ini kalla suyagi va bosh
miya jarohati olganlar tashkil etishi mumkin.
Barcha bosh miya jarohatlari uchta asosiy guruhga bo'linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |