M. M. Protodyakonov tasnifi haqida nima bilasiz?


YER OSTI KON LAHIMLARINING TASNIFI, ELEMENTLARI VA VAZIFAVIY TAVSIFI


Download 20.28 Kb.
bet2/7
Sana02.06.2024
Hajmi20.28 Kb.
#1836019
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qazib olingan ko‘mir, qum, to‘kilgan tuproq-hozir.org

YER OSTI KON LAHIMLARINING
TASNIFI, ELEMENTLARI VA
VAZIFAVIY TAVSIFI


Asosiy tushunchalar va atamalar. Yer osti yoki yer ustida kon ishlari olib borish natijasida sun’iy bo‘shliqlar hosil bo‘ladi, bu bo‘shliqlar kon lahimlari deb ataladi. Ular qidiruv (razvedka) yoki kon qazish (ekspluatatsion) lahimlariga ajratiladi.

13


Qidiruv kon lahimlari foydali qazilmalaming zaxirasini, yo - tishini, tarkibiy qismlarini o‘rganish uchun o‘tiladi.

Kon qazish ekspluatatsion lahimlari esa foydali qazilmalarni qazib olish uchun ochiq yoki yer osti usulida o‘tiladi. Konlarni qazib chiqarish uchta bosqichdan iborat: a) konni ochish; b) shaxta maydonini qazishga tayyorlash; d) bevosita foydali qazilmani qazib olish. Shunga ko‘ra, ekspluatatsion kon lahimlari ham uchga bo‘linadi, ya’ni kapital (kon ochuvchi), kon tayyorlov (zaxiraning bir qismini qazishga tayyorlovchi) va qazish - foydali qazilmani qazib olish lahimlariga bo‘linadi.

Yer qobig‘ida joylashishi bo‘yicha kon lahimlari vertikal, gori- zontal va qiya bo‘lishi mumkin. Kon yo‘lagining yo‘nalishini chek- laydigan va yo‘laklarning ilgarilashi bilan doim o‘zgarib, ilgarlab boradigan qazilmaning old devori kavjoy (забой) deyiladi.

Vertikal kon lahimlari

Vertikal kon lahimlariga stvollar, gezenklar, shurflar, ko‘r stvol- lar, ruda tushirgichlar kiradi. Ularning ayrimlari yer yuzasi bilan bevosita tutashgan va ayrimlari tutashmagan bo‘ladi.


14


Yertikal stvol bevosita yer yuzasi bilan tutashadigan va koni ochish uchun o‘tiladigan kon lahimidir. Stvollar bosh va yordam- chi bo‘lishi mumkin. Bosh stvol shaxtadan qazib olingan foydali qazilmani yer yuzasiga chiqarish uchun xizmat qiladi.

Yordamehi stvol esa yer osti ishchilarini, qurilish materiallarini, uskunalarni shaxtaga tushirish va yer yuzasiga ko‘tarish, shaxtani shamollatish uchun xizmat qiladi.

Stvollar yer yuzasi bilan tutashgan joy stvol og‘zi va uning eng paski qismi zumpf deyladi.

Yer sathiga yaqin yoki bevosita yer qobig‘ining sirtqi qismida joylashgan konni ochiq usul bilan kavlab oluvchi ishlab chiqarish korxonasi karyer deyladi.

Razrez ko‘mir qazib olish bo‘yicha ochiq kon korxonasi bo‘lib, unda yuklovchi transport, ag‘darma xo‘jaligi, ta’mirlash mexanika ustaxonalari va saralash-boytish fabrikalari mavjud.

Yer usti ochiq kon lahimlariga kopush, kanava, transheya va boshqalar kiradi.

Kon lahimlari geologik qidiruv ishlarining har xil vaqtlarida o‘tiladi.

Ustama jinslarni ochish uchun qo‘ndalang kesimi yuzasi (0,6 x 0,6 m) va chuqurligi (0,4 x 0,6 m) sun’iy ravishda ochilgan kon lahimi kopush deyiladi.



Kanava ochiq kon lahimi bo‘lib, qo‘ndalang kesimi yuzasi kichik trapetsiya yoki to‘g‘ri burchakli uzun ariqsimon kavlan- madir. Chuqurligi, odatda, to‘rt metrgacha uzunligi bir necha o‘n metrdan bir necha yuzlab metrgacha bo‘ladi.

Kanava geologik qidiruv ishlari yoki kon lahimlari suv bosib ketishidan saqlash, yomg‘ir, qor erishidan, yer osti suv sathini pa- saytirish, karyer va shaxta suvlarini yo‘qotish va boshqa maqsad- larda qo‘llaniladi.




Download 20.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling