M. M. Protodyakonov tasnifi haqida nima bilasiz?


Download 20.28 Kb.
bet5/7
Sana02.06.2024
Hajmi20.28 Kb.
#1836019
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qazib olingan ko‘mir, qum, to‘kilgan tuproq-hozir.org

Qiya kon lahimlari yer yuzasiga chiqadi yoki chiqmaydi. Yer yuziga chiqadigan qiya kon lahimlari shurflar, stvollar, shtolnyalar kiradi. Yer yuziga chiqmaydiganlarga bremsberg, uklon, sirpanma, xadok, pechlar kiradi.

Uklon qiya kon lahimlari bo‘lib, yer yuzasiga chiqmaydi va pastki gorizontlarga, yuqori gorizontlarga mexanik moslamalar yordamida foydali qazilmani ko‘tarish uchun xizmat qiladi.

Sirpanma qiya kon lahimi bo‘lib, yer yuzasiga chiqmaydi va foydali qazilmani o‘z og‘irligi bilan yuqori gorizontlardan pastdagi gorizontga tushirish uchun xizmat qiladi.

Xodok qiya kon lahimi bo‘lib, yer yuzasiga chiqmaydi va har xil maqsadlar uchun o‘tilgan bo‘ladi (odamlar yurishi, materiallar va asboblarni tashish, shamollatish). Xodoklar yuqorida ko‘rsatil- gan qiya kon lahimlariga parallel o‘tkaziladi va transport vositalari bilan jihozlangan bo‘ladi.

Peeh qiya kon lahimi bo‘lib, yer yuzasiga chiqmaydi va foydali qazilma yotqizig‘i qalinligi bo‘yicha o‘tkaziladi. Pechlar odam­lar yurishi, ko‘mir transportirovkasi asbob-uskuna tashish uchun xizmat qiladi.

Kon lahimlarini qazib o‘tish usullari deganda, ish bajarilish ket- ma-ketligi va massivdagi sun’iy ochilgan bo‘shliqni tog‘ jinslari bosib qolmasligi uchun mustahkamlag‘ich o‘rnatish, tog‘ jinslari- ning fizik xossalariga qarab kon lahimalrining xizmat qilish mud- dati va ko‘ndalang kesim yuzasi tanlanadi.

Oddiy usullar bilan kon lahimlarini o‘tish o‘rtacha kon geologik sharoitlarda qo‘llaniladi. Kon-geologik sharoit bo‘yicha suv bosib ketsa, kon lahimlari maxsus usulda o‘tiladi. Maxsus usulda o‘tish deganda, misol uchun, o‘tilayotgan kon lahimini suv bosib ketsa, uni chiqarib bo‘lmasa, unda suv yaxlatiladi va suv o‘tkazmaydigan gidroizolatsion mustahkamlagich o‘rnatib o‘tiladi.

Oddiy usul bilan kon lahimlarini o‘tish burg‘ilash-portlatish va mexanizatsiyalangan kombaynlar yordamida amalga oshiriladi.


19



Download 20.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling