M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Yuz nervi miya sopidan, ko’prik va uzunchoq miya orasidagi egatdan
chiqib, chakka suyagining piramida qismida joylashgan ichki eshituv teshigi orqali ichki eshituv yo’liga kiradi. CHakka suyagining yuz kanalidan o’tib bigiz - so’rg’ichsimon teshikdan chiqadi. Yuz kanalida yuz nervi tizza tugunini hosil bo’lish da ishtirok etadi va quyidagi shoxlarga ajraladi: A) Katta toshsimon nervining tolalari tizza tanadan chiqadi. Uning tarkibiga yuqorigi so’lak ajratuvchi yadrodan chiqqan parasimpatik tolalar ham kiradi. Katta toshsimon nervining tolalari qanot-tanglay tuguniga, undan ko’z yoshi beziga, qolgan nerv tolalari eshituv toriga davom etadi. 138 B) Eshituv tori aralash nerv bo’lib, yuqorigi so’lak ajratuvchi yadrodan chiqqan parasimpatik tolalardan va tizza tugunidan chiqqan sezuvchi tolalardan tashkil topgan. Eshituv tori yuz nervining kanalidan chiqib, o’rta quloq bo’shligiga chiqadi, nog’ora pardani ichki yuzasi orqali tashqariga chiqadi. So’ng oldga va pastga yo’nalib, til nervi bilan qo’shiladi. Nerv tarkibidagi tolalari tilning oldingi qismini va parasimpatik tolalari esa til osti va jag’ osti bezini innervatsiya qiladi. V) Uzangi nervi harakatlantiruvchi tolalardan tashkil topib, nog’ora bo’shligida uzangisimon muskuliga boradi. Yo’z muskuli bigiz-so’rg’ichsimon teshikdan chiqib, quloq oldi beziga kiradi va bir nechta muskullarga kiradigan shoxchalarga ajraladi: ensa-peshana muskulining orqa qorinchasiga, ikki qorinchali muskullning orqa qorinchasiga, quloq suprasini orqada joylashgan muskullarga. Quloq oldi bezining ichida yuz nervi yelpigichsimon tarqalib, katta g’oz panjasini yoki quloq oldi bezi chigalini hosil qiladi. Bu chigal faqat harakatlantiruvchi nerv tolalaridan iborat bo’lib, undan chiqqan tarmoqlari quyidagi muskullarga boradi: a) chakka tarmoqlari yuqoriga ko’tarilib, quloq orqada joylashgan muskullarni, ensa-peshana muskulining oldingi qorinchasiga boradi. b) lunj tarmoqlari yonoqning katta va kichik muskuliga, ogiz burchagini ko’taruvchi muskulga, yuqori labni ko’taruvchi muskulga, kulgi muskuliga, lunj muskuliga, ogizning doiraviy muskuliga boradi. v) yonoq tarmoqlari yuqoriga ko’tarilib, ko’zning doiraviy muskuli va yonoqning katta muskuliga o’tadi. VIII juft - Daxliz-chig’anoq nervi sezuvchi nerv bo’lib, eshituv a’zodan va muvozanat saqlash a’zodan chiqqan nerv tolalaridan hosil bo’lgan. Daxliz- chig’anoq nervi miya sopidan chiqib, ko’prikdan orqaroqda, yuz nervidan chetroq o’tadi va ichki eshituv yo’lida ikki qismga bo’linadi: daxliz va chig’anoqli qismga. 1. Daxliz qismini hosil qiluvchi neyronlar tanalari eshituv yo’lining tubida, daxliz tugunida joylashgan. Har bitta neyron tanadan, markaziy va periferik o’simtalaridan tashkil topgan. Neyronlarning periferik o’simtalari pardali labirindagi yarim to’garak kanallarida retseptorlar hosil qilib tugallanadi. Markaziy o’simtalari nervning daxliz qismi bo’lib, kalla bo’shligiga ichki quloq teshigi orqali kirib, rombsimon chuqurchaning daxliz yadrolarida tugallanadi. Bu nervning daxliz qismi bosh, gavda va qo’l-oyoqlarni holatlarini fazoda saqlashni idora etadi, turli harakatlarni koordinatsiyasini boshqaradi. 2. Chig’anoqli qismi - labirintning chig’anoqli qismida joylashgan chig’anoq tuguni tarkibidagi neyronlardan tashkil topgan. Bu neyronlarning periferik o’simtalari chig’anoq ichidagi eshituv a’zosi - Kortiy a’zosiga boradi. Markaziy o’simtalari miyaga borib rombsimon chuqurchaning chig’anoq yadrolarida tugullanadi. IX juft - Til-yutqin nervi aralash nerv bo’lib, tarkibiga sezuvchi, haraktlantiruvchi va parasimpatik tolalar kiradi. Til-yutqin nervi uzunchoq miyadan chiqib, bo’yinturuq teshigi orqali kalla bo’shligidan chiqib ketadi. CHakka suyagining bigizsimon o’simtasiga birikkan muskullalarning yo’nalishi bo’yicha pastga va oldinga qarab tushadi, halqumda, tilning ildiz qismining 139 shilliq pardasida, tanglay murtaklarda tarmoqlanib ketadi. Bu nervning sinusli tarmog’i orqali uyqu qoptoqchasidan sezuvchi impulslar yetkazadi. Til-yutqin nerv bo’yinturuq teshikga kirmasdan oldin ustki tugunni hosil qiladi, ikkinchi Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling