M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Teri bezlariga yog’ bezlari, ter va sut bezlari kiradi. Ter bezlari oddiy
naysimon tuzilishga ega bo’lib, ularning soni 2 - 2,5 mln gacha yetadi. Ter bezlarining oxirgi bo’limlari burilib, qoptoqchalarni hosil qiladi, uzun chiqaruv nayi, teridan teri teshikchasi bilan ochiladi. Ter bezlarining ishlab chiqaradigan sekreti - ter bo’lib, uni tarkibini 98% suv va 2% organik va anorganik moddalar - mineral tuzlar, mochevina va siydik kislotasi tashkil etadi. Ter bezlari deyarli barcha a’zolarda uchraydi. Ma’lumki, buglanish - bu issiqlik ajratishning eng samarali yulidir. Tananing yuzasidan ter buglanganda o’zi bilan ko’p miqdorda issiqlik energiyasini olib ketadi va tananing haroratini pasaytiradi. Yog’ bezlari oddiy alveolyar tipda tuzilgan, alveolyar oxirgi bo’limidan va kalta chiqaruv nayidan iborat. Yog’ bezlari teri dermasining so’rg’ichsimon qavat bilan to’r qavat chegarasida joylashadi. Terining barcha yerida uchraydi, faqat oyoq- kul kaftlarida bo’lmaydi. Yog’ bezlarining chiqaruv naylari soch qopchasiga ochiladi. Yog’ bezlarida ishlab chiqariladigan yog’ nafaqat soch va terini yog’laydi, uni ko’rib kolishdan va yerilishdan saqlaydi, balki bakteritsid xususiyatlari tufayli mikroblardan himoyalaydi. Sut bezi katta ko’krak muskulining oldingi yuzasida, III - IY qovurg’alar sohasida joylashgan. Tugmagan ayollarda uning vazni 100 - 200 gr. teng. Sut bezi o’zgargan teri bezi bo’lib, ugil bolalarda va erkaklarda uncha takomil etmagan bo’ladi. Kiz bolalarda balogatga yetgandan keyin, bez to’qimasi 184 rivojlana boshlaydi. Sut bezining markazida pigmentlangan so’rg’ichi va so’rg’ich atrofida ko’ngir rangli so’rg’ich doirasi bo’ladi. Takomil topgan Sut bezi 15 - 20 alohida bez bo’laklaridan va bo’laklar orasidagi biriktiruvchi to’qimali to’siqlar bo’laklarni bo’lakchalarga ajratadi. Hamma bo’lakchalardagi so’t chiqarish naychalari qo’shilib, so’t yullarini, so’t yullaridan esa bo’lak so’t yuli hosil bo’ladi. Natijada bezda yaxshi rivojlangan umumiy so’t yullar tizimi shakllanadi. Har bitta bo’lak - bu alohida murakkab tuzilgan alveolyar bez bo’lib, uning chiqaruv yuli so’rg’ichga tomon radial yo’naladi. So’rg’ichga yetmasdan chiqaruv yuli kengayib so’t kavagini hosil qiladi. Xomilador ayollarda 5-6 oyidan boshlab, estrogen va progesteron ta’sirida bezlarning oxirgi bo’limlarida alveolalar hosil bo’ladi. Alveola devorlari bir qavat tsilindrsimon epiteliy bilan qoplangan, hujayralari laktotsitlar deb nomlanib, ularning ishlab chiqaradigan maxsuloti molozivo deyiladi. Bola tug’ilgandan so’ng laktotsitlar so’t ishlab chiqaradi. Laktotsitlar atrofida bazal membranada o’rnashgan mioepiteliotsitlarni qisqarishi tufayli ishlab chiqarilgan so’t bezning chiqaruv yuliga chiqadi. So’t bezlarida so’t yaratish va uni ajratish jarayonlari gipofiz old bulagining laktotrop gormoni tomonidan idora etiladi: qonda laktotrop gormonning miqdori ortganda so’t ajratilishi jarayoni ham jadallashadi. Tana, qo’l-oyoqlar terisi tarkibidagi ogrikni, haroratni va o’zga ta’sirotlarni sezuvchi retseptorlardan chiqqan nerv tolalari yig’indisidan orqa miya-talamik nerv yuli shakllanib, u orqali retseptorlarda hosil bo’lgan nerv impulslari bosh miya po’st moddasidagi markazdan so’nggi pushtaga yetib boradi. Bosh sohasi terisidagi, qattiq miya pardasidagi, ko’z qon’yunktivasidagi, ogiz bo’shligi, burun va burun oldi bo’shliqlari shilliq qavatlaridan hamda tishlardan chiqadigan sezuvchi nerv tolalaridan esa uchlamchi nerv tarkibidagi tolalarning sezuvchi qismlari shakllanadi. Bu tolalar uchlamchi nervning rombsimon chuqurchada joylashgan yadrolaridan o’tib, Ko’rish do’mboqchasiga, undan esa bosh miya po’st moddasining markazdan so’nggi pushtasiga boradilar. Ko’rish a’zosi orqali qabul qilingan ta’sirotga javoban harakat amalga oshirilishi extiyoji tug’ilgan taqdirda markazdan so’ngi pushtaga yetkazilgan axborot markaz oldi pushtasiga va undan esa efferent impulslar harakat apparatiga uzatiladi. Axborotni harakat apparatiga uzatish o’zga yo’l bilan ham, ya’ni nerv impulslari markazdan so’nggi pushtadan to’g’ri po’st modda ostidagi harakatlantiruvchi yadrolarga uzatish orqali ham amalga oshiriladi. Nazorat savollari 1. Analizatorlar haqida tushunchangizni ayting. 2. Eshitish analizatori qismlarini tushuntiring. 3. Tashqi, o’rta va ichki quloq tuzilishini ayting. 4. Vetibulyar analizatorning tuzilishi va qismlarini tushuntiring. 5. Ko’rish analizatori tuzilishi va qismarini tushuntiring. 6. Ko’zning tashqi va ichki tuzilishi qanday? 7. Ko’zning optik sistemasini qaysi qismlar tashkil etadi? 8. To’r pardaning muhim funksiyasi nimalardan iborat? 185 9. Teri analizatori qismlarini tushuntiring. 10. Teridagi harorat, og’riq va taktil retseptorlarining joylashuvini tushuntiring. 11. Teridagi pigment almashinuvi jarayonini tushuntiring. 12. Terining boshqa muhim funksiyalariga nimalar kiradi? 186 Anatomiyadan o’quv-metodik qo’llanmalar A. Asosiy adabiyotlar 1. Frank H. Netter, Atlas of human anatomy, Saunders, USA, 2014. R.83; 85-86; 94-95; 97; 136. 2. Xudoyberdiev R.E., Axmedov N.K., Zohidov X.Z. va boshq. Odam anatomiyasi. T.: 1993 y. - 739 b. 3. Axmedov N.K. Atlas. Odam anatomiyasi (I jild). T.: "Ibn Sino" nashriyoti, 1998 y. - 335 bet. 4. Axmedov N.K. Atlas. Odam anatomiyasi (II jild). T.: "Ibn Sino" nashriyoti, 1998 y. - 262 bet. 5. Safarova D.D. Odam anatomiyasi (I jild). Darslik. T.: "O’zDJTI nashriyot matbaa": 2005y. - 315 b. 6. Safarova D.D. Odam anatomiyasi (II jild), Darslik. T.: "O’zDJTI nashriyot matbaa": 2006y. - 302 b. 7. Safarova D.D. Anatomiyadan praktikum "O’zDJTI nashriyot-matbaaa" 2010y. - 160 b. B. Qo’shimcha adabiyotlar 1. Safarova D.D., Musaeva U.A. Anatomiya fanidan oroliq va yakuniy nazorat bo’yicha test savollari "OzDJTI nashriyot - matbaa bolimi " 2011 y. - 96 b. 2. SHamirzaev N.X., Nazarov S.X., Usmonov R.J. "Topografik anatomiya". O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan chop etilgan darslik. T.: "Akademiya" 2006 y. - 359 V. Metodik ko’rsatmalar va qo’llanmalar 1. Gorelova L.V., Tayurskaya I.M. - Anatomiya v sxemax i tablitsax. Rostov na Donu: "Feniks", 2006g. - 573 b. 2. Safarova D.D. Anatomiyadan praktikum. O’quv qo’llanma. T.: O’zDJTI nashriyoti matbaa, 1993 y. - 255 b. 3. Safarova D.D. Praktikum po sporivnoy morfologii. Uchebnoe posobie. T.: Poligraficheskiy otdel O’zGIFK, 2004 g. - 30 s. 4. Safarova D.D., Musaeva U.A. Praktikum po anatomii. Uchebnoe posobie T.: Poligraficheskiy otdel O’zGIFK, 2006 g. - 297 s. 5. Safarova D.D. "Odam anatomiyasidan praktikum" O’quv qo’llanma. T.: O’zDJTI nashriyoti matbaa, 2008 y. - 158 b 187 Mundarija: 1. Kirish. Odam anatomiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, metodlari va rivojlanish tarixi. Anatomiya fanining asosiy tarmoqlari. Anatomiyaning rivojlanish tarixi………………………………………... 4 2. Tayanch – harakat sistemasi. Tayanch harakat sistemasi organlari. Homilaning rivojlanishida suyak to’qimasining shakllanishi va o’sishi……………………………………………………………………. 19 3. Qo`l va oyoq suyaklari. Bosh skeleti…………………………………. 32 4. Muskul sistemasi. Muskullar va ularning funktsiyasi………………... 50 5. Ichki organlar. Ovqat hazm qilish sistemasi………………………….. 75 6. Nafas olish sistemasi. Nafas a’zolarining tuzilishi, vazifasi va tanada joylashishi……………………………………………………………….. 92 7. Siydik - tanosil organlar sistemasi. Siydik organlari, ularning tuzilishi, rivojlanishi va anomaliyalari. Jinsiy tanosil organlar…………. 100 8. Yurak – qon tomirlari sistemasi. Qon aylanish va limfa sistemasining ta’rifi…………………………………………………………………….. 110 9. Nerv sistemasi va uning ahamiyati. Nerv sistemasining struktura birligi neyronning tuzilishi, turlari va ahamiyati………………………... 130 10. Analizatorlar. Eshitish va vestibulyar analizatorlar, ko’rish va teri analizatorlari.……………………………………………………………. 167 Anatomiyadan o’quv-metodik qo’llanmalar…………………………….. 185 Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling