M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Chig’anoqli labirint eshitish analizatorining periferik qismi bo’lib, ichida
eshitish a’zosi joylashgan. Daxlizning chig’anoq ichidagi va uchi berk bo’lgan burtmasiga chig’anoq yo’li deyiladi. Chig’anoq yo’li uzunligi 3,5 sm teng bo’lgan biriktiruvchi to’qimali qop bo’lib, ichida endolimfa bo’ladi. Chig’anoq yo’li suyakli spiral kanalini uch qismga bo’lib, o’zi o’rta qismini egalaydi. Yuqorigi qismini - daxliz narvoni, pastki qismini - nog’ora narvoni tashkil etadi.Chig’anoqning qubbasida ikkala narvon chig’anoq teshigi orqali bir biri bilan tutashadi. Nog’ora narvon chig’anoqning asosigacha yetib, chig’anoqning yumolok darchasi yonida tugallanadi. Yumaloq darcha ikkilamchi nog’ora parda bilan yopilgan. Daxliz narvoni daxlizning perilimfatik bo’shligi bilan tutashadi. Chig’anoq yo’li ko’ndalang kesmada uch burchak shaklga ega. Chig’anoq yo’lining yuqorigi daxlizli devori daxliz narvoniga qaragan, ichki yuzasi bir qavatli yassi epiteliy bilan, tashqi yuzasini - endoteliy qoplaydi. Epiteliy va endoteliy orasida yupqa biriktiruvchi to’qimali qavat joylashgan. Chig’anoq yo’lining tashqi devori suyakli chig’anoqning suyak usti pardasi bilan qo’shilib ketgan va har chig’anoqning uramalarida joylashgan spiral boylamlariBoylam yuzasida tomirli tasmacha bo’lib, uning tarkibida kapillyarlar endolimfani hosil qiluvchi kubsimon xyjayralar joylashgan. Ostki devori yoki nog’ora devor, nog’ora narvoniga qaragan va juda murakkab tuzilgan. Bazilyar membrana ustida tovushlarni qabul qilish vazifasini bajaradigan Korti a’zosi joylashgan. Bazilyar membrana bir uchi bilan spiralsimon suyak plastinkaga, qarama qarshi uchi bilan spiral boylamga birikadi. Membrana nozik radial yo’nalishda joylashgan 24 ming yaqin kollagen tolalardan tashkil topgan.Bazilyar membrana ustida tashqi va ichki tayanch hujayralari joylashgan bo’lib, ularni ustida esa retseptor to’qli hujayralar joylashgan va ular bazal membranagacha yetmaydi.Tashqi tayanch hujayralari spiralsimonsuyak plastinkani chetidan uzoqroq, ichkisi esa yaqinroq joylashadi. Retseptor hujayralari ham ikki xilga bo’linadi: ichkisi kolbasimon shaklda, tashqisi - tsilindrsimon shaklga ega. Ichki va tashqi tayanch hujayralari o’tkir burchak ostida tutashadi, natijada uch burchakli kanal yoki ichki korti tunneli hosil bo’ladi. Korti kanali Korti a’zosidan spiralsimon o’tib, ichida endolimfa bo’ladi.Tunnel ichida spiral nerv tugunidan chiquvchi mielinsiz nerv tolalari joylashgan. Retseptor hujayralarning ustki yuzasida tukchalar-mikrovorsinkalar bilan qoplangan. To’qli hujayralar ustidan qoplovchi membrana joylashadi. Uni bir uchi suyak spiralsimon plastinkaga birikadi, ikkinchi uchi esa chig’anoq yo’lining bo’shligida erkin osilgan holda tugallanadi. Afferent neyronlarning tanalari (I neyronlar) spiralsimon plastinka ichidagi spiral tugunida joylashgan. Tashqi retseptor to’qli hujayralar ichki to’qli hujayralarga nisbatan baland tovushlarga sezgir bo’ladi. Baland tovushlar chig’anoqning pastki urama sohasida joylashgan hujayralarni qo’zg’atadi. Past tovushlarni asosan chig’anoqning qubbasi sohasidagi hujayralar qabul qiladi. 175 Quloq analizatorining funktsiyasi. Eshituv jarayonida quloq suprasi deyarli ahamiyatga ega emas. Tovush to’lqinlari tashqi eshitish yo’li orqali nog’ora pardaga uzatiladi va unda mexanik tebranishini uygotadi. Nog’ora pardaning mexanik tebranishlari bir-biri bilan ketma-ket bog’langan eshitish suyakchalari orqali daxliz darchasining pardasiga uzatiladi. Daxliz pardasiga bog’langan uzangisimon suyakchaning tebranishlari tufayli daxliz narvoni ichidagi perilimfaning tebranishlari vujudga keladi hamda chig’anoq uchidagi teshikcha orqali bu tebranish nog’ora narvondagi perilimfaga, u orqali esa chig’anoq darchasiga uzatiladi. Perilimfa tebranishlari endolimfaga uzatiladi. Endolimfaning tebranishlari natijasida bazilyar membrana tovush kuchi va amplitudasiga ko’ra to’lqinsimon, butun uzunasi bo’ylab, tebrana boshlaydi. SHu tebranishlar tufayli qoplovchi membrana to’qli retseptor hujayralari orasida kontakt vujudga keladi va hujayralar ichida nerv impulslari hosil bo’ladi. Bu impulslar spiral tugunda joylashgan neyronlarning dendritlari orqali bazal membranaga uzatiladi, aksonlari esa daxliz-chig’anoq nervi chig’anoqli qismi tarkibida uzunchoq miyaning rombsimon chuqurchasi sohasida joylashgan ventral yadrolarda (II neyronlarda) tugallanadi. Bu yadrolar tarkibidagi ikkinchi neyronlar aksonlari yuqorigi oliva sohasida qarama - qarshi tomondan kelayotgan xuddi shunday tolalar bilan kesishib, lateral qovko’zlok tarkibiga qo’shiladi. So’ng lateral qovo’zlok ichidagi eshitish yo’li tolalari turt tepalikning ostki tepaliklarida va medial tizzasimon tanada tugallanadi va bu yerda joylashgan III neyronlari bilan sinapslar hosil qiladi. Turt tepalikning ostki tepaliklaridan va medial tizzasimon tanalardan boshlangan III neyron aksonlari ichki kapsuladan o’tib, miya po’stlogidagi yuqorigi chakka pushtasida tugallanadi. Demak, eshituv analizatorining po’stlok markazi - miya po’stlogining yuqorigi chakka pushtasida joylashgan. Ko’rish analizatori. Ko’rish a’zosi - ko’z - ko’rish analizatorining periferik qismi bo’lib, 85% tashqi muhit haqida gi axborot, shu a’zoni ishi tufayli ma’lum bo’ladi. Ko’rish - muhim fiziologik jarayon bo’lib, jismlarni rangi, shakli, o’zaro joylashuvi va ma’sofasi haqida tasavurlarni shakllantiradi. Ko’rish a’zosi ko’z soqqasi va yordamchi apparatlardan tashkil topgan va ko’z kosasining ichida joylashgan. Ko’z soqqasi sharsimon shaklga ega bo’lib, oldingi va orqa ko’tblari farqlanadi. Oldingi ko’tb joylashishi shox pardaning markaziga yoki bo’rtib turgan joyiga to’g’ri kelsa, orqa qutbi esa ko’rish nervining ko’z soqqasiga kirish joyidan bir oz lateral joylashgan. Ikki ko’tbni shartli ravishda qo’shuvchi chiziq, ko’zning tashqi uki deyiladi. Uni uzunligi 24 mm gacha yetishi mumkin. Ko’z soqqasi pardalardan va maxsus sindiruvchi muhitlardan iborat. Tashqi pardaga fibroz parda, o’rta - tomirli parda va ichki pardani - nur sezuvchi yoki to’r parda deyiladi. Ko’zning nur sindiruvchi apparati Ko’zning nur sindiruvchi apparatiga shox parda, gavhar va shishasimon tana, oldingi va orqa kameralar suyuqligi kiradi.Ko’zning shox pardaning va gavharning anatomik tuzilishi yuqorida baen etildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling