M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Tashqi quloq - quloq suprasidan va tashqi eshitish yo’lidan iborat. Quloq 
suprasi  teri  bilan  qoplangan  va  elastik  tog’aydan  tuzilgan.  Quloqning  pastki 
bo’limi  quloq  yumshogi  deyiladi,  unda  tog’ay  to’qimasi  bo’lmasdan  yog’ 
to’qimasidan  iborat.  Quloq  suprasini  cheti  kayrilib,  quloq  suprasining  burmasi 
deyiladi.  Quloq  suprasini  botiq  yuzasida  burmaga  paralel  holda  qarshi  burma 
hosil bo’ladi. Qarshi burmaning old  tomonida quloqning  chig’anog’i  joylashib, 
uning  tubida  quloqning  tashqi  teshigi  o’rnashadi.  Tashqi  eshitish  yo’li  bir  oz 
qiyshiq kanal bo’lib, tog’ay va suyak bo’limlardan iborat. Odamda quloq suprasi 
kichik, 
tovush 
yo’nalishini 
to’tish 
funktsiyasi 
yo’qotilgan 
va 
uni 
harakatchanligini  ta’minlovchi  muskullar  rudimentar  holda  bo’ladi.  So’t 
emizuvchilarda,  ayniqsa  to’ngi  hayot  kechiruvchi  hayvonlarda  quloq  suprasi 
yaxshi rivojlangan bo’lib, tovush chiqqan tomonga harakatlanadi.  
Tashqi  eshitish  yo’li  bir  oz  qiyshiq  kanal  bo’lib,  uzunligi  33-35  mm 
bo’lib, quloqning tashqi teshigi bilan quloq nog’ora pardasi orasida joylashgan. 
Kanalning yo’lida S-simon burmasi bo’lib, nog’ora pardani ko’rish uchun quloq 
suprasini  yuqoriga  va  orqa  tomon  tortish  kerak.  Tashqi  eshitish  yo’li  tashqi 
tog’ay va ichki suyak qismlaridan iborat. Tashqi eshitish yo’lining ustki yuzasi 
ko’p  qavatli  yassi  epiteliy  bilan  qoplangan.  Uning  tarkibida  yog’  bezlari  bilan 
bir  qatorda  maxsus  naysimon  bezlari  bo’lib,  oltingugurtga  boy  moddani  ishlab 
chiqaradi. 
Nogara  pardasi  tashqi  quloqni  o’rta  quloqdan  ajratadi.  Nog’ora  parda 
chakka  suyagining  nog’ora  qismining  egatida  joylashgan  fibroz  halqaga 
birikkan.  Nog’ora  parda  ellips  shaklidagi,  ikki  qatlam  kollagen  tolalardan 
tuzilgan  plastinka  bo’lib,  tashqi  qavatda  tolalar  radial,  ichki  qavatda  aylanma 
holda  joylashgan.  Uning  tashqi  yuzasi  ko’p  qavatli  yassi  epiteliydan,  ichki 
yuzasi  bir  qavatli  kubsimon  epiteliy  bilan  qoplangan.  Nog’ora  pardaning 
qalinligi 0,1 mm bo’lib, cheti markazga qaraganda qalinroqdir. Markazida botigi 


 
171 
bo’lib, nog’ora pardaning  kindigi deyiladi.  Nog’ora kindigi bolgachani birikish 
joyi hisoblanadi. Nog’ora pardaning yuqorigi kichikroq qismi bo’shroq, qolgan 
qismi tarang tortilgan bo’ladi. 
O’rta  quloq.  Nog’ora  bo’shligining  xajmi  1sm
3
  ,
 
chakka  suyagining 
piramida  qismining  asosida  joylashgan.  Bo’shliqning  shilliq  pardasi  bir  qavatli 
yassi  epiteliydan  tuzilgan.  Bu  epiteliy  asta-sekin  bir  qavatli  kubsimon,  ba’zi 
joylarda  bir  qavatli  tsilindrsimon  epiteliyga  aylanadi.Nog’ora  bo’shligining 
oltita devori farqlanadi: 
1.  Yuqori devori nog’ora bo’shliqni kalla bo’shligidan ajratib turadi. 
2.  Ostki  devori  yoki  bo’yinturuq  venaga  qaragan  devor,  nog’ora 
bo’shligini tubini hosil qiladi. 
3.  Nog’ora  bo’shligining  medial  devori  -  nog’ora  bo’shliqni  ichki 
quloqning  suyakli  labirintidan  ajratadi.  Bu  devor  tarkibida  labirint  daxliziga 
ochiladigan  darcha  va  chig’anoqga  ochiladigan  darcha  bo’ladi.  Daxliz 
darchasini  eshitish  suyagi  -  uzangichaning  asosi  berkitib  turadi.  Chig’anoq 
bo’shligiga  ochiladigan  darcha  ikkilamchi  nog’ora  pardasi  bilan  qoplangan. 
Daxliz darchaning yuqorirogidan yuz nervi kanalidan yuz nervi ko’rinib turadi. 
4.  O’rta  quloqning  tashqi  yoki  lateral  devori  nog’ora  pardasi  va  uni 
atrofida joylashgan chakka suyagining bo’limlaridan tashkil topgan. 
5.  Oldingi  -  uyqu  -  devori  nog’ora  bo’shligini  ichki  uyqu  arteriyasi 
kanalidan ajratib, bu devorda eshitish nayining nog’ora teshigi ochiladi. 
6.  Orqa  devori  chakka  suyagining  so’rg’ichsimon  o’sig’iga  qaratilan,  ust 
tomonida  mayda  teshikchalari  bo’lib,  bular  nog’ora  bo’shligini  so’rg’ichsimon 
o’siq ichidagi havo saklovchi kataklar bilan bog’lab turadi. 
Uchta mayda eshitish suyakchalari bo’g’imlar  yordamida birikib, suyakli 
zanjirni hosil qiladilar va nog’ora parda bilan daxliz darchasi orasida joylashadi. 
Suyakchalar  tovush  to’lqinlarini  nog’ora  pardadan  daxliz  darchasiga  yetkazib 
beradi.  Birinchi  eshitish  suyagi  -  bolgachaga  o’xshashligi  uchun  bolgacha 
deyiladi.  Bolgachaning  dastasi  nog’ora  parda  devori  bilan  bitishib  ketgan. 
Bolgachaning  boshchasi  ikkinchi  eshitish  suyagi  -  sandonchaning  tanasi  bilan 
harakatchang  birikib,  bo’g’im  hosil  qiladi.  Bo’g’im  nozik  boylamlar  bilan 
mustaxkamlangan.  Sandonchani  uzun  va  kalta  oyoqchalari  farqlanadi.  Uzun 
oyoqchasi  uchinchi  eshitish  suyagi  -  uzangini  boshchasi  bilan  birikib,  bo’g’im 
hosil qiladi. Uzangining asosi esa daxliz darchasiga kiradi. Suyakchalar ustidan 
shilliq  parda  bilan  qoplangan.  Nog’ora  pardani  taranglashtiruvchi  muskullning 
payi  bolgachani  dastasiga  birikadi,  uzangi  muskul  esa  uzangini  boshchasiga 
yaqin joyiga birikadi. Bu muskullarning qisqarishi tufayli suyaklarni harakatlari 
ta’minlanadi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling