M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Analizator  deb  ta’sirotlarni  qabul  qiluvchi  maxsus  nerv  oxirlari  - 
retseptorlar,  oraliq  va  markaziy  nerv  hujayralari  va  ularni  bog’lovchi  tolaradan 
tashkil  topgan  nerv  tizimining  bir  qismiga  aytiladi.  Har  bir  analizatorning  ishi 
retseptorlardan boshlanib, tashqi va ichki muhitdan qabul qilingan ta’sirotni nerv 
impulsi  xoliga  aylantirib  maxsus  neyronlar  zanjiri  orqali  bosh  miya  yarim 
sharlariga yetkaziladi. Analizatorning asosiy komponentlaridan biri nerv oxirlari 
- retseptor apparatidir.  
Retseptorlar turli to’qimalar va organlarda joylashgan, chunonchi ko’zda, 
kulokda,  ta’m  bilish,  xid  bilish  a’zolari  va  boshqa  maxsus  sezgi  a’zolarda. 
Analizatorlar  faoliyati  orqali  organizmga  ta’sir  etuvchi  tashqi  va  ichki  muhit 
faktorlar yig’indisi turli xislar va sezgilar xolida aks etiladi. 
Analizatorning tarkibiy qismlari. 
Retseptor  Markazga  intiluvchi  nerv  Miya  po’stlogi,  miya  p.  osti 
markazlari 
Tashqi  va  ichki  muhit  Nerv  impulsini  Yetkazib  berilgan  infordan 
ta’sirotni qabul  markaziy  nerv sistemaga matsiyani  yuqori darajali   qilinishi  va 
nerv o’tkazilishi. analizi va sintezi impulsiga aylanishi. 
 
Eshitish va muvozanat organi 
Eshitish  va  muvozanat  saqlash  organi  (vestibulor  cochleare)  -  eshitish 
analizatori uch qism (tashqi, o'rta va ichki) quloqlardan iborat. 
Tashqi quloq (buris externa) - buning tarkibiga quloq suprasi va tashqi 
eshituv yo'li kiradi. 
Quloq suprasi elastik tog'aydan tuzilgan, ustidan teri bilan qoplangan. 
Quloq  suprasining  tog'ayi  quloq  chetida  qayrilib  tamom  bo'ladi.  Bo’nga 
quloq suprasining burmasi deyiladi. Quloq teshigi oldingi tomonda do'mboq 
bilan  chegaralanadi.  Quloq  suprasini  harakatga  keltiruvchi  muskullar 
odamda  rudiment  holatda  saqlanib  qolgan  bo'lsa,  ko'pchilik  hayvonlarda 
quloq suprasini tovush chiqqan tomonga qaratish uchun xizmat qiladi. 
Tashqi  eshituv  yo'li  -  quloqning  tashqi  teshigi  bilan  nog'ora  pardasi 
orasida  joylashgan  «S»  simon  kanal  bo'lib,  uzunligi  30-33  mmdan 
oshmaydi.  Tashqi  eshituv  yo'li  qiyshiq  bo'lganligi  sababli  uncha  uzoq 
joylashmagan  nog'ora  pardasi  quloq  teshigidan  qaralganda  ko'rinmaydi. 
Tashqi  -  eshituv  yo'li  yog’  bezlariga  boy.  Bundan  tashqari  unda 
oltingugurtga  maxsus  modda  ishlab  chiqaradigan  bezlar,  juda  ko'p  mayda 
tuklar bor. 


 
170 
Quloqni  nog'ora  pardasi  (membranma  tympanl)  -  soat  oynasiga 
o'xshash botiq doira shaklda bo'lib, elastik to'qimadan tuzilgan. Diametri 9-
12  mm  dan  oshmaydi.  Aylana  ariqchaga  soat  oynasi  soat  korpo’siqa 
joylashgandek kirib turadi. 
Nog'ora  pardaning  tashqi  eshituv  yo'liga  qaragan  yuzasi  yupqa  parda 
bilan  qoplangan.  O'rta  qismi  yupqaroq  bo'lib,  tashqi  qismdan  botiqroq 
bo'ladi. Nog'ora pardaning chetlari esa ancha qalinlashib yotadi.  
Daxliz - Chig’anoqli A’zo  
Odamda  eshitish  bilan  muvozanat  a’zolari  bir  biri  bilan  qo’shilib, 
morfologik  va  funktsional  jixatdan  farqlanadigan  uch  bo’limdan  tashkil  topgan 
murakkab  tizimni  hosil  qiladi.  1.  Tashqi  quloq  quloq  suprasi  va  tashqi  eshituv 
yo’lidan iborat. 2. O’rta quloq nog’ora bo’shliq, eshitish nayi va so’rg’ichsimon 
o’simtaning  kataklaridan  tashkil  topgan.  3.  Ichki  quloqka  chakka  suyagining 
piramida  qismida  joylashgan  suyakli  labirint,  uni  shaklini  takrorlovchi  pardali 
labirint  va  ularni  ichidagi  eshitish  a’zosi  bilan  muvozanat  a’zosi  kiradi.  Tashqi 
va o’rta quloq tovush o’tkazuvchi qismga kiradi. Ichki quloq eshitish a’zosi yoki 
Korti a’zosi tovushni qabul qiluvchi qismi va yarim halqasimon kanallari - tana 
muvozanatini saqlashda ishtirok etuvchi qismlardan tashkil topgan. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling