M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
A) Bazal qavat bazal membrana ustida joylashgan bazal hujayralaridan va
melanotsitlardan tarkib topgan. Bazal hujayralari mitotik yo’l bilan aktiv bo’linishi sababli bu qavatni o’sish qavati deb ham nomlanadi. Melanotsitlar bazal hujayralar orasida joylashib, tarkibida melanin pigmenti bo’ladi, uning miqdoriga ko’ra terini rangi ifodalanadi. Melanin pigmenti terini ultrabinafsha nurlarini zararli ta’siridan himoyalaydi. B) Tikanakli qavat ko’p burchakli shaklga ega bo’lgan hujayralaridan tashkil topgan. Yen hujayralari bir biri bilan o’simtalar yordamida birikadi. Bu yerni hujayralarida hujayralarni bo’linishini kuzatish mumkin. V) Donador qavat bir nechta qatlamni hosil qiluvchi hujayralardan tuzilgan. Hujayralar tarkibida yirik donador holda keratogialin uchraydi. Yuqoriga ko’tarilgan sari keratogialin keratin moddaga aylanadi. G) Yaltiroq qavat 3- 4 qatlamni hosil qiluvchi yassilashgan yadrosiz hujayralardan iborat. Hujayralar tarkibida no’rni yaxshi sindiradigan eleidin oqsiliga boy bo’ladi. D) Muguzlanuvchi qavat bir nechta qatlamni hosil qiluvchi muguzlangan kipikchalardan iborat. Bu qavat tarkibida keratin oqsili va havo pufakchalari bo’ladi. Muguz qavatning o’ziga hos tuzilishi bir qancha xususiyatlarini ifodalaydi. Masalan bu qavat suv o’tkazmaydigan, ma’lum zichlikga va qayishqoqlikga ega bo’lganligi tufayli undan mikroorganizmlar o’tmaydi. Muguzli kiprikchalar doim muguzlanib va o’rniga yangilanib turadi. Chuqur qatlamlarda joylashgan hujayralarni yuqoriga ko’tarilish mobaynida muguzlanish jarayoni sodir bo’ladi. Masalan, odam tovonida epidermis 182 hujayralarning muguzlanishi va to’liq yangi hujayralari bilan almashinishi 10 - 30 kun davomida ro’y beradi. 2. Derma yoki xususiy qavati qalinligi 1 - 2,5 mm, bazal membrananing ostida joylashadi va biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. Derma so’rg’ichli va to’r qatlamlaridan iborat. A) So’rg’ichli qatlam bazal membrana ostida yotadi va siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan iborat. So’rg’ichli qatlam bazal membranaga so’rg’ichlar xolida bo’rtib kirib, natijada bazal membrana o’ziga hos to’lqinsimon shaklni hosil qiladi. Teri epidermisida qon tomirlari bo’lmaganligi uchun, uni oziqlanishi diffuz holda, dermaning so’rg’ichsimon qatlamida joylashgan qon tomirlari hisobiga ro’y beradi. So’rg’ichlarning joylashuviga va soniga qarab, teri yuzasida qirralar va egatchalar hosil bo’ladi. Natijada, ayniqsa qo’l va oyoqlar terisida turli murakkab naqshlar rivojlanadi. Masalan, har bir insonda qo’l panjasida o’ziga hos naqshlar, ularning tarkibida ma’lum sonda qirralar, triradiuslar aniqlanadi va o’zga biron insonda bu naqshlar qaytarilmaydi. Teri relefini hosil qiluvchi tuzilmalarni o’rganuvchi fan dermatoglifika deyiladi. Naqshlarning tuzilishi insonning tug’ilgan paytidan boshlab, umrining oxirigacha o’zgarmaydi. Barmoqlar terisi yuzasidagi naqshlar terining so’rg’ichsimon qatlami bilan olib tashlaganda yo’qoladi. Barmoq terisining izlari kriminalistikada inson shaxsini aniqlashda keng foydalaniladi. Terining dermatoglifik tuzilishi va uning populyatsion antropologiyada, tibbiyotda va sportda ahamiyati va qo’llanilishi «Sport morfologiya» bo’limida mufassal bayon etilgan, shu sababli terining dermatoglifik tuzilishi haqida qisqacha ma’lumot berish bilan kifoyalanamiz. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling