M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Kolbasimon hujayralar o’zining tashqi va ichki segmenlarinituzilishi
bilan farqlanadi. Kolbochkalarning tashqi segmenti yarim dasklardan tuzilgan. Yarim disklarni tarkibida yodopsin ko’rish pigmenti aniqlanadi. Yarim disklarni membranalari tayoqchalar disklariga o’xshash beto’xtov yangilanmaydi.. Kolbochkalar uch xil bo’ladi - qizil, kuk va yashil rangni retseptorlari qabul qiladi.Ularda faqat yarim diskalardagi membranalarda oqsillar yangilanadi. Kolbasimon hujayralarning umumiy soni 7 mln. Ko’ruv analizatorining o’tkazish yo’li to’rtta neyron zanjiridan iborat. 1,2,3 neyronlar ko’zning to’r pardasida joylashgan. Birinchi neyron hujayralari ko’ruv hujayralari yoki yuqorida ko’rsatilgan ko’rish tayoqchalari va kolbachalari hisoblanadi. Bu hujayralarning o’siqchalarida ko’ruv purpuri - rodopsin joylashgan bo’lib, u yoruglik ta’sirotini nerv impulsiga aylantirib beradi. Ko’rish analizatorining o’tkazuvchi yo’li Ko’rish analizatorining o’tkazuvchi yo’llari to’rtta neyron zanjiridan iborat. I, II, III neyronalar ko’zning to’r pardasida joydashgan. Birinchi neyron hujayralari ko’rish hujayralari yoki yuqorida ko’rsatilgan to’r pardaning tayoqchalar va kolbochkalari hisoblanadi. Tayoqchalar va kolbochkalar (I neyron) to’shgan yorug’lik ta’sirotini nerv impulsiga aylantirib beradi va impulsni to’r pardaning bipolyar neyronlariga (II neyron) uzatadi, ya’ni bipolyar hujayralarning dentritlariga yetkazib beradi. So’ngra impuls ikkinchi neyron aksonlari orqali uchinchi neyronga, ya’ni ganglioz hujayralarning dentritlariga (III neyronga) o’tkaziladi. Ganglioz hujayralarning aksonlari yig’ilib, ko’rish nervini hosil qiladi. Ko’z nervi ko’rish teshigi orqali bosh miya ko’tisining ichiga kirib, bosh miya peshana bulagi asosidan o’tadi. So’ng ko’ruv nervi turk egari tepasida chala kesishib, ko’ruv nervining kesishmasini (xiazmasini) hosil qiladi. Ko’rish yo’llarining bir qismi o’zulmasdan oraliq miyaning tashqi tizzasimon tanalariga yetadi va o’rta miyaning ustki ikki tepaligning neyronlarida sinapslar hosil qilib, tugallanadi. O’rta miyanining turt tepalikning ustki ikki tepaligi ko’rish analizatorining po’stlog osti markazlari hisoblanadi.Ustki tepalikdan nerv impulslari ko’z soqqasini harakatlantiruvchi nervga boradi. O’tkazuvchi yo’llarining yana bir qismi ikki tepalikdan davom etib, ensa pallasining po’stlogida, ko’ndalang egat sohasida tugallanadi. SHunday qilib, ko’rish analizatorining po’stlog markazlari bosh miyaning ensa pallasining po’stlogida joylashgan. Kuesh to’lqinlari ta’sirida ko’z korachig’i torayadi, ko’z olmalari esa nur to’shgan tomonga qaratiladi. Teri analizatori. Terining tuzilishi, pigmentlanish xususiyati va uning ahamiyati. Teri tana yuzasini qoplab, xilma-xil funktsiyalarni bajaradi. Teri nafaqat tashqi muhit ta’sirotlardan tanani himoya etadi, balki nafas olish, tana haroratini idora etish, almashinuv jarayonida hosil bo’lgan moddalarni ajratish vazifalarni bajaradi. Odam terisining sathi o’rta hisobda 1,6 - 2 m 2 teng bo’ladi. Bir sutka 181 davomida odamda 500 ml suv, tuzlar va oxirgi azotli birikmalar ter bilan birga organizmdan chiqib turadi. Teri vitaminlar almashinuvida ham faol qatnashadi. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida terida vitamin D sintezlanadi. Terida joylashgan sezuvchi retseptorlar temperaturani, bosimni, og’irikni va boshqa ta’sirotlarni qabul qiladi. Ta’sirot xususiyatiga qarab sezuvchi nerv oxirlari mexanoretseptorlar, xemoretseptorlar, notsiretseptorlar va boshqa retseptorlarga bo’linadi. Tuzilishi jixatdan teridagi sezuvchi nerv oxirlari erkin va erkin bo’lmagan nerv oxirlariga bo’linadi. Erkin nerv oxirlari faqat nerv tolasining o’q tsilindrining oxirgi shoxlaridan iborat. Erkin bo’lmagan nerv oxirlarida nerv tolasining barcha tarkibiy qismlari bo’ladi, chunonchi o’q tsilindr va uning shoxlari, gliya hujayralari bo’ladi. Terida retseptorlarni soni bir xil emas. Masalan, boldir sohasidagi terida 10 mm 2 sathda 1 retseptor uchraydi, barmoqning uchlaridagi terida esa - 230. Bu retseptorlar teri analizatorining periferik qismlari hisoblanadi. Mikroskop ostida teri tuzilishi o’rganilganda uch qavati - teri ustki qavati - epidermis , xususiy qavat - derma va teri osti yog’ qavati farqlanadi. 1. Teri epidermisi ko’p qavatli yassi muguzlanuvchi epiteliydan tashkil topgan. Uning qalinligi 0,3 dan 4 mm gacha yetishi mumkin. Ishqalanishga ko’proq uchragan joylarda teri ancha qalin bo’ladi. Masalan tovon terisi qovoqdagi teriga qaraganda ancha dag’al bo’ladi. Teri epidermisi besh qavatdan tuzilgan: Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling