M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
V) Rangdor parda tomirli pardaning old qismi hisoblanib, gavharning
oldida joylashgan. Rangdor pardaning markazida yumaloq disk shaklida teshigi bor. Bu teshik ko’z korachig’ini hosil qiladi. Korachigni xajmi doim o’zgarib turishi, rangdor pardani diafragma kabi vazifani bajarishi - korachigdan o’tayotgan nur okimining miqdorini idora etishi bilan bog’liq. Rangdor pardada 179 mioneyral to’qimadan korachigni toraytiruvchi va kengaytiruvchi muskullar joylashgan. rangdor pardada oldingi epiteliy, va pigmentli hujayralardan tuzilgan tashqi chegarali qavat farqlanadi. Ana shu qavatning pigmentini miqdoriga qarab kora, zangori yoki pigmenti butunlay bo’lmasa qizil rangdor parda nomoen bo’ladi. 3. Nur sezuvchi yoki to’r pardaembrional taraqqiyot davrida miya po’stlogining maxsus qismidan rivojlanib, 3 oyni oxirida neyroblastlardan (dastlabki, hali yetilmagan yosh nerv xujayralari) yirik ganglioz hujayralar vujudga keladi. Ularning o’simtalari ko’z poyachasiga o’sib kirib, ko’rish nervini hosil qiladilar. Ko’zning to’r pardasida eng oxirida bolani tug’ilishidan oldin kolbachali va tayoqchali ko’rish hujayralari paydo bo’ladi. To’r pardada neyroblastlardan tashqari spongioblastlar ham rivojlanadi. Ularning keyingi mo’taxasislashishi natijasida gliya hujayralari vujudga keladi. To’r pardaning butun qalinligi bo’yicha yuqori darajada mo’taxasislashgan Myo’ller tolalari kezadi. Ko’zning to’r pardasida ko’rish va kur qismlar farqlanadi.Ko’rish qismi bilan kur qismi orasildagichegara notekis bo’lib, tishli qirrani hosil qiladi. SHakklllangan to’r parda qavatli tuzilishga ega bo’lib, 10 qavatdan tuzilgan. To’r pardada qavatlarni joylashuvi quyidagicha: 1. Pigmentli qavat. 2. Tayoqchalar va kolbachalar qavati. 3. Tashqi chegara membranali qavat. 4. Tashqi donadar qavat. 5. Tashqi tursimon qavat. 6. ichki donador qavat. 7. Ichki tursimon qavat. 8. Ganglioz nerv hujayralari qavati 9. Nerv tolalari qavati. 10. Ichki chegara membranali qavat. Ko’rsatilgan qavatlardan eng muhimlari pigmentli qavat bilan tayoqchalar va kolbachkalar qavatlari. Pigmentli epiteliotstlar shakli oltiqirrali prizmaga o’xshash. Ularning asos qismlari tomirli pardaning shishasimon membranasi ustida yetadi, hujayralarning uchlaridan esa o’zida pigment saklovchi «sokoldak» o’simtalar tutami chiqadi. Kundo’zi, yerug yerda o’simtalar ichida pigmentning miqdori oshadi. Korongiroqda esa o’simtalar ichidagi pigment kiritmalari Pigment saklovchi hujayralarning o’simtalari tayoqcha va kolbochkali hujayralarni o’rab oladi, va biri biridan ajratadi va shu orqali yeriglikni tarqalishiga olib keladi. Ko’rish yoki fotoretseptor hujayralarida markaziy va periferik o’simtalari farqlanadi. Neyronlarning tanalari to’r pardaning tashqi donador qavatida joylashgan. Periferik o’simtani shakli tayoqchaga yoki kolbochkaga o’xshash bo’ladi. SHu sababli, ba’zan hujayralarni qisqacha tayoqchalar yoki kolbochkalar deb nomlanadi. Tayoqchali hujayralar yadro saklovchi qismidan va fotoretseptor - tayoqcha qismidan iborat. Tayoqcha tarkibida tashqi va mchki segmentlari bo’ladi. Ichki diskda ko’p miqdorda mitoxondriyalar, ribosomalar, endoplazmatik retikulum va Goldji turi anklanadi. Tashqi segmentda esa kush membranalar tup-tup joylashgan diskalarni hosil qiladi. Disklar tez almashinish va yangilanish xususiyatiga ega. Har 40 min. Yangi disk paydo bo’lib, tayoqchani erkin uchiga siljiydi. Tashqi segmentning membranalari ko’rish pigmenti rodopsindan tashkil topgan. Tayoqchali hujayraning uzunligi 60 mkm gacha yetib, to’r pardada tayoqchalarni umumiy miqdori 130 mln teng. 180 Tayoqchalar kora-ok ranglarni qabul qiluvchi retseptorlar hisoblanadi va korongida jismlarni shaklini ajratadilar. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling