M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
SHishasimon tana rivojlanishida uch bosqich tafovut etiladi. Dastlabki
rivojlanish bosqichida birlamchi shishasimon tana mezenxima hujayralaridan rivojlanadi. Ikkilamchi shishasimon tananing rivojlanishida mezenxima hujayralari reduktsiyaga uchraydi va neyrogliya hujayralari tomonidan tiniq modda sintezlanadi va natijada shakllangan uchlamchi shishasimon tana hosil bo’ladi. SHishasimon tana dildiroq tiniq moddadan iborat bo’lib, uni 99% suv va zich qoldig’i vitrein oqsili bilan gialuron kislotasi tashkil etadi. SHishasion tana asosiy nur sindiruvchi apparat, shu bilan birga, ko’z ichida ma’lum darajali bosimni saqlab turuvchi tarkibiy qism hisoblanadi. To’r parda modda almashinuv jarayonlarida ham ishtirok etadi. SHishasimon modda tarkibida nervlar va qon tomirlar bo’lmaydi. Rangdor parda shox pardani gavhar bilan kiprikli tana orasidagi bo’shliqni ikki kameraga ajratadi. SHox parda bilan rangdor parda orasidagi bo’shliq oldingi kamera deb ataladi. Rangdor parda bilan ko’z gavharining oldingi yuzasi orasida hosil bo’lgan bo’shliqga ko’zning orqa kamerasi deyiladi. Ikki kamera bir biri bilan ko’z korachig’i orqali tutashadi. Oldingi va orqa kameralarda suvsimon tiniq suyuqlik bo’lib, u ko’z ichida okib yuradi. Suvsimon suyuqlikni sekretsiya yo’li bilan hosil bo’lishi va suyuqlikni qayta surilish jarayonlari orasida ma’lum muvozanat saqlanadi, uning natijasida ko’z bosimi bir meerda saqlanib turadi. Suvsimon suyuqlik juda suyuq bo’lib, tarkibida faqat 0,02% ga yaqin oqsili bo’ladi. Unda fibrinogen oqsili bo’lmaganligi sababli suvsimon suyuqlik quyilib qolmaydi. Rangdor pardaning cheti bilan shox parda orasida oldingi kameraning burchagi hosil SHunday qilib, kuesh nurlari shox pardadan, suvsimon suyuqlikga, ko’z korachig’i orqali gavharga, undan shishasimon tanaga va nihoyat, ko’zning to’r pardasining eng o’tkir ko’rish nuqtasiga - sariq dogga tushadi. Ko’z soqqasining tubida ikkinchi dogni ham aniqlash mumkin Ko’rish nervi ko’z soqqasidan chiqish yerida okimtir dumaloq dog ko’rinadi. Bu yerdagi to’r qavatida tayoqchalar va kolbochkalar bo’lmaydi va bu soha butunlay kurmaydi va kur dog deb ataladi. Ko’zning yordam chi apparatlari Ko’zning yordamchi apparatlariga ko’z soqqasini harakatlantiruvchi muskullar, ko’z qovoqlari, ko’z yosh bezi va qon’yuktiva kiradi. Odamda ko’z muskullari tuzilishi jixatdan ko’ndalang-targil muskul to’qimadan iborat bo’lib, ko’z soqqasini harakatga keltirish funktsiyasini bajaradi. Ko’zni harakatga keltiruvchi muskullar oltita bo’lib, bular 4 to’g’ri, 2 qiyshiq muskuldan iborat. Bulardan deyarli hammasi (ostki qiyshiq muskuldan tashqari) ko’z kosasi tubidan, ko’ruv nervi bilan ko’z arteriyasini o’rab turuvchi payli halqadan boshlanib, ko’z soqqasini turli joylariga birikadi. Ostki qiyshiq muskul ko’z soqqasini quyi devoridan, burun - ko’z yoshi kanali teshigi yonidan boshlanadi. Barcha to’g’ri muskullar skleraga, ko’z soqqasi ekvatorining old tomondagi turli sohalariga birikadi. Ko’zning ostki to’g’ri muskuli ko’rish teshigining halqali payli halqaning ostki chetidan boshlanib, ko’z soqqasi ekvatorining ostki chetiga birikadi. Ko’zning medial to’g’ri muskuli ko’z kosasining ichidan, ko’z kosasi ekvatorining medial chetiga birikadi 177 Ko’zning lateral to’g’ri muskuli ko’z kosasi tubidan boshlanib, ko’z soqqasi ekvatorining lateral chetiga birikadi. Ko’z soqqasining to’g’ri muskullari qisqarishi natijasida o’zini nomiga muvofiq yo’nalishda ko’z soqqasi va korachikni tortadi. Ko’zning qiyshiq muskullari ko’z soqqasini sagittal o’q atrofida harakatga keltiradi: ustkisi ko’z soqqasini va ko’z korachig’ini pastga va tashqariga, ostkisi esa ko’z korachig’ini yuqoriga va tashqari tomon tortadi. Qovoqlar ko’z olmasini old tomondan himoyalaydi Ustki va pastki qovoqlar teri burmalari bo’lib, ko’z yorig’ini pardaga o’xshash ochilib yopilishini ta’minlaydi. Ustki va ostki qovoqlar ikki yon tomonida medial va lateral bitishmalar orqali tutashadi. Bitishmalarni birikish joyilarida, ikki chetida - o’tkir lateral burchak va dumoklashgan medial burchak hosil bo’ladi. Medial burchakda ko’z yoshi kuli joylashgan, uning tubida yarimoyli parda - kushlardan qolgan uchinchi qovoqning rudimentar qoldig’ini ko’rish mumkin. Ustki qovoq o’tkir ko’z usti qirrasidan peshanaga o’tish joyida kosh ravog’i hosil bo’ladi. Ko’z ochishda ostki qovoq o’z ogirligi tufayli bir oz pastga tortiladi. Ustki qovoq ostkisiga qaraganda ancha katta bo’lib, koshlar ostidan boshlanib, o’nga ustki qovoqni ko’taruvchi muskul keladi. Bu muskul to’g’ri muskullar bilan birga payli halqadan boshlanib, qovoqni ustki tog’ayiga birikadi. Aslida qovoq tog’ayi tayanch vazifasini bajaradigan pishiq biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan plastinkadir. Qovoqlarning old tomoniga yaqin ko’zning doiraviy muskuli joylashgan. Ko’z yoshi apparati tarkibiga ko’z yoshi bezi va ko’z yoshi yo’llari kiradi. Ko’z yoshi bezlari alveolyar-naysimon seroz bezlari bo’lib, peshana suyagining ko’z yoshi chuqurchasida, ko’z soqqasining ustki lateral qismida joylashgan. Ko’z yoshi zaif ishkoriy muhitga ega bo’lib, asosan suv va unda erigan 1,5% NaCI, 0,5% albumin va shilliq moddalar tarkibini tashkil etadi. Bundan tashqari ko’z yoshi tarkibiga bakteritsid xususiyatlarga ega bo’lgan lizotsim moddasi bo’ladi. 5-12 gacha chiqaruv naychalari qon’yuktivani yuqorigi qubbasiga ochiladi. Ko’zning medial chetida ko’z yoshi kuli atrofida ustki va ostki ko’z yoshi so’rg’ichlari joylashgan bo’lib, uchlarida teshiklari yoki ko’z yoshi nuqtasi aniqlanadi. Bu nuqtadan uzunligi 1sm teng tor ko’z yoshi kanali boshlanadi. Ustki va ostki ko’z yoshi kanalchalari ko’z yoshi qopchasiga ochiladi. Uning berk uchi yuqoriga qaratilgan, tubi esa burun-ko’z yoshi yo’liga ochiladi. Ko’zning doiraviy muskullning ko’z yoshi qismi ko’z yoshi qopi devori bilan bitishib ketgan, uning qisqarishi tufayli ko’z yoshi qopi kengayadi va ko’z yoshi naylaridan ko’z yoshi qop ichiga suriladi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling