M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

bo’limining  yen  shoxlarida  va  qisman  bel  bo’limida  bo’lsa,  parasimpatik 
qismining markazlari o’rta miya, uzunchoq miyada va orqa miyaning dumg’aza 
bo’limida joylashgan.  
b) simpatik va parasimpatik qismilardagi preganglionar va postganglionar 
neyronlarning  aksonlari  uzunligi  jixatdan  bir  biridan  farqlanadi.  Simpatik 
qismdagi  preganglionar  tolalar  orqa  miyaning  yen  shoxlarida  joylashgan 
neyronlarning  aksonlari  bo’lib,  dastlab  harakatlantiruvchi  ildizchalar  tarkibida 
chiqadi, so’ng bir qismi ajralib, umurtqa pog’onasi bo’ylab joylashgan simpatik 
stvoliga kiradi, qolgan qismi esa simpatik stvol tugunidagi hujayralariga o’tadi. 
Simpatik  tugunlar  tarkibidagi  neyronlar  tanalaridan  chiqqan  aksonlari 


 
163 
postganlionar tolalar deyilib, qo’shuvchi shoxlar tarkibida orqa miya nervlariga 
qo’shiladi va barcha a’zo va to’qimalarda tarmoqlanib, innervatsiyasida ishtirok 
etadi.Orqa  miyaning  yen  shoxlaridagi  birinchi  neyronlarning  aksonlari  esa 
simpatik  tugunlaridan  o’zulmasdan  tranzit  holda  o’tib,  simpatik  stvollarning 
tarmoqlari  tarkibida  qorin  bo’shligida  va  tosda  joylashgan  simpatik  chigallarga 
kiradi.  
Parasimpatik qismining preganglionar tolalari periferik nervlar tarkibida 
to’g’ridan  to’g’ri  ichki  a’zolarga  (yurakka,  oshqozonga,  ichaklarga,  siydik 
qopiga)  boradi  va  a’zo  devori  ichida  joylashgan  intramo’ral  tugunlarda 
tugallanadi. Postganglionar tolalar intramo’ral tugundan boshlanib, shu a’zoning 
ichidagi  to’qimalarga  boradi.  Demak  parasimpatik  qismining  postganlionar 
tolalarining  yo’li  juda  kalta  bo’ladi  -  a’zoning  devori  ichidagi  tugundan  shu 
a’zoni to’qimalarigacha. 
2.  Funktsional  farqli  belgilarga  simpatik  va  parasimpatik  qismlarni 
organizmga  qarama-qarshi  bo’lgan  ta’sirini  ko’rsatish  mumkin.  Masalan, 
simpatik  qismidan  chiqqan  nerv  tolalari  ko’z  korachig’ini  kengaytiruvchi 
muskullni,  parasimpatik  nervi  esa  korachigni  toraytiruvchi  muskullni 
innervatsiya qiladi. 
3.  Farmakologik  farqlarga  simpatik  va  parasimpatik  nervlar  qo’zgalish 
jarayonida  har  xil  kimyoviy  tarkibga  ega  bo’lgan  mediator  moddalarni  ishlab 
chiqaradi. Simpatik nervlarda noradrenalin, parasimpatik nervlar esa atsetilxolin 
ishlab chiqariladi. 
 
SIMPATIK QISMI 
Simpatik qismi markaziy va periferik qismlarga bo’linadi. Markaziy qismi 
orqa  miyaning  III  bo’yin  segmentidan  boshlanib,  barcha  ko’krak,  III  bel 
segmentigacha  bo’lgan  masofada  orqa  miya  kulrang  moddasining  yon 
shoxlarida  joylashadi.  Periferik  qismi  umurtqa  pog’onasining  ikki  yonida 
joylashgan  chap  va  o’ng  simpatik  stvolidan  iborat.  Har  bir  simpatik  stvol 
umurtqalararo  shoxlari  bilan  tutashgan  umurtqalar  oldi  tugunlar  zanjiridan 
tashkil topgan. Simpatik stvollar umurtqa pog’onasining kalla suyagi asosidan to 
dumgacha bo’lgan masofada joylashib, har bir stvolda 3 bo’yin, 10-12 ko’krak, 
4  bel  va  4  dumg’aza  nerv  tugunlari  farqlanadi.  Simpatik  stvolining  tugunlari 
markaziy  nerv  tizimi  bilan  preganglionar  nerv  tolalardan  tashkil  topgan  ok 
qo’shuvchi  tolalari  yordamida  bog’lanadi,  periferik  somatik  tizimi  bilan  esa 
postganglionar  nerv  tolalardan  tuzilgan  kulrang  qo’shuvchi  tolalari  bilan 
tutashgan.  Nihoyat,  har  bir  tugundan  chiquvchi  simpatik  nervlartarkibida 
somatik  sezuvchi  nerv  tolalari  bo’ladi.  Simpatik  stvolida  joylashgan  unlardan 
tashqari  oraliq  tugunlar  ham  farqlanadi.  Bu  tugunlar  simpatik  stvol  bilan  a’zo 
orasidagi  yo’lda  joylashgan.  Bunday  tugunlarga  kuyosh  chigalining  tugunlari  , 
to’tkichning tugunlari kiradi. 
Simpatik tizimining bo’yin qismida faqat 3 tugun, undan eng yirigi ustki 
tuguni bo’lib, umurtqa pog’onasining II -III bo’yin umurtqalarining ko’ndalang 
o’simtalarining  old  tomonida  joylashgan.  Ustki  tugun  adashgan  nerv  va  bo’yin 
chigalining  tolalari  bilan  tutashadi.  Bu  tugundan  chiqqan  shoxlari  yuqoriga  - 


 
164 
(ichki  uyqu  nerv),  va  pastga  yo’naladi,  bo’yin  ichidagi  a’zolarga  va  yurakga. 
Ichki  uyqu  nervi  ichki  uyqu  arteriyasi  tomon  yo’llanib,  va  arteriyani  atrofidan 
o’rab olgan ichki uyqu chigalini hosil bo’lishida ishtirok etadi.  Eslatib 
o’tish 
lozim,  simpatik  qismining  nervlari  arteriyalar  bilan  yenma  -  yen 
yo’naladi.SHunday qilib, usti tugunidan chiqqan nerv tolalari bosh miya, so’lak 
bezlari,  ko’z  soqqasi  ichida  joylashgan  a’zolarni  oziqlantiruvi  arteriyalarni 
kuzatib boradi.  

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling