M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
to’g’ri pushta joylashadi. To’g’ri pushta ustki peshana pushtasining pastdagi
davomi hisoblanadi. Xidlov egatining tashqi tomonida ko’z kosasining ustki devoriga tegib turuvchi bir nechta egatlar va ular orasida ko’z pushtasi va boshqa pushtalar joylashgan. Ensa pallaning til pushtasi kollateral (aylanma) egat bilan chegaralangan. Bu egat chakka pallaning ostki yuzasiga o’tib, paragippokampal pushtani medial ensa-chakka pushtasidan ajratadi. Kollateral egatdan old tomonda burunsimon egat joylashib, paragippokampal pushtani oldingi uchida joylashgan ilmoqni chegaralab turadi. Ensa-chakka egatining tashqi tomonida chakka pushtisining pastki qismi, ensa - chakka egati bilan yen egat o’rtasida ensa-chakka yen pushtasi joylashgan. 156 Yarim sharlarning medial va ostki yuzalarida bir nechta tuzilma limbik tizimini tashkil etadi. Peshona pallasining ostki yuzasida joylashgan xidlov sugoni, xidlov yo’li, xidlov uchburchagi, oldingi ilma-teshik modda, bel pushtasi, dengiz oti pushtasi ilmogi bilan birgalikda va tishsimon pushtasi limbik tizimini hosil qiladi. Miya po’stlogini tuzilishi. Miya po’stlogini hosil bo’lishi evolyutsiya yo’nalishlaridan aromorfozlarga kirib, birinchi marotaba reptiliyalarda paydo bo’lgan. Miya po’stlogi yaxlit organizmni tashkil etuvchi turli morfo-funktsional tizimlarning faoliyatini, ayni vaqtda tizimni tashkil etuvchi har bir a’zoni mustaqil faoliyatini idora etish bilan ayni vaqtda tashqi va ichki muhitdan qabul qilingan ta’sirotlarni analiz va sintez qiladi. Oxirgi miya kulrang va oq moddadan iborat. Kulrang modda tashqaridan joylashib, miya po’stlogini hosil qiladi, uning qalinligi yarim sharlarning turli sohalarida 1.3-5mm yetishi mumkin. Oxirgi miya po’stlogining sathi 1800-2200 sm 2 teng bo’lib, 14-16 mlr. nerv hujayralaridan iborat. Kievlik anatom V.A.Bets fikrigi ko’ra miya po’stlogida neyronlarni tuzilishi, joylashuvi miyaning tsitoarxitektonikasini ifodalaydi. Bir biriga o’xshash hujayralar ma’lum qatlamlarni hosil qiladi. Oxirgi miya po’stlogi mikroskop ostida tekshirilganda nerv hujayralari 6 qavat bo’lib joylashganligi ko’rinadi. 1. Molekulyar qavat - miyaning tashqi qavati bo’lib, asosan mayda gliya hujayralaridan, assotsiativ neyronlardan va bu qatlam ostida joylashgan neyronlarning oxirgi shoxlangan tolalaridan. iborat. 2. Tashqi donadar qavat - bu qavat mayda multipolyar neyronlardan tashkil topgan. 3. Piramidal qavat - turli xajmli piramidal hujayralardan iborat. 4. Ichki donador qavat - bu qavatda mayda yumaloq, poligonal yoki yo’ldo’zsimon shaklga ega bo’lgan hujayralar joylashgan. 5. Ichki piramidal hujayralar qavati - Bu hujayralar 1874 yilda V.A.Bets tomonidan birinchi marotaba tasvirlangan. Piramidal nerv hujayralari yirik bo’lib, xajmi 125 mkm teng. 6. Polimorf hujayralar qavati har xil shaklga ega bo’lgan, mayda neyronlardan tashkil topgan. Bosh miya po’stlogida markazlarning joylashuvi Tashqi va ichki muhitdan qabul qilingan ta’sirotlar miya po’stlogida analiz va sintez qilinadi. Organizm tomonidan bajariladigan turli vazifalarning miya po’stlogida o’z joylari yoki markazlari bor ekanligi aniqlangan. I.P.Pavlov miya po’stlogini yuzasi - bu barcha analizatorlar oxirgi bo’limlarining yig’indisidan iborat deb tasdiqladi. Analizator deb ta’sirotlarni qabul qiluvchi maxsus nerv oxirlari - retseptorlar, oraliq va markaziy nerv hujayralari va ularni bog’lovchi tolalardan tashkil topgan nerv tizimining bir qismiga aytiladi. Har bir 157 analizatorning ishi retseptorlardan boshlanib, tashqi va ichki muhitdan qabul qilingan ta’sirotni nerv impulsi xoliga aylantirib maxsus neyronlar zanjiri orqali bosh miya yarim sharlariga yetkaziladi. Olimlarning o’tkazilgan tadqiqotlariga asoslanib, odam miyasining po’stlogida markazlarning joylashish tartibi belgilangan va miya haritasi tuzilgan. Miya po’stlogida ba’zi bir analizatorlarning joylashuvini ko’rib chiqamiz. 1.harakatlantiruvchi analizator markaz oldi pushtasida joylashgan. miya po’stogining bu sohasi asosan propriotseptiv, kinestetik sezgilarni muskul paylaridan, boylamlardan, qisman teridan, skelet muskulaturasidan yetkazadi. harakatlantiruvchi analizator turli sezgi ta’sirotlar ta’siri ostida harakatlantiruvchi shartli refekslarni hosil bo’lishini ta’minlaydi. 2. Teri sezgilari analizatorining yadrolari orqa markaziy pushtada joylashgan. Bu pushtaning eng tepasida oyoq terisining analizatorlari, eng pastida esa bosh terisining analizatori turadi. Teri sezgisining bir qismi paypaslab bilish (ko’zni yumgan holda narsalarni kul bilan ushlab aniqlash) sezgisini analizatori tepa bo’lakning ustki qismida (o’ng qo’lniki chap yarim sharda, chap qo’lniki o’ng yarim sharda) turadi. 3. Eshituv analizatori yadrosi ustki chakka pushtasining o’rtasida, orolchaga qaragan yuzasida joylashgan. 4. Ko’ruv analizatorining yadrosi miyaning ensa qismida, tepa-ensa egati sohasida joylashgan. 5. Yezma nutqning harakatlantiruvchi analizatori o’rta peshana pushtasini orqa bo’limida joylashgan. 6. Nutq bilan bog’liq bo’lgan harakatlarni harakatlantiruvchi analizatori pastki peshana pushtasini orqa bo’limida joylashgan. 7. Nutqning eshituv analizatorining yadrolari umumiy eshituv analizatoriga o’xshash ustki chakka pushtasining orqasida joylashgan. Boshqa turdagi analizatorlar ham farqlanadi. Ulardan ayniqsa nutqni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan analizatorlar muhim ahamiyatga ega. Oxirgi miyaning markaziy kulrang tugunlari (bazal yadrolar). Yarim sharlarning ko’ndalang kesmasida medial qismida, miyaning tubiga yaqin sohada oq modda ichida kulrang moddaning to’plamlarini - tugunlarni aniqlash mumkin. Bu tugunlarni bazal yadrolari deyiladi. 1. Ularning ichidan eng kattasi Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling