M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
oyoqlari va o’rta miyani tomi kiradi. O’rta miyaasosiy qismini miya oyoqchalari
hosil etadi. Miya oyoqchalari ko’prikdan chiqib, bir-biridan ajralgan holda, yuqoriga ko’tariladi va katta miya yarim sharlari bilan tutashib ketadi. Miya oyoqchalari orasida chuqurcha bo’lib, uni tubida ilma-teshik modda bo’ladi. Har oyoqning medial yuzasidan ko’z soqqasini harakatlantiruvchi nerv chiqadi. Har bir oyoqcha ikki qismdan - tomi va asosidan iborat. Ikkala qismning chegarasida koramtir modda joylashgan. Bu moddani rangi nerv hujayralarning tarkibidagi melanin pigmentiga bog’liq. Kora modda ekstrapiramidal tizimi tarkibiga kirib, muskullarni tonusini saqlaydi va avtomatik ravishda ishini idora etadi. Oyoqning asos qismini bosh miya po’stlogidan orqa miyaga, uzunchoq miyaga va ko’prikga yetib keluvchi nerv tolalar tashkil qiladi. Oyoqchalarning tom qismi asosa n talamusga ko’tariluvchi nerv tolalardan va ular orasida yetgan yadrolardan tashkil topgan. Eng yirik yadrolardan qizil yadrolar bo’lib, ulardan harakatlantiruvchi qizil yadroli-orqa miya yo’li boshlanadi.. O’rta miyaning tomi turt tepalikdan tashkil topgan. Turt tepalik to’rtta bo’rtiqdan iborat bo’lib, yuqorigi bo’rtiqlari - ustki ikki tepacha, pastki bo’rtiqlari esa pastki ikki tepacha deb nomlanadi. Ustki tepaliklarda po’stlok osti ko’rish markazlari, pastki ikki tepaliklarda esa eshitish markazlari joylashgan. Har qaysi tepachadan yon tomonlarga, oraliq miya ichiga kulchalar kiradi. Ustki tepachalar o’z kulchalari yordamida oraliq miyaning tashqi (lateral) tizzasimon tanachalari bilan bog’lanadi. Pastki tepachalarning kulchalari oraliq miyaning ichki (medial) tizzasimon tanachalariga yo’naladi. Turt tepalik ko’ruv va eshituv qo’zgalishlar natijasida hosil bo’lgan turli harakatlarni idora etuvchi reflektor markazdir. O’rta miyada turtinchi qorincha torayib Silviev kanaliga aylanadi. Bu kanal orqali turtinchi va uchinchi qorinchalar bir-biri bilan bog’lanadi. Silviev kanal ostida g’altaqsimon nerv yadrosi joylashgan. Silviy kanal atrofidagi kulrang moddada retikulyar formatsiya, III-IY bosh miya nervlarining yadrolari va qo’shimcha vegetativ yadro joylashgan. 152 Oraliq miya Oraliq miya katta miya yarim sharlari orasida, kadaxsimon tana ostida joylashgan. Oraliq miya quyidagi qismlardan tashkil topgan: ko’ruv bo’rtig’i, bo’rtiq ustki qismi - epitalamus, ko’ruv bo’rtig’ining orqa qismi - metatalamus va bo’rtiq osti sohasi - gipotalamus va III qorincha. Talamus yoki ko’ruv bo’rtig’i juft tuxumsimon shaklga ega, asosan kulrang moddadan iborat. Talamusning oldingi qismi uchlangan va oldingi do’mboqchani hosil qiladi. Orqa uchi dumoloklashgan bo’lib, burtig yestigini hosil qiladi. CHap va o’ng talamusni yuzalari bir biriga qaratilgan bo’lib, oraliq miyani yon devorlarini hosil qiladi. Ma’lumki, III qorinchaning yon devorlari oraliq miyaning yon devorlaridan tashkil topgan. Ko’ruv bo’rtig’ining to’qimasida uchta yirik yadrolar - olding, ichki va tashqi yadrolari joylashgan. Ko’ruv bo’rtig’ida bosh miya po’stlogiga boruvchi hamma sezuvchi yo’llar almashinadi. SHuning uchun ko’ruv bo’rtig’ini barcha sezuvchi yo’llarning po’stlok osti markazi deb hisoblanadi. Talamusni orqa tomonidan metatalamus joylashgan. Metatalamus juft medial va lateral tizzali tanalardan tuzilgan. Medial tizzali tana bo’rtiq yestigining orqa tomonida joylashgan va turt tepalikning pastki ikki tepaligi kabi po’stlok osti eshituv markazi hisoblanadi. Metatalamusning tashqi sathida , bo’rtiq yestigining pastida lateral tizzasimon tanalar joylashgan va boshlangich po’stlok osti ko’ruv markazi vazifasini bajaradi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling