M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Sonning tashqi nervi katta bel muskulining tashqi chetidan chiqib,
yonbosh suyagining oldingi ustki qirrasiga yetganda, songa tushadi. Sonda tashqi tomondagi terisiga, tizza bo’g’imiga qadar tarqaladi. 6. Epiluvchi nerv katta bel muskulining medial chetidan pastga tushadi va yopiluvchi kanal orqali sonning medial tomoniga chiqadi. Yopiluvchi nerv tarmoqlari tos-son bo’g’imining kapsulasi ichiga, sonning medial yuzasidagi terisini, tashqi yopiluvchi muskullni, sonni olib keluvchi muskullarini orasida tarqaladi. 7. Son nervi bel chigalining eng yirik stvoli bo’lib, katta bel muskuli bilan yonbosh muskullar orasidan o’tadi va sonning tashqi tomoniga chiqadi. Son nervining uchta tarmog’i farqlanadi: muskulli tarmog’i, sonning oldingi teri tarmog’i, teri osti nervi. Muskulli tarmog’i turt boshli muskuli, tikuvchilar muskuli va taroqsimon muskullariga boradi. Son nervining ikkinchi va uchinchi tarmoqlari sonning oldingi yuzasidagi teri, tizza bo’g’imi sohasidagi teri, boldirning oldingi -medial yuzasining terisi bilan panjaning medial chetini innervatsiyasida ishtirok etadi. 147 DUMG’AZA CHIGALI Eng baquvvat chigallardan dumg’aza chigali bo’lib, ikkita oxirgi bel nervlarining oldingi shoxlaridan va to’rtta yuqorigi dumg’aza nervlarining birlashishidan hosil bo’lib, noksimon muskulining oldingi yuzasida joylashgan. Dumg’aza chigali tarkibida kalta va uzun tarmoqlar farqlanadi. Kalta tarmoqlar: 1. Muskulli tarmoqlar egizak muskullariga, ichki yopiluvchi muskulga noksimon muskulga va sonning kvadratsimon muskuliga boradi. 2. Ustki dumba nervi dumba sohasida o’rta va kichik dumba muskullarida tarmoqlanadi. 3. Pastki dumba nervi tos bo’shligidan noksimon muskullning pastki teshikdan dumba sohasiga chiqadi. Bu nervning tarmoqlari katta dumba muskulida va tos-son bo’g’imi xaltasida tarqaladi. Uzun tarmoqlari: 1. Son orqasining teri nervi tosdan noksimon osti teshigi orqali chiqadi, katta dumba muskulining pastki chetidan sonni orqa yuzasiga chiqadi va tizza osti chuqurchasigacha yetadi. Bu nerv dumba sohasinisonning orqa yuzasini va tizza osti chuqurchasini innervatsiya qiladi. 2. Quymich nervi - eng yo’g’on stvol bo’lib, tosdan noksimon osti teshigi orqali chiqadi.Katta dumba muskulining tagidan o’tib, sonning orqa yuzasidan tizza osti chuqurchasiga tushadi. Bu yerda ikkita asosiy shoxga - katta boldir nervi va kichik boldirning umumiy nervlariga ajralib ketadi. Quymich nervning tarmoqlari yarimpayli, yarim pardali sonning ikki boshli muskullni (uzun boshchasi) va sonni yaqinlashtruvchi katta muskul orasida tarqaladi. 3. Katta boldir nervi tizza osti chuqurchasidan boldirga chiqadi, yuza va chuqur bukuvchi muskullar orasidan o’tadi. Boldirdan pastga to’shib, ichki tupikni orqasidan o’tadi va ichki va tashqi kaft nervlariga bo’linadi. Katta boldir nervi tarmoqlari ikrasimon muskullni, kambalasimon, tizza osti, barmoqlarni bukuvchi uzun muskul, bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul , katta boldirning orqa muskullaridan tashqari, tizza va boldir-panja bo’g’imlarini, boldirning orqa-medial yuzasidagi terisini ham innervatsiya qiladi. 4. Umumiy kichik boldir nervi quymich nervidan ajralgach, tizza chuqurchasidan kichik boldir suyakning boshchasi ustidan boldirning oldingi yuzasiga chiqadi va shu ondaek yuza bilan chuqur kichik boldir nervlariga bo’linadi. Umumiy kichik boldir nervining muskulli va teri tarmoqlari boldirning tashqi yuzasining terisida, tizza bo’g’imining xaltasida va sonning ikki boshli muskulining kalta boshida tarqaladi. a) Kichik boldirning yuza nervi faqat sezuvchi nerv tolalaridan iborat, ikki kichik muskullari orasidan pastga tushadi va panja ustki tomonining o’rtasiga tushadi. Bu nervning tarmoqlari kichik boldir uzun muskuli, kichik boldir kalta muskuli, panjani ichki chetini, I barmoqning medial yuzasidagi terisini va II - Y barmoqlarning qarama qarshi yuzalaining sathlarini ichida tarqaladi. b) Kichik boldirning chuqur nervi faqat harakatlantiruvchi nerv tolalaridan iborat. Oldingi katta boldir arteriyasi bilan birgalikda yo’naladi va panjaning yuza tomoniga o’tadi. Bu nervning tarmoqlari katta boldir oldingi 148 muskuli, barmoqlarni yezuvchi uzun muskul, bosh barmoqni yezuvchi muskul, bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul, barmoqlarni yezuvchi kalta muskul, bosh barmoqni yezuvchi kalta muskullar ichiga kirib tarqaladi. Nerv tolalari boldir- panja bo’g’imining xaltasini va I-II barmoqlarning bir birga qaratilgan yuzalardagi terisini innervatsiya qiladi. 5. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling