M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
nervlari dumba sohasining ustki qismiga boradi.
4. Dumg’aza qismidan chiquvchi nervlarning orqa shoxlari dumg’aza suyagining turt juft teshiklaridan chiqib, tashqi va ichki tarmoqlarga ajraladi. Tashqi tarmoqlar dumg’aza terisi ustida tarqaladi va o’zidan o’rta quymich nervlarini beradi. Ichki tarmoqlari esa dumg’aza-yonbosh bo’g’imini innervatsiya qiladi. 5. Dum qismidan chiquvchi nervlarning orqa shoxlari dum suyagi kanalining pastki teshigi orqali chiqib, dum va orqa teshik nervlariga qo’shilib ketadi. Orqa miya nervlarining oldingi shoxlari Orqa miya nervlarining oldingi shoxlari chigallar hosil qiladi va u yerdan tananing ma’lum bir sohalariga ayrim nervlar chiqadi. Orqa miya nervlarining oldingi shoxlari bo’yin chigali, yelka chigali, bel chigali va dumg’aza chigali 143 hosil qiladi. Ko’krak nervlarining oldingi tarmoqlari chigallar hosil qilmaydi, chunki ular qovurg’alararo oraliqdan segmentar xolida o’tadi. BO’YIN CHIGALI Bo’yin chigali yuqorigi 4 ta bo’yin nervlarining oldingi shoxlaridan hosil bo’ladi va bo’yinning ichki muskullarida joylashadi. Bo’yin chigalidan sezuvchi va harakatlantiruvchi nerv tolalari chiqadi. Sezuvchi nervlariga quloqning katta nervi, ensaning kichik nervi, bo’yinning ko’ndalang nervi, o’mrov ustki nervlari kiradi. 1. KATTA QULOQ NERVI - to’sh-o’mrov so’rg’ichsimon muskullning tagidan chiqadi va quloq suprasi va tashqi eshituv yo’li tomon ko’tariladi va shu sohani nerv bilan ta’minlaydi. 2. KICHIK ENSA NERVI - quloq suprasining lateral tomonidan o’tib, ensa sohasining terisini va surgimchisimon sohasining terisi bilan tarmoqlari bilan ta’minlaydi. 3. BO’YINNING KO’NDALANG NERVI - to’sh-o’mrov -so’rg’ichsimon muskulining oldingi yuzasidan o’tib, bo’yinning oldingi va tashqi yuzalaridagi terini nerv tarmoqlari bilan ta’minlaydi. 4. O’MROV USTKI NERVLARI - ko’krakning katta muskuli bilan deltasimon muskul orasidagi terisida tarqaladi. Bo’yin chigalidan uchta harakatlantiruvchi nerv chiqadi. Ulardan muhim ahamiyatga ega bo’lgan va tarkibi jixatdan aralash bo’lgan diafragma nervidir. 1. DIAFRAGMA NERVINING proyektsiyasi oldingi narvonsimon muskullning oldingi yuzasiga to’g’ri keladi. So’ng bu nerv ko’krak qafasining yuqorigi teshigi orqali ko’krak bo’shligiga kiradi, plevra bilan perikard o’rtasidan o’tib, diafragmaga yetib boradi va u yerda tarmoqlanadi. 2. BO’YINNING PASTGA TO’SHUVCHI NERVI ichki bo’yinturuq venasi bilan to’sh-o’mrov so’rg’ichsimon muskuli orasidan pastga tushadi, til osti nervining pastki tarmog’i bilan qo’shiladi va til osti nervi qovo’zlogini hosil qiladi. Bu nervning tarmoqlari asosan bo’yinning o’rta gurux muskullari, til osti suyagi tagida joylashgan muskullari orasida tarqaladi. 3. MUSKULLARGA BORUVCHI TARMOQLAR bo’yin chigalining harakatlantiruvchi nervlari bo’lib, bo’yinning umurtqa oldi muskullarini va chuqur muskullarini o’z tolalari bilan ta’minlaydi. Bu muskullarga oldingi, o’rtadagi va orqadagi narvon muskullari, bo’yinning uzun muskuli, boshning uzun muskuli, boshning oldingi tomondagi to’g’ri muskuli, boshning yon tomondagi to’g’ri muskullari kiradi. Elka chigali Elka chigalini hosil bo’lish da bo’yinning pastki to’rtta orqa miya nervlarining oldingi shoxlari va ko’krak birinchi orqa miya nervining oldingi shoxi ishtirok etadi. Yelka chigali o’mrov ustidagi chuqurlikda, oldingi va o’rta narvonsimon muskullar oralig’idan chiqadi. Elka chigali 3 ta yo’g’on boylam xolida qo’ltiq osti arteriya atrofida joylashgan. Yelka chigalini joylashuvini oson ajratish uchun o’mrov suyagini olish mumkin. O’mrov suyagi yelka chigalini o’mrov usti va o’mrov osti qismlarga ajratadi. Yelka chigalining o’mrov usti qismidan kalta shoxlar yelka 144 kamarining teri va muskullariga , bo’yinning bir qism muskullariga va yelka bo’g’imiga boradi. O’mrov osti qismi qo’ltiq osti arteriyasi atrofida joylashgan uchta tutamlarga bo’linadi: medial tutamdan yelka va bilakning teri nervlari chiqadi. Lateral tutamdan oraliq nerv bilan muskul-teri nervi, orqa tutamdan esa bilak va qo’ltiq osti nervlari chiqadi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling