M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Bo’rtiq usti qismi - epitalamus shishsimon tana yoki epifizdan, pilikga
o’xshash kashakchalardan va ular orasidagi kashakcha bitishmasidan tashkil topgan. Epifiz - ichki sekretsiya bezi bo’lib, ikkita kashakchalarda osilgan holda bo’ladi. Kashakchalar o’rtasida kashakcha bitishmasi hosil bo’ladi. Oraliq miyaning bosh miya asosidan ko’rinib turuvchi ventral qismi gipotalamik sohaga kiradi. Gipotalamus kelib chiqishi jixatdan ikki xil bo’lgan kimlardan tashkil topgan: 1. Oxirgi miyadan hosil bo’lgan ko’ruv qismi tarkibiga - ko’ruv nervi kesishmasi, ko’ruv yo’li, kulrang do’mboqcha va uning voronkasi va neyrogipofiz kiradi. 2. Oraliq miyadan xid bilish qismi paydo bo’lib, uning tarkibiga so’rg’ichsimon tanalar va bo’rtiq osti sohasi kiradi. 1. Oxirgi miyadan hosil bo’lgan qismlar: a) Ko’ruv nervi kesishmasi nerv tolalaridan tashkil topib, ko’ruv nervlarining davomidir. Bu tolalar qisman kesishadi.: medial tomondagi tolalar qarama - qarshi tomonga o’tadi, lateral tolalari esa o’z tomonidan ko’ruv yo’li tomon davom etadi. b) Ko’ruv yo’llari ko’ruv kesishmaning old tomonidan ko’tarilgan ikkita ko’ruv nervlari bo’lib, miyaning uch bo’limida tugaydi: bo’rtiq yestigida, o’rta miyaning ustki ikki tepaliklarida va lateral tizzali tanalarda. v) Kulrang do’mboqcha so’rg’ichsimon tanalarining orqasida, ko’ruv kesishmasining old tomonida joylashgan. Kulrang do’mboqcha kulrang moddani yupqa qatlamidan tashkil topib, uning hujayralari oliy vegetativ markazlar bo’lib, termoregulyatsiya va modda almashinuv jarayonlarini idora etishda ishtirok etadi. Yuqori tomon yo’nalib kulrang do’mboq yarim sharlarning 153 kulrang moddasiga o’tib ketadi. Yuqoridan uchinchi qorincha bo’shligidan kurilganda kulrang do’mboqni uchi chuqurchani - voronkani hosil qiladi. Pastdan kulrang do’mboqcha gipofiz bilan tutashadi. g) gipofiz toq a’zo bo’lib, ichki sekretsiya a’zosidir. uning oldingi va o’rta bo’limi embrional taraqqiyot davrida halqum devoridan rivojlanadi va adenogipofiz deyiladi. orqa bulagi esa miyaning nerv to’qimasidan rivojlanadi va neyrogipofiz deb nomlanadi. gipofizning tuzilishi va funktsiyalari endokrin tizimi bo’limida to’liq baen etilgan. 2. Oraliq bo’limidan hosil bo’lgan qismlar: a) So’rg’ichsimon tanalar diametri 5mm teng ikkita do’mboqchalar bo’lib, kulrang do’mboqcha bilan orqadagi ilma-teshik moddasi orasida joylashgan. Har bitta so’rg’ichsimon tana kulrang modda to’plamidan tuzilgan bo’lib, tarkibida medial va lateral yadrolarni aniqlash mumkin. Po’stlok osti xid bilish markazlari medial va lateral yadrolarda joylashgan. b) Bo’rtiq osti sohasi juda kichik soha bo’lib, ko’ruv bo’rtig’ining pastki tomonida joylashgan. Bu soha miya oyoqchalari tomining ustki qavati va qizil yadro bilan kora moddani davomi hisoblanadi. Oraliq miyaning markazida III qorincha joylashgan va orqa tomondan Silviy kanali orqali IY qorincha bilan tutashgan. III qorinchaning ustki, ostki, orqadagi va yon tomondagi devorlarini ajratish mumkin. Qorincha tor yoriqsimon bo’shliq bo’lib, uni yon devorlarini talamusning medial yuzalari hosil qiladi. Qorinchaning pastki devori gipotalamus va uning bir necha qismlari bilan chegaralangan. Qorinchani orqa tomonini epitalamusning orqa bitishmasi chegaralab, Silviy kanaliga olib kiradigan teshik ustidan joylashgan. Qorinchaning ustki devori miya gumbazi bilan kadax tana ostida joylashgan. III qorincha oxirgi miyani yen qorinchalari bilan qorinchalararo teshiklar yordamida tutashadi. Qorincha bo’shligi orqa miya suyuqligi bilan to’lgan bo’lib, bu suyuqlikni qorinchadagi tomirli chigal ishlab chiqaradi. Gipotalamusni funktsional ahamiyati katta. Bu yerda vegetativ nerv tizimining markazlari joylashgan, gipotalamusning neyronlari neyrogormonlar ishlab chiqaradi. Masalan, vazopressin, oksitotsin, antidiuretik gormonlarini ishlab chiqaruvchi neyronlar tanalari gipotalamusda joylashagan, neyrogormonlari esa ularning aksonlaridan to’shib, neyro gipofizda to’planadi. Ayni shu yo’l orqali nerv tizimi bilan endokrin tizimi birlashib, umumiy neyro- endokrin tizimi hosil bo’ladi va barcha ichki a’zolarning faoliyati nerv va endokrin mexanizmlari orqali boshqariladi. Medial gipotalamusdagi neyronlar qondagi va orqa miya suyuqligidagi ro’y beradigan hamma o’zgarishlarni qabul qiladilar. Medial gipotalamus lateral gipotalamus bilan bog’liq. Medial gipotalamus nerv va endokrin tizimlari orasidagi oraliq zveno hisoblanadi. Oxirgi yillarda gipotalamusdan enkefalinlar va endomorfinlar ajratilgan. Bu moddalar organizmga ta’siri jixatdan morfiyga o’xshash. Olimlarning fikriga ko’ra bu gormonlar odamning xulk-atvorini va vegetativ jarayonlarni idora etadi. 154 Bosh to’r formatsiyasi Uzunchoq miyada, ko’prikda, miya oyoqchasi va gipotalamus sohalarida joylashgan. Mayda nerv hujayralar yig’indisiga retikulyar formatsiya deyiladi. Retikulyar to’r formatsiyasi nerv yo’llari orqali markaziy nerv tizimning hamma qismlari bir-biri bilan bog’langan bo’lib, bularni tonusini regulyatsiya etishda ishtirok etadi. Oxirgi miya. Evolyutsion nuqtai nazardan oxirgi miya bosh miyaning boshqa qismlariga qaraganda eng yosh va eng kech paydo bo’lgan struktura bo’lib, uni dastlabki shakli oldingi miya sifatida baliklarda, amfibiyalarda, reptiyaliyalarda rivojlangan. Oldingi miyaning birlamchi vazifasi xid bilish va shu funktsiyani ta’minlovchi tuzilmalardan - xid bilish piyozchasi va xid bilish retseptorlardan iborat bo’lgan. Keyinchalik boshqa analizatorlarning paydo bo’lishi va takominlanishi natijasida targil tana bilan bir qatorda, masalan kushlarda plashch paydo bo’ladi. So’t emizuvchilardan boshlab, plashch bilan birgalikda intensiv ravishda yarim sharlar rivojlana boshlaydi va markaziy nerv tizimining muhim bo’limiga aylanib, organizmni butun faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega bo’ladi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling