M maxsudova muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma toshkent
-jadval Destruktiv nizolar
Download 2.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Muloqot psixologiyasi (M.Maxsudova)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Munosabatlaming buzilishiga olib keladi 2. Muammoga kengroq qarashga olib keladi 3. Ishtirokchilar soni ortib
1-jadval
Destruktiv nizolar Produktiv nizolar 1. Shaxsiy xususiyatlaming bir- biriga mos kelmasligi tufayli vujudga keladi 1. Nuqtayi nazarlaming bir-biriga mos kelmasligi sababli vujudga keladi 2. Munosabatlaming buzilishiga olib keladi 2. Muammoga kengroq qarashga olib keladi 3. Ishtirokchilar soni ortib boradi 3. Optimal yechimning topilishiga yordam beradi 4. Qarama-qarshi tomonga nisbatan negativ baholar kuchayib boradi 4. Shaxsga ko‘chilmaydi 5. Shaxsga ko‘chish oson yuz beradi Zamonaviy psixologiyada nizo odamlarning o'zaro munosabatlari jarayonida qarama-qarshi pozitsiyalaming to'qnashuvi sifatida talqin etiladi. Har qanday nizoning belgilari quyidagilardan iborat: ikki qarama-qarshi www.ziyouz.com kutubxonasi tomonlaming mavjudligi, ular o'rtasidagi to‘qnashuvning yuzaga kelishi. Nizolar quyidagi qismlardan tarkib topadi: nizoning tomonlari, nizoning shart-sharoitlari, nizoning predmeti, nizo qatnashchilarining xatti- harakatlari, nizoning natijalari. Nizoning dinamik xususiyatlari uning turli bosqichlarida yuzaga keluvchi nizo va jarayonlaridir: obyektiv nizoli vaziyatning yuzaga kelishi, vaziyatning nizoli ekanligi anglanishi, nizoviy o‘zaro ta’sir (yoki nizoning o'zi), nizoning hal etilishi. Olimlar nizoning rivojlanish bosqichlarini ikkiga ajratadilar: tomonlarning yashirin to'qnashuvi, tomonlaming ochiq to‘qnashuvi. Nizolarning shaxsiy, shaxslararo, guruhlararo, guruhlar ichidagi kabi turlari farqlanadi. Turli xildagi psixologik nizolar o'zining asosiga binoan subyektlararo bo'ladi, chunki nizolar har doim subyektlar o'rtasida — guruh vakillari bilan munosabatda bo'luvchi turli shaxslararo yoki subyektning o'zi bilan o'zi nizo ko'rinishda kechadi. N izolarni hal qilish uchun biz m a’lum bir x a tti- harakatlarni amalga oshiramiz, lekin ular samarali yoki samarasiz bo'lishi mumkin. Bizning nizolarni hal qilishdagi harakatlarimiz quyidagi hollarda sam ara berishi kuzatiladi: qaram a-qarshi tomonlarning to'qnashuvi to'xtatiladi yoki batamom tugatiladi, tomonlar qarama-qarshiligi barham topadi. Jamoadagi, guruhlardagi nizolar xavfli ko'ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ko'pincha ular goh o'chib, goh avj olib, guruh a’zolarini ishdan chalg'itib, holdan toydirib, kishining ruhiy holatiga salbiy ta ’sir etib, surunkali ko'rinishda namoyon bo'ladi. Shuning uchun nizoni boshqarish va bartaraf etish alohida ahamiyat kasb etadi. Awalo nizoni oldindan ko'ra bilish, uning ziddiyatli vaziyatga aylanib ketmasligining oldini olish zarur. Nizoli vaziyatlarda nizoni hal qilishning ikkita asosiy tuzilishi mavjud: nizoviy omil bilan ishlash, guruhlar yetakchilari bilan ishlash. Nizoli vaziyatlami hal qilish xatti-harakatlari belgilanmagan yoki bu xatti-harakat samara bermagan holatlarda ziddiyatli vaziyat yuzaga keladi. Ziddiyatli vaziyatni hal qilishning yagona usuli va imkoniyati — uni to'xtatishdir. Demak, shaxslararo mojarolar o'z-o'zidan kelib chiqmay, balki shaxslarning o'zaro kelishmovchiliklari, ma’naviy anglashilmov- chiliklar, nizolar, ishga doir, shaxsiy nizolar natijasida yuzaga keladi. Birinchi toifadagi muloqot (faoliyatdan ko'zlangan maqsadga erishish uchun axborot ayirboshlash, kommunikatsiya o'rnatish) bilan 5. Shaxslararo birgalikdagi harakat va do 'stona munosabatlar www.ziyouz.com kutubxonasi bir qatorda ikkinchi toifadagi muloqotning (o'zligingni boshqa kishilarda davom ettirish) mavjudligi har bir kishining ikkinchisiga ko‘rsatadigan ta’siriga e’tiborni jalb qiladi. Ta’lim — awalo, axborot jarayonidir. 0 ‘qituvchi o'quvchiga bilimlarni ma’lum qiladi va o'z navbatida teskari aloqa tarzida undan ma’lum qilingan bilimlar qanday o'zlashtirilganligi haqida tasawur hosil qiladigan axborot oladi. O'zaro birgalikdagi harakat mohiyatlar darajasida amalga oshiriladi. Pedagogning tarbiya vazifalarini amalga oshirishi jarayoni, o'quvchilarga ko'rsatadigan ta’siri tarbiyalanuvchilar ko'rib, eshitib va bajarib borayotgan mazmunlarning muayyan darajada o'zgarishini taqozo qiladi. Pedagog ko'rsatadigan ta ’sirning turlicha samara kasb etishi zamirida uning shaxsiyatiga oid xususiyatlar, uning o'zini davom ettirish, o'zining shaxsiyatiga oid mazmunlami yoshlarga o'tkaza bilish qobiliyati, uning pedagogik munosabati xarakteri va samaradorligi mujassamlashgandir. Muloqot jarayonida kommunikatsiya ishtirokchilari axborot almashish davomida bir-biriga ta ’sir etib boradi. O 'zaro ta ’sir xususiyatlarini aniqlash uchun muloqotning interaktiv tomonini o'rganish zarur bo'ladi. Muloqotning interaktiv tomoni — birgalikdagi faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda muloqot ishtirokchilarining bir-biriga ta ’sir o'tkazishidir. Kommunikatsiya orqali kishilar birgalikdagi umumiy faoliyatni tashkil etadilar. Bunda kishilar albatta, bir-birlariga ta ’sir ko'rsatadilar. Shuning uchun o 'zaro ta ’sir birgalikdagi faoiiyatning tashkil etilishi sifatida tushuniladi. Birgalikdagi faoiiyatning uch xil modeli mavjud: 1. Har bir ishtirokchi boshqalardan mustaqil ravishda o'ziga tegishli qismini bajarishi (masalan, shanbalikdagi ish, uy ishlari). 2. Umumiy vazifaning bosqichma-bosqich har bir ishtirokchi tomonidan bajarilishi (konveyerdagi ish). 3. Har bir ishtirokchi boshqalar bilan birgalikda bir vaqtning o'zida umumiy faoliyat bilan mashg'ul bo'lishi (futbol jamoasidagi ish). Muloqot jarayonidagi o'zaro ta ’sirning ikki xil turi ajratiladi: 1. Kooperatsiyaga asoslangan o'zaro ta’sir — kommunikativ jarayon ishtirokchilarining umumiy maqsad yo'lida o'z kuchlarini bir- lashtirishidan iborat. Kooperatsiyaning bir necha turi farqlanadi: Download 2.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling