M. N. Mahsumov, X. Aliyev, M. A. Odilov, N. A. Musayeva farmakologiya


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/31
Sana24.10.2020
Hajmi1.26 Mb.
#136222
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Bog'liq
farmakologiya asoslari

171
Ushbu vitamin 50—100 mkg miqdorida 2—3 kunda bir marta,
keyinchalik esa 100 mkg dan 1 oyda 1—2 marta yuboriladi. Davo
qilish davrida bemor qonini tekshirib turish tavsiya etiladi.
Giðerxrom kamqonlikda folat kislota ham keng qo‘llaniladi.
Chunki, u vitamin C ishtirokida tanada folein kislotaga o‘tib,
nuklein kislotalar sintezi uchun zarur bo‘lgan purin va pirimidin
birikmalarining sintezini ta’minlaydi. Shunday qilib, vitamin B
12
va folat kislota fiziologik ahammiyati bo‘yicha bir-biriga yaqin
bo‘lib, nuklein kislotalari va oqsillarning sintezi uchun zarur.
Giðerxrom kamqonlikda ular birga yuborilganda foydali bo‘ladi.
Folat kislota giðerxrom kamqonlikni vitamin B
12
 bilan davolashda,
makrositar kamqonlikda, spru kasalligida (ich ketishi, tilning
yallig‘lanishi, kamqonlik), homiladorlarda va bolalarda uchraydigan
kamqonlikda beriladi.
Leykopoezga ta’sir qiladigan vositalar. Ma’lumki, leykotsit-
larning asosiy funksiyalaridan biri tananing himoya qobiliyatini
ta’minlash. Ularning qon tarkibida kamayib ketishi (leykopeniya)
organizm uchun xavflidir. Chunki organizm har xil mikroblar
keltirib chiqaradigan kasalliklarga chalinuvchan bo‘lib qoladi. Bu
holat ayniqsa leykotsitlarning soni 1 mm
3
 qonda 2000 dan kamaysa
ro‘y beradi. Leykopeniya holati ko‘pincha har xil zaharli mod-
dalar, dorilar bilan zaharlanishda, nur kasalligida, yuqumli
kasalliklarda ro‘y beradi. Dori moddalaridan rak kasalligida
ishlatiladigan antiblastom preparatlar, pirazolon unumlari (amido-
pirin, butadion), sulfanilamidlar leykopeniyaga sabab bo‘lishi
mumkin. Bunday holatlarda leykopeniyani keltirib chiqargan asosiy
sabab bartaraf etiladi va leykopoezni rag‘batlovchi preparatlar
tavsiya etiladi.
Ushbu guruhga kiruvchi preparatlarning ko‘pchiligi nuklein
kislotalari va ularning unumlari sintezi uchun zarur bo‘lgan
moddalardan hisoblanadi. Ular tanaga yuborilsa, faqat leyko-
poezgagina emas, balki umuman regeneratsiya jarayonini va oqsil
sintezini kuchaytiradi. Bularga natriy nukleinat, pentoksil, metatsil,
batilol preparatlari kiradi. Ular asosan leykopeniyaning yengil
shaklida samaralidir, og‘ir hollarda esa ta’sir ko‘rsatmaydi. Chunki
bunda leykotsitlarni ishlab chiqaradigan to‘qimalar butunlay
faoliyatsiz bo‘ladi.
Preparatlar.
Ò e m i r   l a k t a t   (Ferri lactas). 1 g dan kapsulalarda ishlab
chiqariladi, kuniga 3—4 marta ichish uchun beriladi.
K o n f e r o n   (Conferonum). Òarkibi: 250 mg temir sulfat
va 35 mg natriy dioktilsulfosuksinat. 0,25 g dan kapsulada ishlab

172
chiqariladi. Ovqatdan so‘ng 1—2 kapsuladan kuniga 3 marta
ichiladi.
F e r a m i d   (Feramidum). Òemir xlorid bilan nikotinamid
kompleksi birikmasi. Òabletkalarda 0,1 g dan ishlab chiqariladi.
Ovqatdan keyin 1 tabletkadan kuniga 3 mahal ichiladi.
F e r r o p l e k s   (Ferroplexum). Òarkibida temir sulfat (50 mg)
va askorbin kislotasi (30 mg) bor. Draje shaklida ishlab chiqariladi.
1—3 drajedan kuniga 3 marta ichiladi.
F e r r u m - l e k   (Ferrum-lek). Mushaklar orasiga yuborish
uchun mo‘ljallangan 2 ml li ampulada 100 mg temir saqlaydi.
Mushaklar orasiga kunora chuqurroq yuboriladi. Venaga birinchi
kun 2,5 ml, ikkinchi kun 5 ml, keyingi kunlar 10 ml dan bir
haftada ikki marta yuboriladi.
F e r b i t o l   (Ferbitolum). Òemir-sorbitol kompleksining suvli
eritmasi, 4,5—5% temir saqlaydi. 2 ml dan ampulada mushaklar
orasiga har kuni yuborish uchun ishlab chiqariladi.
G e m o s t i m u l i n   (Haemostimulinum). Òemir laktat,
glukoza, mis sulfat va quruq albumindan tashkil topgan.
Òabletkalarda ishlab chiqariladi. Ovqat bilan 0,25—0,5 g dan kuniga
3 marta 3—5 hafta mobaynida ichiladi (suyultirilgan xlorid
kislotasidan 10 tomchi yarim stakan suvda eritib ichiladi).
Ò e m i r   d e k s t r a n   (Iron dextran). Ampulada 2 ml dan
ishlab chiqariladi, 1 ml da 50 mg temir bor. Mushak orasiga
yuboriladi (giðoxrom kamqonlikda).
J e k t o f e r   (Jectofer) ampulada 2 ml dan ishlab chiqariladi.
Mushaklar orasiga yuboriladi.
S i a n o k o b a l a m i n   (Cyanocobalaminum). Vitamin B
12
 1 ml
da 30—100—200—500 mkg sianokobalamin saqlaydigan ampulada
ishlab chiqariladi. Òabletkalari 0,00005 g sianokobalamin va 0,00008
g folat kislotani saqlaydi. Ampuladagi eritmalar teri ostiga yoki
mushaklar orasiga ikki hafta davomida kunora yuboriladi.
F o l a t   k i s l o t a   (Acidum folicum), 0,001 g dan tabletkalar
shaklida ishlab chiqariladi. 0,0005—0,001 g dan kuniga 1—2 marta
ichiladi.
B a n t o k s i l   (Pentoxylum), 0,2 g dan kukun va tabletkalar
holida ishlab chiqariladi. 0,2—0,4 g dan ovqatdan keyin kuniga
3—4 marta ichish uchun beriladi.
B a t i l o l   (Batilolum). 0,02 g dan tabletka holida ishlab
chiqariladi. Ovqatdan 30 min oldin 0,02 g dan ichish uchun
beriladi (2—3 marta).
N a t r i y   n u k l e i n a t   (Natrii nucleinas). Kukun 0,1—0,2 g
dan nahorga ichiladi. 2—5% li eritmasi 5—10 ml dan mushak
orasiga yuboriladi.

173
Rp.: Conferoni 0,25
D.t.d. N. 20 in capsulis gelatinosis
S. 1 kapsuladan kuniga 3 marta ichiladi
#
Rp.: Fercoveni 5 ml
D.t.d. N. 10 in amp.
S. 5 ml dan venaga yuboriladi
#
Rp.: Tab. Feramidi 0,1 N. 100
D.S. 1 tabletkadan kuniga 3 marta ichiladi
QON IVISHIGA TA’SIR ETUVCHI DORI VOSITALARI
Qon ivishi ancha murakkab fiziologik jarayon bo‘lib, uning
asosan ikki turi mavjud:
1. Òomir-trombotsitar gemostaz
2. Koagulatsion gemostaz.
Qon ivishining tomir-trombositar turi asosan mayda qon
tomirlari shikastlanganda sodir bo‘lib, qon oqishining to‘xtalishiga
qaratilgan. Bunda jarohatlangan mayda qon tomirlarining qisqarishi
va tomir qavatlari orasidagi qutb o‘zgarib, «z» potensial (tomir
devori bilan qon tarkibi elektr potensialining har xil bo‘lishi)
hisobiga trombotsitlarning adgeziya (tomirning jarohatlangan joyida
yig‘ilishi) va agregatsiya (trombotsitlarning yig‘ilgan joyida bir-biri
bilan jiðslashishi) bo‘lishi ahamiyatga ega. Buning natijasida
trombotsitlardan tashkil topgan tromb qon oqishini to‘xtatadi
(gemostaz).
Shmidt-Moravitsning (1895—1905) klassik g‘oyasiga ko‘ra,
qon ivishining koagulatsion shakli asosida 4 omil bo‘lishi shart
(32-rasm). Bular:
a) protrombin (jigarda vitamin K ishtirokida ishlab chiqa-
riladigan ferment);
b) tromboplastin — trombotsitlardan va ayrim to‘qimalardan
hujayralari shikastlanganda ajralib chiqadigan ferment;
v) qon tarkibida doimo mavjud bo‘lgan kalsiy ionlari;
g) fibrinogen — jigarda sintez qilinadigan qondagi oqsil.
Keyinroq ma’lum bo‘ldiki, bu jarayonda yuqorida ko‘rsatilgan
omillardan tashqari ko‘pgina boshqa moddalar ham qatnashar
ekan. Ularning ayrimlari qon ivishini sekinlashtiradi (tabiiy
antikoagulantlar), boshqalari esa, aksincha, ivishni tezlashtiradi,

174
yana birlari esa qon ivishining ortiqcha bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi
va tromblarni yemiradi. Ushbu omillar bir me’yorda bo‘lib,
normal holatda qonni suyuq holda saqlab turadi. Ayrim patologik
hollarda (qon tomirlarining jarohatlanishi, qon aylanishining
sekinlashishi, tomir ichki pardasining notekisligi, yuqorida qayd
etilgan omillarning buzilishi) qon ivishi jarayonini kuchaytirib,
tromblar hosil bo‘la boshlaydi. Bu jarayon asosan quyidagi
davrlardan tashkil topgan:
a) tromboplastinning ajralishi (kalsiy ionlari ishtirokida);
b) protrombinning trombinga aylanishi;
d) fibrinogenning fibringa o‘tishi va fibrinning polimerizatsi-
yasi. Shunday qilib, qon tomirlarining jarohatlangan joyi fibrin
iðlari bilan berkilib, qon oqishi to‘xtaydi.
Ayrim hollarda qonning ushbu fiziologik jarayoni izdan chiqib,
kutilmagan ko‘ngilsiz asoratlar kelib chiqishi mumkin. Bunday
hollarda asoratlarning turi va kechishiga qarab turli xil dori
vositalari qo‘llaniladi.
Qon ivishiga ta’sir etadigan moddalar:
1. Antikoagulyantlar.
a) Bevosita ta’sir qiluvchi antikoagulantlar:
— fraksiyalanmagan geparin preparatlari — geparin, geparin
malhami;
— kichik molekulali geparin preparatlari — fraksiðarin, natriy
enoksaparin.
b) Bilvosita ta’sir etuvchi antikoagulantlar: neodikumarin,
fepromaron, asenokumarol, fenilin.
v) Fibrinolitik-trombolitiklar: streptokinaza, streptodekaza,
urokinaza, seliaza, fibrinolizin.
32- rasm. Koagulant va antikoagulantlarning qon
ivish tizimiga ta’sir etish mexanizmi.
Neodikumarin,
fenilin,
omefin, sinkumar
Vikasol,
metinon
Geparin
Girudin
Sitrat,
oksilat Na
Trombin
Fibrinogen
Fibrin
Vit.K
Protrombin

Trombokinaza
Ca
++
 ioni

175
g) Antiagregantlar: tiklopidin, prostatsiklin, diðiridamol,
atsetilsalitsilat kislota, trental.
2. Gemostatiklar:
a) geparin antagonistlari — protamin sulfat;
b) fibrinoliz ingiditorlari — aminokapron kislota, amben;
d) hayvonlardan olingan preparatlar — fibrinogen, trombin,
kollagenli gemostatik gubka, jellaplastan;
e) o‘simliklardan olingan preparatlar — gangituvchi bozul-
bang, bo‘ymadaron, arnika gullari, shaftoli bargli toron, bodrezak
po‘stlog‘i, gazandao‘t barglari;
f) tromb hosil qiluvchilar — detsilat, vikasol.
Antikoagulantlar — ta’sir mexanizmi bo‘yicha bevosita va
bilvosita turlarga ajraladi.
Bevosita ta’sir etuvchi antikoagulantlarning ta’siri tez yuzaga
chiqib, qondagi ivish jarayonida qatnashadigan omillarning
faolligini yo‘qotadi. Natijada qon ivimaydi. Ularning bu xildagi
ta’siri tana (in vivo) sharoitida ham, probirka (in vitro) sharoitida
ham kuzatiladi. Shu sababli antikoagulantlar asosan olingan qonni
saqlash va ishlatish uchun, konservatsiyalash maqsadida qo‘llaniladi.
Ayrimlari esa tanaga ham yuboriladi. Bu guruhga geparin, natriy
sitrat, girudin kiradi.
Geparin tanadagi semiz hujayralarda (Erlix hujayralari) ishlab
chiqariladigan polisaxarid hisoblanadi. U ivishga qarshi tabiiy
modda bo‘lib, doimo qonda bo‘ladi. Geparinning molekular
og‘irligi 16000, tarkibida oltingugurt kislotaning qoldiqlari bo‘lgani
sababli u manfiy qutbga ega. Uning ta’sirida musbat qutbga ega
bo‘lgan qonning ivish omillari o‘z faolligini yo‘qotadi.
Ko‘pchilik patologik hollarda va kasalliklar tufayli geparinning
miqdori o‘zgarib turadi. Masalan, jarrohlik jarayonida to‘qimaning
jarohatlanishida, miokard infarktida, tromboz va revmatizmda
geparinning miqdori kamayadi, allergiya holatida esa ko‘payadi.
Geparinning ta’sir mexanizmi to‘liq o‘rganilmagan. Lekin
uning ta’sirida protrombin aktivatorlarining hosil bo‘lishi to‘x-
taydi, trombinning proteolitik ta’siri to‘siladi, fibrin monomer-
larining polarizatsiyalanishi tormozlanadi.
Geparin asosan sun’iy qon aylanish tizimida, yirik qon
tomirlarining trombozi va tromboemboliyalarida, miokard
infarktining o‘tkir davrida keng ishlatiladi. Uning ta’siri tez yuzaga
chiqadi, lekin uzoq davom etmaydi. Chunki jigarda geparinaza
fermentining ta’sirida parchalanadi. Nojo‘ya ta’siri deyarli yo‘q.
Faqat ayrim hollarda allergiyani kuchaytiradi.
Geparinning dozasi oshib ketsa, qon oqishi kuzatilishi
mumkin. Bunday hollarda uning ta’siriga zid bo‘lgan protamin sulfat

176
(5% li eritmasi 5 ml ampulada) yuboriladi. Ushbu preparat musbat
qutblangan bo‘lib, geparinning ta’sirini butunlay yo‘qotadi.
Natriy sitrat — qonda dissotsiatsiyalanib, kislota anionini hosil
qiladi. Bu esa qondagi kalsiya ioni bilan bog‘lanadi va qiyin
dissotsiatsiyalanadigan tuz hosil qiladi. Shu sababli kalsiy ionining
miqdori kamayadi. Natijada protrombinning trombinga o‘tishi
to‘xtaydi, polimer fibrinning gelga o‘tishi ham tormozlanadi.
Natriy sitrat qonni saqlash maqsadida konservatsiya uchun
stabilizator sifatida keng ishlatiladi. Bu maqsadda preparatning 4%
li eritmasidan 10 ml 100 ml qonga qo‘shiladi.
Girudin — poliðeptid hisoblanib, tibbiyot zulugining so‘lak
bezidan olinadi. Uning ta’sirida fibrinogenning fibringa o‘tish
jarayoni to‘xtaydi. Òibbiyot zuluklari tromboflebit, giðertoniyada
chakkaga va tananing boshqa sathiga qo‘yiladi.
Bilvosita ta’sir etuvchi antikoagulyantlarga shunday preparatlar
kiradiki, ular vitamin K ning raqobatli antagonisti sifatida jigarda
u bilan faol bo‘lmagan birikma hosil qiladi. Natijada vitamin K
protrombin sintezida qatnasha olmaydi. Shu sababli protrombin,
prokonvertin va qon ivish omillari hosil bo‘lishi buziladi. Qon
ivimaydi. Ushbu guruh preparatlarning bunday ta’siri faqat tana
(in vivo) sharoitida yuzaga chiqadi, probirkada esa (in vitro)
bo‘lmaydi. Ularning qon ivishiga bo‘lgan ta’siri asta-sekin
boshlanib, 2—3 kun davomida yuzaga chiqadi. Òa’sirning davom
etishi esa bevosita antikoagulyantlarnikiga qarshi o‘laroq bir necha
kun davom etadi. Qayta-qayta berilganida kumulatsiya keltirib
chiqaradi. Shu sababli bu antikoagulyantlar tez tibbiy yordam
maqsadlarida ishlatilmaydi. Ular tavsiya etilganda bemor shifokor
nazoratida bo‘lishi kerak.
Bu guruhga kiruvchi preparatlar asosan ikki kimyoviy guruhga
aloqador: kumarin unumlari (neodikumarin, sinkumar, fepro-
maron) va indandion unumlari (fenilin, omefin). Ular ta’sir etish
tezligi va davom etishi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi.
Bilvosita antikoagulyantlar tromboflebit xastaligini davolashda
va uning oldini olish maqsadida, stenokardiyaning og‘ir klinik
turlarida, miokard infarktida, endoarterit, qorason kasalliklarida
tavsiya etiladi.
Bu preparatlar me’da va ichak yara kasalligi, nefrit, o‘tkir
endokardit, homiladorlik davrida, bavosilda qo‘llanilishi man etiladi.
Ushbu preparatlarning dozasi ko‘payib ketganda teri ostidan va
shilliq pardalardan qon ketishi, peshobda eritrotsitlar paydo bo‘lishi
mumkin. Bunday hollarda preparatni berish to‘xtatiladi. Bemorga qon
quyiladi. Vitamin K preparatlari (vikasol) tavsiya etiladi.

177
Antiagregantlar.
Diðiridamol — koronar tomirlarni kengaytiruvchi vosita,
antiagregantlik xususiyati ham bor. Fosfodiesterazani susaytirib,
trombotsitlarda SAMF miqdorini oshiradi. Bundan tashqari,
trombotsitlar agregatsiyasini tormozlovchi adenozin ta’sirini
oshiradi. Ko‘pincha diðiridamol bilvosita ta’sirga ega antikoagulant-
lar bilan birga tavsiya etiladi.
Atsetilsalitsilat kislota — siklooksigenaza ingibitori hisoblanib,
u siklik endoperoksidlar va ularning metabolitlari — tromboksan
va prostasiklinning sintezini buzadi. Shu sababli prostasiklinning
susayishi uzoq davom etmaydi.
Atsetilsalitsilat kislotaning ta’siri yoshga bog‘liq. Yoshlarda
kichik dozada, qariyalarda esa barcha dozalarda qon oqish vaqtini
uzaytiradi. Òromblar hosil bo‘lishini tormozlaydi.
Fibrinolitiklar — hosil bo‘lgan fibrin iðlarini yemirib yuborish
xususiyatiga ega. Ularning ta’siri fiziologik fibrinolizinni
kuchaytirish yoki yetishmayotgan fibrinolizinning o‘rnini bosish
bilan bog‘liq. Fibrinolizin proteolitik ferment hisoblanib, doimo
qonda nofaol shaklda (profibrinolizin) bo‘ladi. Uning ta’sirida
tromb hosil bo‘lishi tormozlanadi.
Fibrinolitik modda sifatida ishlatiladigan preparatlardan
streptaza, streptokinaza va urokinaza samaralidir. Streptokinazani
gemolitik streptokokklar ishlab chiqaradi. Profibrinolizinning
fibrinolizinga o‘tishini tezlashtirib, trombni yemiradi. Bu preparat
ta’sirida asosan yangi hosil bo‘lgan tromblar yemirilib, eskilari
o‘zgarishsiz qoladi. Streptokinaza venaga yuboriladi. Òa’sir birligi
bilan o‘lchanadi. Streptaza nomi bilan ham chiqariladi.
Streptodekaza — bu preparat streptoliaza singari ta’sir etadi,
ta’sir muddati ancha uzoq (48—72 soat).
Urokinaza — fibrinolitik ta’sirga ega. U peshobdan olinadi.
Streptokinazaga nisbatan nojo‘ya ta’siri kam.
Fibrinolitik preparatlar tromboflebit, tromboembolik holat-
larida, miokarb infarktida asosan geparin bilan birga qo‘llaniladi.
Gemostatiklar — qon ivishini tezlashtiradigan vositalardir.
Ular qon ketishini to‘xtatish maqsadida qo‘llaniladi. Ularga fibri-
nolizinni to‘suvchi moddalar (aminokapron kislota, kontrikal) va
tabiiy kelib chiqishga ega vositalar misol bo‘ladi.
Kalsiy tuzlari  ta’sirida protrombin fermentining faolligi oshadi
va trombinga o‘tishi ta’minlanadi. Bundan tashqari, kalsiy qon
tomirlar devorini mustahkamlaydi, uning qisqarishini oson-
lashtiradi.

178
Vitamin K
1
 protrombin va prokonvertinning sintezida qatna-
shadi. Aniqrog‘i, ushbu sintezni ta’minlaydigan koferment tarkibiga
kiradi. Vitamin K
2
 ning yetishmasligi (ichaklar kasalliklarida, ovqat
tarkibida yetarli bo‘lmaganda, jigar kasalliklarida)  qon ivishining
buzilishiga olib keladi. Shu sababli vitamin K
3
 preparati (vikasol)
qon ketishida va uning oldini olishda (operatsiyalardan oldin)
buyuriladi. Bundan tashqari, bilvosita antikoagulyantlar bilan
zaharlanishda ham qo‘llaniladi.
O‘simliklardan (bozulbang, achchiq toron, gazandao‘t,
bo‘ymadaron, zirk, qirqbo‘g‘im va b.) tayyorlanadigan
preparatlar o‘z tarkibida K, C, P vitaminlari; burishtiruvchi
moddalar, efir moylari va boshqalarni saqlaydi. Ularning qon
ketishini to‘xtatuvchi ta’sir mexanizmi shu vitaminlarga bog‘liq
bo‘lsa kerak. Bu preparatlar surunkali qon ketishida (bachadon,
ichakdan qon ketishi) keng ko‘lamda ishlatiladi. Ular ta’sirida qon
tomir devorining o‘tkazuvchanligi kamayadi, kapillarlar mustah-
kamlanadi, degan fikr bor (fitoterapiya bo‘limiga qarang).
Preparatlar.
N e o d i k u m a r i n   (Neodicumarinum). 0,1 g dan tabletka
holida ishlab chiqariladi. Birinchi kun 0,3 g dan 2—3 marta ichish
uchun, keyinchalik sekin-asta bir kecha-kunduzda 0,2—0,1 g gacha
kamaytiriladi. Bir martalik eng yuqori dozasi 0,3 g, kecha-
kunduzligi — 0,9 g.
F e p r o m a r o n   (Phepromaronum). 0,01 g li tabletka holida
ishlab chiqariladi. Ichish uchun birinchi kuni 0,03—0,05 g, keyin
0,01—0,05 g dan kuniga 1 marta beriladi.
S i n k u m a r   (Syncumar). 0,002 g dan tabletka holida ishlab
chiqariladi. 1 kuni 0,016—0,012 g dan ichish uchun buyuriladi,
keyin asta-sekin dozasini 0,004—0,002—0,001 g gacha
kamaytiriladi.
G e p a r i n   (Heparimun). Glukuron kislota va glukozamin
saqlovchi polisaxarid. Flakonda 5 ml dan (1 ml da 500 ÒB dan)
ishlab chiqariladi. Bir kecha-kunduzda 20000—50000 ÒB parenteral
yo‘l bilan yuboriladi.
N a t r i y   s i t r a t  (Natrii citras). 4% li sterillangan eritmaning
10 ml 100 ml qonga stabilizator sifatida qo‘shiladi.
D i t s i n o n   (Dicynone). 0,25 g dan tabletka holida, 12,5%
li eritmasi 2 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 12,5% li
eritmaning 1—2 ml (operatsiya boshlanishidan 1 soat oldin) venaga
yoki mushaklar orasiga yuboriladi, yoki 0,5—0,75 g dan
(operatsiyadan 3 soat oldin) ichiriladi.

179
P r o t a m i n   s u l f a t   (Protamini sulfas). 1%li eritmasi 2 ml
dan ampulada ishlab chiqariladi. Venaga asta-sekin yoki tomchilatib
yuboriladi (5 ml gacha).
K a l s i y   x l o r i d  (Calcii chloridum). Kukun, 10% li eritmasi
10 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 5—10%li eritmadan desert
yoki choy qoshig‘ida ovqatdan oldin kuniga 2—3 marta ichiladi.
10%li eritmasi 5—15 ml dan faqat venaga (!) yuboriladi.
V i k a s o l   (Vicasolum). 0,015 g dan tabletka holida, 1%li
eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan 1—
2 marta kuniga ichish uchun, 1% li eritmasi 1 ml dan mushaklar
orasiga yuboriladi.
S t r e p t o k i n a z a   (Streptokinaza). Gemolitik streptokokk
kulturasi filtridan olinadigan streptokinaza. Har bir komplektda
bir martalik shpris bilan yuborish uchun ampulada 250000 ÒB
da ishlab chiqariladi. 100000—200000 XB natriy xlorning 50 ml
izotonik eritmasida eritiladi, 30 min davomida tomchilatib venaga
yuboriladi. Keyin 750000 XB 500 ml izotonik eritmada, undan
keyin esa 100000 XB 3—4 soat ichida yuboriladi.
A m i n o k a p r o n   k i s l o t a   (Acidi aminocapronas). 100 ml
natriy xloridning izotonik eritmasida tayyorlangan 5%li eritma holida
flakonda, 60 g granula shaklida bolalar uchun ishlab chiqariladi.
0,1g/kg har 4 soatda ichiladi. Bir kecha-kunduzlik dozasi 10—15
g. 5% li 100 ml eritmasi tomchilatib venaga yuboriladi.
Rp.: Tab. Neodicumarini 0,1 N. 10
D.S. 1 tabletkadan kuniga 2—3 marta ichiladi
#
Rp.: Sol. Calcii chloridi 10%—10 ml
D.t.d. N. 10 in amp.
S. 10 ml dan venaga (!) yuboriladi
#
Rp.: Sol. Vicasoli 1%—1 ml
D.t.d. N. 10 in amp.
S. 1 ml dan muskullar orasiga yuboriladi
ME’DA-ICHAK FAOLIYAÒIGA ÒA’SIR EÒUVCHI
DORI VOSIÒALARI
Ovqatning hazm bo‘lishi — ancha murakkab, bir-biriga bog‘liq
bo‘lgan fiziologik jarayonlar majmuasidan iborat. Bu jarayonda
so‘lak bezlari, me’da va ichakdan tashqari, me’daosti bezi va jigar
qatnashadi. Ushbu a’zolar faoliyati asosan ovqatni hazm qilishga
va organizmni kerakli oziq-ovqat moddalari bilan ta’minlashga

180
qaratilgan. Me’da-ichak tizimi ovqatning parchalanishi va
so‘rilishini ta’minlaydi. Ushbu jarayonning normal kechishida me’da
va ichak faoliyatida shartli va shartsiz reflekslar, gastrointestinal
moddalar, gormonlar, vegetativ nerv tizimi va boshqa biologik
faol moddalar ishtirok etadi, ularda markaziy nerv tizimi ham
katta ahamiyatga ega.
Òurli xil patologik holatlarda, kasallik sababli me’da-ichak
faoliyati buziladi, ovqat moddalarining hazm bo‘lishi izdan
chiqadi. Bunday o‘zgarishlarni bartaraf etish maqsadida dori
preparatlari ishlatiladi. Ular o‘z farmakologik ta’siri va ishlatilishi
bo‘yicha turlicha bo‘lib, me’da-ichak faoliyatini tiklashga qara-
tilgan.
Anoreksigen moddalar
Semizlik va uni davolash hozirgi zamon tibbiyotining
muammolaridan biri hisoblanadi. Semizlikning turli xillari mavjud
(alimentar, konstitutsional, diensefal, genital va b.). Ma’lumki,
semizlik ko‘pincha haddan tashqari ortiqcha taom iste’mol qilishga
ham bog‘liq. Shu sababli semizlikning oldini olish va davolash
uchun ovqatga talabni kamaytirish, ya’ni uning miqdorini
organizm talabidan kam bo‘lishiga erishish kerak. Bu usulning katta
kamchiligidan biri odamda doimiy ochlik sezgisi bo‘lishidir.
Anoreksigen — ishtaha va ochlik sezgisini kamaytiradigan
preparatlar bo‘lib, bular qatoriga adrenomimetik aminlar yoki
ularga o‘xshash moddalar kiradi. Ular qondagi qand miqdorining
ortishi hisobiga giðotalamusda joylashgan «to‘yish markazi», hid

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling