M. N. Mahsumov, X. Aliyev, M. A. Odilov, N. A. Musayeva farmakologiya
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
farmakologiya asoslari
yurak ritmining buzilishiga olib keladi. Bunda yurak glikozidlari
berilayotgan bolsa, ularning zaharli tasiri kuchayadi. Shu sababli saluretiklar uzoq muddat davomida berilmaydi. Agar 56 kundan 162 ortiq beriladigan bolsa, kaliy saqlaydigan preparatlar (kaliy xlorid, panangin, asparkam), kartoshka, turshak, sabzi kabi mahsulotlar beriladi. Saluretiklarning tasiri natijasida peshob kislotasining tanada yigilib qolishi podagraga (mayda bogimlar- ning ogrishi, shishib qolishi) xos bolgan ozgarishlarga sabab bolishi mumkin. Laziks antranil kislota unumi bolib, peshob haydovchi tasiri tez vujudga keladi (venaga yuborilganda 23 min da, ichilsa 2030 min otgach). Òasir muddati, yuborilgan yoliga qarab, 28 soatgacha davom etadi. Laziksning ijobiy tomonlaridan biri u boshqa diuretiklar naf qilmaganda ham oz tasirini saqlaydi. Bundan tashqari, uni venaga yuborish mumkinligi tez yordam korsatish zaruriyatida qol keladi. Laziksning tasir mexanizmi yaxshi aniqlanmagan. U natriy va xlorning qayta sorilishini butun nefron boyicha tormozlaydi, kaliy sekretsiyasini esa oshiradi, degan fikr bor. Òriampur-kompozitum oz tarkibida triamteren bilan dixlotiazid saqlaydi. Òriamteren natriy ionlarining peshob bilan chiqarilishini tezlashtiradi, lekin kaliyning chiqishini ozgartirmaydi. Boshqacha aytganda, dixlotiazid tasirida boladigan giðokaliyemiyaga yol qoymaydi. Bu preparat ham yurak, buyrak, jigar kasalliklarida boladigan shishlarda davo maqsadida ishlatiladi. Oksodolin preparati, asosan, natriyuretik bolib, uzoq tasir etadigan (tasiri 24 soatda boshlanib, bir kecha-kunduz davom etadi) diuretik hisoblanadi. Giðotenziv tasirga ham ega. Deyarli giðokaliyemiya bermaydi. Uregit tasir etishi boyicha natriy va kaliy ajratuvchi diuretiklarga xos preparat. Diuretik tasiri ancha kuchli va tez namoyon boladi (2040 min). Karboangidraza ingibitorlariga asosan diakarb preparati kiradi. Kimyoviy tuzilishi boyicha sulfanilamid sinfiga kiradi. Farmakologik tasiri natijasida akarboangidraza fermenti tosiladi. Oqibatda kanalchalar epiteliyida komir kislotaning hosil bolishi tormoz- lanadi, dissotsiatsiyaga uchrab, vodorod ionlari ajraladi. Natriyning sorilishi uchun vodorod almashinuvi sodir bolmaydi. Bikar- bonatlar birlamchi peshob tarkibida chiqa boshlaydi. Peshob muhiti ishqoriy bolib qoladi, qonda esa atsidoz holati yuz berishi mumkin. Diakarb ham, boshqa diuretiklar singari, kaliy va vodorod ionlarining ajralishiga olib keladi. Diakarb ichilganidan keyin qonga tez soriladi, 2 soat ichida tasiri yaxshi bilinadi va 68 soat davom etadi. Preparat qayta qabul qilinganida tasiri susaya 163 boshlaydi. Shu sababli preparat 24 kun berilgandan keyin shuncha kun tanaffus qilib turiladi. Diakarb yurak va jigar kasalliklari bilan bogliq shishlarga davo uchun buyuriladi. Kaliy saqlab qoluvchi diuretiklar. Buyrakusti bezining postloq qismidan chiqariladigan aldosteron gormoni natriy ionining hujayralar membranasidan faol otishini taminlaydi (bunga javoban kaliy ionlari chiqadi). Shunday qilib, bu gormon natriy ionlari va ular bilan suvning kanalchalardan qayta sorilishini boshqaradi. Ushbu gormon tasirining yoqolishi natriy ionining reabsorbsiya bolishining kamayishiga olib keladi. Shu maqsadda aldosteronga antagonist bolgan preparatlar olingan. Bularga veroshpiron (aldalakton, spironolakton) kiradi. Bu preparat kimyoviy tuzilishi boyicha aldosteronga oxshaydi. Shuning uchun ham aldosteron bilan raqobat qilib, uni biokimyoviy reaksiyadan siqib chiqaradi. Bu raqobat toqima pardalarida va buyrak kanalchalarida roy beradi. Veroshpironning tasiri natijasida natriy ionining qayta sorilishi kamayadi, kaliy ionlarining ajralishi esa tormozlanadi. Peshob miqdori kopayadi. Shuning uchun ham ushbu preparat kaliyni saqlab qoladigan diuretik deb ataladi. Preparatning peshob haydaydigan tasiri saluretiklarga qaraganda kuchsizroq. Diuretikni uzoq vaqt davomida berish mumkin. Elektrolit balansini ozgartirmaydi. Veroshpiron tasiri asta-sekin (12 kundan keyin) boshlanadi. Preparatni berish toxtatilgandan keyin tasiri 24 kun davomida saqlanadi. Yurak, buyrak, jigar kasalliklarida boladigan shishlarda ishlatiladi. Boshqa diuretiklarning samarasi yaxshi bolmaganda koproq veroshpiron beriladi. Veroshpiron dixlotiazid bilan birga berilganda giðokaliyemiya kamayadi. Osmotik diuretiklar deb, shunday kimyoviy moddalarga aytiladiki, ular tanaga yuborilganda peshob bilan ozgarmagan holda chiqib, peshob miqdorini oshiradi. Ular buyrak kanalcha- larining proksimal qismida qayta sorilmaydi yoki kam soriladi. Kanalchalarda esa shu sababli osmotik bosim ortadi va elektrolitlar bilan suvning sorilishiga yol qoymaydi. Natijada peshobning miqdori kopayadi (asosan natriy hisobiga). Osmotik diuretiklarga mannitol va mochevina misol boladi. Ular venaga yuborilganda peshob haydovchi samarasi tez yuzaga chiqadi. Ular yuqori konsentratsiyada (2030%) yuborilganda esa qonda osmotik bosimni oshiradi, toqimadagi suvlar qonga otadi va undan keyin buyrak- lar orqali chiqariladi. Preparatlarning bunday tasiri, asosan, miya 164 shikastlanganda miya toqimasi shishini kamaytirish uchun (degidratatsion terapiya), opka toqimasi shishganida qollaniladi. Bu preparatlar jarohatlanish va kuyish oqibatida boladigan karaxtlik (shok)da, tana zaharlanganda, gemoliz holatlarida keng qollaniladi. Bundan asosiy maqsad tanadagi zaharli va keraksiz moddalarni chiqarib tashlashdir. Osmotik diuretiklar 510% li eritma holida bir kecha-kunduzda 35 l tomchilab venaga yuboriladi. Kislota hosil qiladigan diuretiklar. Bularga ammoniy xlorid kiradi. U mochevina bilan xlorid kislotaga parchalanadi va bikarbonatdan natriyni chiqarib yuboradi. Hosil bolgan komir kislota opka orqali chiqib ketadi. Ammoniy xloridning peshob haydaydigan samarasi kuchli emas. Bu samara mochevina va natriy xlorid hisobiga boladi. Yuqorida keltirilgan diuretiklardan tashqari, osimliklardan tayyorlangan qator preparatlar mavjud (ortosifon barg damla- masi, peshob haydaydigan yigma, ayiqquloq bargi, dala qirqbogini oti, oddiy archa mevasi va boshqalar). Preparatlar. D i x l o t i a z i d (Dichlotiazidum). 0,0250,1 g dan tabletkalar holida ishlab chiqariladi. Ovqatdan oldin 0,0250,05 dan kuniga ichish uchun beriladi. Ogir hollarda dozani kuniga 0,2 g gacha kopaytirish mumkin. Preparat 37 kun davomida berilgandan song 34 kun tanaffus qilinadi. S i k l o m e t i o z i d (Cyclomethiazidum). 0,0005 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi. 0,000250,0005 g dan kuniga 37 kun ichish uchun beriladi. L a z i k s (Lazix). 0,04 g dan tabletka korinishida, 1%li eritmasi 2 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan kuniga 1 marta (ertalab), zarur hollarda esa kuniga 0,080,16 g dan 1 2 marta har soatda ichiladi. 2060 mg dan bir kecha-kunduzda 12 marta mushaklar orasiga yoki venaga yuboriladi. O k s o d o l i n (Oxodolinum). 0,05 g dan tabletkalar holida ishlab chiqariladi. Ertalab ovqatdan oldin 0,0250,1 g dan 1 marta ichiladi. Ò r i a m p u -k o m p o z i t u m (Triampur-compositum). Òarkibi- da: triamteren 0,025 g, dixlotiazid 0,0125 g saqlaydi. Òabletka holida ishlab chiqariladi. Kuniga 24 tabletkadan ichiladi. D i a k a r b (Diacarbum). 0,25 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi. 0,1250,25 g dan kuniga 13 marta ichiladi. V e r o s h p i r o n (Verospironum). 0,025 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi. 0,10,2 g dan har kuni (24 qismga bolib) ichiladi. 165 M a n n i t (Mannitum). Olti atomli spirt. 30 g dan liofillangan shaklda 500 ml hajmli flakonlarda, 15% eritmasi 400 ml dan flakonlarda ishlab chiqariladi. 5%li glukozada eritib, 10, 15, 20%li preparatining eritmasi tayyorlanadi va venaga sekin-asta yuboriladi. U r e g i t (Uregitum). E t a k r i n k i s l o t a (Acidi Etacrinicum). 0,05 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi. Ovqatdan keyin 0,05 0,2 g dan kuniga 1 marta ichiladi. K l o p a m i d (Clopamidum) tasiri uzoq. 0,02 g dan tabletka korinishida ishlab chiqariladi. 12 tabletkadan kuniga 1 marta ichiladi. Peshob toshlari hosil bolishini toxtatuvchi vositalar Bularga allopurinol, etamid, allomaron, silfinpirazon, kebu- zon, urodan, magurlit, sistenal, avisan, urolesan, fitolizin preparatlari kiradi. Peshob kislotasining qondagi miqdori har xil sabablarga kora purin almashinuvining buzilishi natijasida uratlar- ning qondagi miqdori kotarilsa u toqimalarga (shu jumladan bogimlarga) otira boshlaydi (podagra). Buyraklarda va peshob yollarida esa tosh hosil bolishi mumkin. Podagraning otkir xurujida yalliglanishga qarshi tasir korsatadigan dorilar (butadion, indometatsin, brufen, KÒG, glukokortikoidlar) beriladi. Xuruj paytida va xuruj bolmagan davrda peshob kislota tuzlarini tanadan chiqarib yuboradigan dorilar ham ishlatiladi. Ushbu preparatlar qatoriga salitsilatlar (natriy salitsilat, atsetilsalitsil kislota), etamid (sulfamidbenzoy kislota unumi) kiradi. Bu preparatlarning tasir mexanizmi kanalchalarda peshob kislotaning reabsorbsiyasini tormozlashi bilan bogliq. Salitsilatlar tasirida peshob kislotaning ajralishi 2 baravar ortadi. Lekin bu preparatlarning nojoya tasiri bolgani uchun uzoq ishlatib bolmaydi. Shu sababli ularning orniga etamid preparati berilishi mumkin. Etamid zaharsiz, 1012 kun davomida beriladi, keyin 57 kun tanaffus qilinadi, podagra xurujida berilmaydi. Preparat tasirida peshobda uratlarning miqdori ortgani sababli tosh hosil bolishiga yol qoymaslik maqsadida kop suv va ishqoriy mineral suvlar tavsiya etiladi. Buyraklarda tosh hosil bolishining yana bir sababi minerallar almashinuvining buzilishi hamda vitamin A ning yetishmasligidir. Peshob tarkibidagi kop- chilik yomon eriydigan moddalar pH ozgarganda choka boshlab, qum hosil qiladi. Buyrak-tosh kasalligini davolashga qaratilgan quyidagi usullar mavjud: a) peshobning pH muhitini ozgartiradigan moddalar 166 (kislotali yoki ishqoriy muhitga), b) mikroblarga qarshi dorilar, d) spazmolitiklar. Peshob muhiti kislotali bolganida uratlar, sulfanilamidlar, oksalatlar tosh hosil qiladi. Ishqoriy muhitda esa fosfatlar, karbonatlar, oksalatlar chokma tarkibida boladi. Peshobda kislotali muhit bolishi uchun bor kislota (0,5 g dan ovqatdan keyin 23 marta), ammoniy xlorid (12 g dan kuniga 45 marta), peshobni ishqoriy muhitga otkazish uchun esa natriy bikarbonat (1 g dan kuniga 45 marta), magurlit beriladi. Spazmolitiklardan miotrop tasir etadigan preparatlar (papa- verin, no-shpa, dibazol), M-xolinoblokatorlar (atropin, plati- fillin, metatsin) va kopincha osimliklardan olingan dorilar (avi- san, fitolizin, marelin, sistenal va boshqalar) beriladi. Osimlik preparatlarining kopchiligi peshob haydovchi, yalliglanishga qarshi, mikroblarga qarshi va spazmolitik tasir korsatib, peshob yolidagi toshlarning chiqib ketishiga imkon yaratadi. Buyrak-tosh kasalligi xurujida ogriq qoldiradigan (morfin, promedol, analgin, baralgin), spazmolitik va M- xolinoblokatorlar (atropin, platifillin, no-shpa) ishlatiladi. Preparatlar. E t a m i d (Aethamidum) 0,35 g dan tabletkalar shaklida ishlab chiqariladi. 2 tabletkadan kuniga 4 marta 1012 kun davomida ichish uchun beriladi. 57 kun tanaffusdan keyin yana qaytariladi. M a g u r l i t (Magurlit). Òarkibi: piridoksin gidroxlorid 0,008 g, magniy sitrat 0,18 g, limon kislota 0,27 g, natriy sitrat (0,723) g, kaliy sitrat 0,794 g. 2 g dan granulali paketda (100), indikator qogozi va rangli shkalasi bilan birga ishlab chiqariladi. 68 g dan kun davomida (peshobning pH tekshirib turiladi; 6,26,8 bolishi kerak) ichiladi. A v i s a n (Avisanum). Òishli kella osimligidan olingan preparat. 0,05 g dan tabletkalar shaklida ishlab chiqariladi. Ovqatdan keyin 0,050,1 g dan kuniga 34 marta ichiladi. M a r e l i n (Marelinum). Òarkibida har xil osimlik ekstraktidan tashqari korglikon, salitsilamid, magniy fosfat saqlaydi. Ovqatdan oldin 24 tabletkadan kuniga 3 marta ichiladi. F i t o l i z i n (Phytolysin) (Osimlikdan tayyorlangan pasta). 100 g dan tyubikda pasta holida ishlab chiqariladi. Bir choy qoshiq pasta 0,5 stakan shirin suvda eritib, kuniga 34 marta ichiladi. S i s t e n a l (Cystenal). Òarkibida royan (marena) ildiz nastoykasi, magniy salitsilat, efir moylari, etil spirti va zaytun 167 moyini saqlaydi. 10 ml dan flakonda ishlab chiqariladi. Ovqatdan 30 min oldin qandga 34 tomchi tomizib ichiladi. Xuruj davrida 10 tomchidan kuniga 3 marta beriladi. U r o d a n (Urodanum). Òarkibida piðerazin 2,5 g, geksame- tilentetramin 8 g, natriy benzoat 2,5 g, benzoatmetil 2 g, dinatriy fosfat 10 g, natriy gidrokarbonat 37,5 g, tartrat kislota 35,6 g, qand 1,9 g saqlaydi. 100 g granulalar flakonda ishlab chiqariladi. 1 choy qoshigi ovqatdan oldin 0,5 stakan suvda eritib, kuniga 34 marta ichiladi. Rp.: Tab. Dichlotiazidi 0,025 N. 10 D.S. 1 tabletkadan 34 kun davomida kuniga 1 marta berilib, 23 kun tanaffus qilinadi # Rp.: Sol. Furasemidi 1%2 ml D.t.d. N. 5 in amp. S. 2 ml dan muskullar orasiga yuboriladi # Rp.: Tab. Verospironi 0,025 N. 20 D.S. 1 tabletkadan kuniga 23 marta ichiladi # Rp.: Tab. Avisani 0,05 N. 10 D. S. Kuniga 1 tabletkadan ovqatdan keyin 34 marta ichiladi # Rp.: Urodani 100,0 D.S. 1 choy qoshiqdan yarim stakan suvda eritib kuniga 34 marta ichiladi. QONNING FIZIOLOGIK FAOLIYAÒIGA ÒASIR KORSAÒADIGAN DORI VOSIÒALARI Gemopoezga tasir etuvchi vositalar Qonning shaklli elementlari bolgan eritrotsitlar, trombotsitlar va leykotsitlarning ishlab chiqarilishiga tasir korsatuvchi preparat- larga gemopoezga yoki qon ishlab chiqarilishiga tasir etuvchi dori vositalari deyiladi. Malumki, qonning shaklli elementlari doimiy bolmasdan, malum muddatgacha oz faoliyatini korsatadi. Ular vaqti-vaqti bilan yemiriladi va orniga yangi qon hujayralari paydo boladi (eritrotsitlar 23 oygacha, leykotsit va trombotsitlar bir necha 168 kungacha umr koradi). Boshqacha aytganda, bu shaklli elementlar doimo yangilanib turadi. Bu jarayon, yani suyakning komik qismidagi ilik va boshqa limfoid toqimalarda qonning shaklli elementlarining ishlab chiqarilishi fiziologik regeneratsiya hisobiga sodir boladi. Eritropoezga tasir etuvchi vositalar. Malumki, eritrotsitlarning asosiy fiziologik faoliyati, oz tarkibidagi gemoglobin hisobiga tana toqimalariga kislorod yetkazib berishdan va karbonat angidridni chiqarib yuborishdan iborat. Eritrotsitlar yoki ular tarkibidagi gemoglobinning kamayib ketishi kamqonlikka olib keladi. Kislorod yetishmasligi natijasida tanada har xil ozgarishlar (quvvatsizlik, bosh aylanishi va h.k) sodir boladi. Hozirgi vaqtda kamqonlikning kelib chiqish sabablariga kora asosan quyidagi turlari malum: 1. Postgemorragik kamqonlik. Kop qon ketishi natijasida (operatsiya vaqtida, jarohatlanish, tugish jarayonida va boshqalar) tanada qonning umumiy hajmi, shu bilan birga uning tarkibidagi eritrotsitlar va leykotsitlarning miqdori ham kamayadi. Bu ozgarish va uning uzoq davom etishi 510%dan ortiq qon yoqotilganda kuzatiladi. 2. Gemolitik kamqonlik. Kopincha tananing zaharlanishi (qorgoshin preparatlari, fenilgidrazin) va ayrim kasalliklarda (bezgak) eritrotsitlar lizis (yemirilish)ga uchraydi. Natijada ularning va gemoglobinning miqdori kamayib, kamqonlik yuzaga chiqadi. Bunda ham anemiyaning belgilari namoyon boladi. 3. Giðoxrom kamqonlik. Bu xildagi kamqonlik tanada temir yetishmasligi natijasida kelib chiqadi. Shuning uchun ham uni kopincha temir yetishmaslik kamqonligi deb ataladi. Yuqorida aytilgandek, temir gemoglobinning tarkibiga kirgani uchun uning yetarli miqdorda bolmasligi gemoglobinning kamayishiga olib keladi. Shu sababli giðoxrom kamqonlikda periferik qonda eritrotsitlarning soni uncha ozgarmasa ham ulardagi gemoglobin miqdori kamayadi. Natijada eritrotsitlarning rangi och pushti bolib qoladi. Òanada temir yetishmasligi har xil holatlarda yuz berishi mumkin. Masalan, istemol qilinadigan ovqat tarkibida temir moddasining yetarli miqdorda bolmasligi yoki ovqat tarkibidagi temirning ichakdan qonga otishining buzilishi (meda va ichaklar kasalliklarida) yoki tanada temir moddasiga talabning oshishi (homiladorlik) natijasida giðoxrom kamqonlik yuzaga kelishi mumkin. 4. Giðerxrom yoki megaloblastik kamqonlik (AddisonBirmer kasalligi). Bu xildagi kamqonlikda eritrotsitlar ishlab chiqarilishi- ning buzilishi natijasida qonda qizil qon tanachalarining miqdori kamayishi bilan birga, ularning voyaga yetmagan yosh embrional 169 shakllari paydo boladi. Ular normal eritrotsitlarga qaraganda katta va tarkibida kop gemoglobin saqlaydi (giðerxrom kamqonlik). Bunday holatning asosiy sababi tanada vitamin B 12 bilan folat kislotaning (vitamin B c ) yetishmasligidar. Ularning yetishmasligi ovqat tarkibida kam bolishi yoki ularning ichakdan sorilishining buzilishi oqibatida bolishi mumkin. 5. Giðoplastik va aplastik kamqonlik. Bu xildagi kamqonlikda umuman qon hujayralarining ishlab chiqarilishi kamayadi yoki toxtaydi. Asosan nur kasalligi va boshqa hollarda eritrotsit va leykotsitlarni ishlab chiqaradigan toqimalarning qisman yoki umuman nobud bolishi bunday holga sabab boladi. Yuqorida keltirilgan 5 xil kamqonlikdan asosan ikki turi (giðerxrom va ayniqsa, giðoxrom) koproq uchrab turadi. Ularning farmakoterapiyasi anchagina samaralidir. Giðoxrom kamqonlikda beriladigan dorilar orasida tarkibida temir saqlagan preparatlar asosiy hisoblanadi. Malumki, tanada temir miqdori 25 g atrofida boladi. Buning 2/3 qismi gemo- globinda, qolgan qismi toqimalar (suyak iligi, jigar, taloq) da boladi. Ovqat tarkibidagi temirning ichakdan qonga otishi ancha murakkab bolib, bu faol transportlik jarayonidir. Meda-ichak tizimidan temir faqat ikki valentli ionlashgan holatda soriladi. Medaning xlorid kislotasi tasirida molekular temir ionlashgan shaklga kiradi, askorbin kislota esa uch valentli temirni ikki valentliga otkazib, temirning qonga otishini taminlaydi. Shimilishdan oldin temir ingichka ichak shilliq pardasidagi apo- ferritin oqsili bilan boglanadi va shundagina u qonga otkaziladi. Qondagi globulinlar transferritin bilan birlashadi va transferrin hosil qiladi. Òemir ushbu transferrin shaklida azolarga, toqima- larga yetib boradi va gemoglobin va ayrim fermentlarning sintezi uchun sarflanadi. Eritrotsitlarning yemirilishi hisobiga kuniga taxminan 25 mg temir ajraladi. Ushbu temir qaytadan gemoglobinning sintezi uchun sarflanadi. Ichak orqali qonga otadigan temir esa tana yoqotgan temirni qoplash uchun zarur boladi (misol uchun, ayollar hayz korishida 20 mg gacha temir yoqotadi). Homiladorlik davrida esa temirga bolgan ehtiyoj ancha ortadi. Bundan tashqari, temir terlashda, ogir jismoniy ish bajarilganda kop miqdorda yoqotiladi. Meda va ichak kasalliklarida (kislotalik pasayishi bilan kechadigan gastritlar, enterit va boshqalar) temirning qonga sorilishi buzilib, uning tanadagi miqdori kamayib boradi va giðoxrom kamqonlik hosil boladi. Kopincha bu kasallik kop bolali ayollarda uchraydi. 170 Umuman olganda, davolash samarali bolishi uchun temir preparatlari yetarlicha, sekin-asta oshirib boriladigan dozada buyuriladi. Davo kursi 1,52 oy davom etadi. 2 yil davomida har 6 oyda davo kursi qaytariladi. Òemir tanadan meda-ichakning shilliq pardalari, ter bezlari, jigar oti va buyraklar orqali chiqariladi. Òemir preparatlaridan temir sulfat, temir laktat, ferramid ichish uchun giðoxrom va postgemorragik kamqonlikda beriladi. Agar temirning ichak orqali sorilishi buzilgan bolsa, bunda parenteral yol bilan yuboriladigan preparatlar tavsiya etiladi. Ular qatoriga ferkoven (temir saxarat, kobalt glukonat, karbonsuv eritmasi saqlaydi), ferrumlek, ferbitol va boshqalar kiradi. Òemir preparatlari ichish uchun buyurilganda qabziyat hosil bolishini etiborga olish darkor. Giðoxrom kamqonlikda temir saqlagan dorilardan tashqari kobalt (koamid), mis (gemostimulin) preparatlari ham ishlatiladi. Ular eritropoezni kuchaytiradi va temirning gemoglobin sintezida qatnashishini taminlaydi. Giðerxrom kamqonlikda beriladigan dorilar. 1929- yilda Kasl birinchi marotaba qon ishlab chiqarilishi ovqat tarkibidagi omilga (tashqi omil) bogliqligini aniqladi. Bu omil medaga tushgandan keyin shilliq pardadagi oqsil mukoproteid (ichki omil) bilan birlashib, ichakdan qonga soriladi va jigarga yigilib, eritropoezda ishtirok etadi. 1948- yilda jigar ekstraktidan Kaslning «tashqi omil»i hisoblangan B 12 ajratib olindi. Ushbu vitaminning tuzilishi ancha murakkab bolib, tarkibida kobalt saqlagan kimyoviy birikma bolgani uchun uni sianokobalamin deb ham yuritiladi. Vitamin B 12 qisman odamning yogon ichagida boladigan mikroblar tomonidan ishlab chiqariladi. Asosan u gosht, tuxum, jigar, sut mahsulotlari bilan organizmga tushadi. Vitamin B 12 ning fiziologik ahamiyati shundan iboratki, u nuklein kislotalar biosintezida qatnashadi. Shuning uchun ham u giðerxrom kamqonlikni qaytara oladi: kasallik tufayli buzilgan qon manzarasini (eritrotsitlarni) odatdagi holga keltiradi, komikda patologik eritrotsitlar ishlab chiqarilishiga barham beradi. Sianokobalamin oz tasiri bilan kamqonlik tufayli roy bergan meda-ichak faoliyatining ozga- rishini, nevrologik belgilarni bartaraf etadi. Bundan tashqari, vitamin B 12 karbonsuv va yog almashinuvi jarayoni uchun zarur. Shuning uchun u kamqonlikdan boshqa kop kasalliklarda ham qollaniladi. Masalan, jigar kasalliklarida (gepatitlarda), asab tizimining yalliglanishida (nevritlar, falajlik holati), nur kasalligida. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling