M. N. Mahsumov, X. Aliyev, M. A. Odilov, N. A. Musayeva farmakologiya
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
farmakologiya asoslari
otishi bilan asta-sekin yoqolib boradi (5- rasmga qarang).
Qabul qilingan alkogolning kop qismi asosan jigarda alkogoldegidrogenaza fermenti tasirida metabolizmga uchrashi natijasida malum darajada issiqlik ajratadi. 1g spirt oksidlanishi natijasida 7 kkal (1g oqsil va 1 g uglevodda 4,1 kkal, yogda 9,3 kkal) issiqlik hosil boladi. Agar 100 ml spirt qabul qilinsa, u 700 kkal issiqlik beradi, bu esa moddalar almashinuvining uchdan bir qismiga togri keladi. Hosil bolgan issiqlikning organizmdan chiqib ketishi teri qon tomirlarining kengayishi va ter ajrashi hisobiga boladi. Shu sababdan kishi mast bolganida issiqlikning tashqariga chiqib ketishi ortadi. Past havo haroratida alkogoldan mast bolganlarning hushyorlardan kora tezroq sovqotib qolishi shu bilan bogliq. Òana haroratining ozgarishi spirtning termoregulatsiya markaziga tasiri bilan tushuntiriladi. Otkir zaharlanish. Bunday zaharlanish spirtli ichimliklarni kop miqdorda (ilk bor kichik miqdorda qabul qilinsa ham) qabul qilganda yuz beradi va behushlik, rang-royning oqarishi, oyoq- qol sovushi, nafas susayishi, lablar kokarib, tomir urishi tez va zaiflashgan bolib, qon bosimining pasayishi kuzatiladi. Zahar- lanishning boshlanishida qayta-qayta qusish mumkin. Qusuq massasidan va ogizdan alkogol hidi kelib turadi. Bunday ozgarishlar asosan alkogolning markaziy nerv sistemasiga tasiridan kelib chiqadi. Zaharlangan odamga yordam korsatishda eng avval nafasni yaxshilash tadbirlari koriladi. Chunonchi, ogiz boshligi solak va boshqa massalardan tozalanadi. Solak va shilimshiq ajralishini kamaytirish maqsadida atropindan inyeksiya qilinadi. Nafas juda susaygan bolsa, suniy nafas oldiriladi, kislorod beriladi. Nafas markazi faoliyatini tiklash maqsadida analeptiklar (kofein, kordiamin yoki lobelin) yuboriladi. Venaga glukoza bilan insulin yuborish yaxshi natija beradi. Zond bilan meda chayiladi. 5- rasm. Baqaning ajratib olingan yuragiga etil spirtining tasiri. 23 Zaharlangan odam issiq xonaga otkaziladi, oyoqlariga grelka qoyiladi. Es-hushi oziga kelgach, issiq achchiq choy yoki kofe beriladi. Shuni aytib otish kerakki, alkogol ayniqsa yosh bolalarda va osmirlarda juda xavfli asoratlarni keltirib chiqaradi. Surunkali zaharlanish (alkogolizm). Alkogolning zararli xususiyatlaridan biri u odamni sekin-asta oziga qaram qilib qoyadi va muntazam ichkilik ichib turishga majbur qiladi. Natijada surunkali zaharlanish alkogolizm royobga chiqadi. Alkogolizm- ning alomatlaridan biri xumor qilishdir. Bu abstinensiya holati deyiladi. Xumor natijasida odam turli qingir ishlar (ogrilik, tilanchilik va b.)ga qol urishga majbur boladi. Abstinensiyaning yengil shaklida harakat qozgalishi, qaltirash, xavotirlanish, vahimaga tushish, uyqusizlik holati kuzatiladi. Alkogolizmga duchor bolganlarda markaziy nerv sistemasi faoliyatining izdan chiqishi asta-sekin zorayib boradi, intellektning aynishiga, degradatsiyaga (odam qiyofasining buzilishiga) olib keladi. Ichki azolar va tizimlarda ham noxush holatlar kuzatiladi. Yurak- tomir, hazm va endokrin tizimlar, ayniqsa jigar faoliyati tubdan izdan chiqa boshlaydi. Bundan tashqari, yurakning yog bosishi, miokardiodistrofiya, miokard infarkti, barvaqt ateroskleroz, gi- ðertoniya, gastrit, yara kasalligi va jigar kasalliklari avj olishi mumkin. Shu bilan birga organizmning yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatining pasayishi natijasida ular turli yuqumli kasalliklarga chalinadigan bolib qolib, umri ancha qisqaradi. Alkogolga ruju qoyganlarda endokrin bezlar, jumladan jinsiy bezlar faoliyati susayadi, ulardan tugiladigan bolalar kopincha nogiron, nimjon, kasalvand boladi. Alkogolizmni davolash ikki yonalishda olib boriladi. B i r i n c h i s i abstinensiya holatiga qarshi choralar. Bu maqsadda trankvilizatorlar: benzidiazepin unumlari (xlordiazepoksid, diazepam va b.), vitaminlar (tiamin) ishlatiladi. Bu dori vositalari abstinensiyaning kechishini yengillashtirsa ham, uning qaytalanishining oldini olmaydi. I k k i n c h i s i alkogolga intilishni kamaytirish maqsadida asosan teturam (antabus, disulfiram) preparati qollaniladi. Bu preparat spirtli ichimlik ichmaydigan odamlarda hech qanday ozgarish bermaydi, lekin u qabul qilingandan keyin ichkilik istemol qilinsa, turli noxush holatlarni (bezovtalik, boshning loqillab ogrishi, yuzning qizarishi, kongil aynishi, qusish, terlash, giðotenziya, es-hushning kirdi-chiqdi bolishi, nafasning qiyinlashishi va boshqa ozgarishlar keltirib chiqaradi. Òeturamning bunday tasiri, uning spirtni parchalaydigan alkogoldegidrogenaza 24 fermenti tasirida hosil boladigan atsetaldegid parchalanishining toxtashiga bogliq. Organizm uchun zaharli bolgan bu modda yigilib boradi. Chunki teturam qabul qilingandan keyin oz miqdorda alkogol ichilsa, natijada noxush holatlarning avj olishi odamda ichimlik tami va hidiga nisbatan salbiy shartli refleks hosil qiladi. Pirovardida odam spirtli ichimliklarni kotara olmaydigan, undan jirkanish va kongil tortmaslik hislari paydo boladi. Òeturam tabletka shaklida radoter nomi bilan chiqariladi. Bu preparat mushaklar orasiga qoyish (implantatsiya) uchun moljallangan. Bundan asosiy maqsad dori tasirini uzaytirishdir. Ozbekiston davlat reyestriga va asosiy preparatlar royxatiga kiritilgan. Siamid preparati tarkibida kalsiy sianamid va limon kislota saqlaydi. Òasir mexanizmi va ishlatilishi boyicha teturamga yaqin. Alkogolni istemol qilishga qarshi preparatlar. Ò e t u r a m (Teturamum) tabletkada 0,15 va 0,25 g dan ishlab chiqariladi. R a d o t e r tabletkasi (Tabulettae Radoteri) sterillangan tabletkalar 0,1 g dan flakonda 10 donadan ishlab chiqariladi. S i a m i d (Cyamidum) tabletka shaklida 0,1 g dan ishlab chiqariladi. Alkogol abstinensiyasida beriladigan preparatlar. D i a z e p a m (Diazepam) tabletka shaklida 0,005 g dan va 0,5%li eritma holida 2 ml li ampulada inyeksiya uchun ishlab chiqariladi. Ò i a m i n (Thiaminum), B 1 v i t a m i n i (Vitamin B 1 ). Òiamin xlorid tabletka holida 0,002 g, 0,005 g, 0,01 g dan; 2,5 5% li eritmasi ampulada 1 ml dan ishlab chiqariladi. Òiamin bromid tabletkada 0,00258g; 0,00645g; 0,0129 g; 3 6% li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Rp.: Tabl.Teturami 0,15 D.t.d.N.30 S. sxema boyicha shifokor tayinlaydi. Uxlatadigan dori vositalari Uyqu odam uchun zarur fiziologik jarayon bolib, organizmda sodir boladigan biologik ritmning korinishidir. Bunda oliy nerv faoliyati, umuman markaziy nerv sistemasiga tegishli ayrim faoliyatlar susayadi (es-hush, axborotlar qabul qilish yoqoladi, tana mushaklari boshashadi, nafas chuqurlashadi, tana harorati pasayadi, yurak urishi sekinlashib, qon bosimi tushishi mumkin). 25 Agar odam 57 kun davomida uyqudan mahrum bolsa, har xil ruhiy va boshqa kasalliklarga duchor bolishi mumkin. Bularning kelib chiqishida evolutsiya davrida qaror topgan bioritmning buzilishi malum darajada ahamiyatlidir. Uyqu davrida markaziy nerv tizimi hujayralarining faollik chogida sarflangan energiya manbayi tiklanadi. Uyquning kelib chiqishi, uning mexanizmi ancha murakkab bolgani uchun hozirgacha bu borada aniq bir fikr yoq. Uxlatadigan vositalar deb, malum sharoitda tabiiy uyquga yaqin uyqu holatini keltirib chiqaradigan farmakologik moddalarga aytiladi. Zamonaviy tushuncha boyicha uyqu faol jarayon bolib, almashinib turadigan ikki davr (faza)dan tashkil topishi malum. 1. Sustkash, sekin yoki sinxronlangan uyqu. Bunda ichki azolar faoliyati susayadi. Masalan, yurak urishi sekinlashadi, qon bosimi pasayadi, nafas chuqurlashadi, tana harorati pasayadi, moddalar almashinuvi sekinlashadi va boshqalar. Bir soz bilan aytganda, uyqu chuqur va bir tekis bolib, tush korish kuzatilmaydi. Uyquning bu fazasi butun uyqu davrining 75% ini tashkil etadi va ikkinchi fazasi bilan almashinib turadi. 2. Jadal, tezkor yoki desinxronlangan uyqu fazasi. Bunda simpatik nervning faoliyati kuchayishi sababli yurak urishi tezlashadi, qon bosimi kotarilib turadi, gapirish holatlari bolishi mumkin, moddalar almashinuvi tezlashadi, har xil tushlar korib, bezovtalik alomatlari boladi. Uyquning birinchi fazasi yuqorida qayd etilganidek, nerv hujayralarining faollik davrida sarflangan energiyani toplash va faolligini tiklash uchun zarur. Ikkinchi fazada esa, taxmin qilinishicha, markaziy nerv tizimining faol davrda olingan axborotlarini (malumotlarni) tahlil va taqsim qilish jarayonlari bajariladi. Bir soz bilan aytganda, ikkinchi faza faol bolib, organizm uchun zarurligi inkor etilmaydi. Uyqusizlik hozirgi paytda odamlar orasida juda keng tarqalgan xastalikdir. Bu odamning his- hayajonlariga zor keladigan holatlarning kopayishi, turmush tarzining har xil bolishi, hayot maromining tezlashishi, ruhiy kasalliklar, ogriq bolishi va ayrim endokrin xastaliklar va boshqalar (tireotoksikoz, giðertoniya, nevrasteniya va b.) uyqusiz- likka sabab boladi. Uyquning buzilishi yuqorida qayd etilgan fazalarning, uyqu strukturasining ozgarishi bilan namoyon boladi. Uyqusizlik, asosan, quyidagi uch korinishda boladi: zarur sharoit yaratilga- niga qaramasdan (yoruglik va tovushlarning bartaraf etilishi va b.) 26 uyquning kelishi uzoq vaqt choziladi, uyqu muddati qisqaradi (34 soat), uyqu yengil otib, tez-tez uygonib turiladi. Bular har xil holatlar, kasalliklar (haddan tashqari charchash, haya- jonlanish, bezovtalik, nevroz, nevrasteniya, ogriq sezish va b.) da kuzatiladi. Uyqu kelishining qiyinlashishi emotsional holatlarda, aksariyat yoshlarda, qisqa muddatli uyqu esa qariyalarda uchrab turadi. Uyqusizlik yuqorida aytilganidek, ayrim xastaliklarning belgisi bolib, ushbu va boshqa kasalliklarning kechishini ogirlashtirib, asoratlarga sabab bolishi mumkin. Uyqusizlikni bartaraf etish uchun uyqu keltiradigan dorilar beriladi. Bu dori vositalarini ishlatishdan oldin uyqusizlikning sabablari aniqlanishi darkor. Birinchi galda ushbu sabablarni yoqotish tadbirlari koriladi (ogriq qoldirish, asosiy kasallikni davolash va boshqalar). Uxlatadigan dori vositalariga quyidagi talablar qoyiladi: uyquning kechishi, tuzilishi va muddati tabiiy uyquga yaqin bolishi; tanada yigilib qolmasligi; uyqudan keyin noxush holatlar bolmasligi; qaramlik chaqirmasligi; allergik va shunga oxshash salbiy tasir korsatmasligi kerak. Afsuski, mavjud dori vositalari bularga toliq javob bera olmaydi. Uxlatadigan dori vositalari tasnifi A. Narkotik tasirga ega preparatlar: geterosiklik birikmalar barbituratlar (fenobarbital, ben- zonal, benzobamil, geksamidin); alifatik birikmalar (xloralgidrat, bromizoval). B. Òrankvilizatorlar g u r u h i g a k i r u v c h i p r e - p a r a t l a r benzodiazepinlar (klonazepam, nitrozepam, sibazon). Barbituratlar asosiy uyqu preparatlari hisoblangan. Lekin keyingi vaqtlarda ular oz mavqeyini yoqota boshladi. Chunki barbituratlar keltirib chiqaradigan uyqu kechishi boyicha tabiiy uyqudan farqlanadi. Uyquning kelishini yengillashtiradi, lekin uning tuzilishiga, fazalariga tasir etib, kopincha uyqu chuqur bolmasdan uygonib turish, uyqudan keyingi uygonish davrida noxush holatlar (umumiy boshashish, lanjlik, mudrash va boshqalar) kuzatiladi. Barbituratlar qayta-qayta berilganida kumulatsiya (tanada yigilishi), qaramlik va tolerantlik holatlarini keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababdan ularning bir necha preparatlari (barbamil, siklobarbital hamda barbital, barbital natriy, etaminal natriy tabletkalari) Rossiya davlat reyestridan 27 chiqarilgan, Ozbekiston davlat reyestriga kiritilmagan. Ulardan fenobarbital va etaminal-natriy preparatlari Ozbekiston davlat reyestriga kiritilgan va tibbiyot amaliyotida ishlatiladi. Barbituratlarning farmakologik tasiri yuborilayotgan dozasiga bogliq. Ular markaziy nerv tizimiga tanlab tasir etib, kichik dozada tinchlantiradi, ortacha dozada uxlatadi va katta dozalarda esa narkoz holatini yuzaga keltiradi. Bunday tasir ular ogiz orqali yuborilganda ham kuzatiladi. Chunki barbituratlar kuchsiz kislotalilik xususiyatiga ega bolgani uchun oshqozon va ingichka ichakda yaxshi soriladi, organizmda qon bilan tarqalib, liðofil (yogda eruvchan) bolgani sababli gematoensefalik tosiqdan otadi va markaziy nerv tizimiga oz tasirini korsatadi. Ularning bir qismi qondagi oqsillar bilan boglanadi. Erkin holdagilari (fenobarbitaldan tashqari) jigarda mikrosomal fermentlar tasirida oksidlanib, metabolizmga uchraydi. Organizmdan suvda eruvchan metabolitlar shaklida (asosan, buyraklar orqali) chiqib ketadi. Fenobarbital esa ozgarmagan holda sekinlik bilan chiqariladi. Chunki oqsillar bilan koproq boglangani uchun uning yarim chiqib ketish vaqti (t 1 / 2 ) bir necha kunni tashkil qiladi. Shuning uchun ham fenobarbital uzoq muddat qabul qilinsa, kumulatsiya holatini yuzaga keltiradi va zaharlanish kuzatiladi. Preparat uxlatadigan tasirdan tashqari tutqanoqqa qarshi va biotransfor- matsiyada qatnashadigan mikrosomal fermentlar faolligini oshira- digan induktorlik tasirga ham ega. Shu sababdan fenobarbital tutqanoqlarda ishlatiladigan preparatlar guruhiga otkazilgan (M.D.Mashkovskiy). Etaminal natriy preparatining eritmasi venaga yuborish yoli bilan qisqa muddatli narkoz olish uchun ishlatiladi (noingalatsion narkoz moddalariga qarang). Benzodiazepin guruhiga kiruvchi preparatlar trankvilizatorlar hisoblanadi va tinchlantiruvchi tasir korsatib, uyqu kelishini tezlashtiradi. Bulardan nitrozepam va boshqalar samarali hi- soblanadi. Ushbu dori vositalari benzodiazepinlar past ishqoriy xususiyatli bolgani uchun, asosan, on ikki barmoqli ichakda soriladi; organizmda qon bilan tarqaladi, 6095% qondagi oqsillar bilan boglanadi. Faqat erkin holdagilari gematoensefalik tosiqdan otadi va markaziy nerv tizimiga tasir korsatadi. Asosan, jigarda mikrosomal fermentlar tasirida oksidlanadi va ot bilan chiqib ketadi. Ular, chunonchi, uyqu tuzilishiga tasir etmaydi, yani tabiiy uyquga oxshash uyqu chaqiradi, kumulatsiya 28 va noxush holatlarni keltirib chiqarmaydi. Mikrosomal fermentlarga tasir etmaydi. Shunday qilib, benzodiazepinlar (nitrozepam, tazepal, fena- zepam va boshqalar) asosiy uxlatuvchi preparatlar hisoblanib, amalda uyqusizlikning hamma turlarida keng qollaniladi. Ular ayniqsa asabning buzilishi, bezovtalik va boshqa emotsional holatlar bilan bogliq uyqusizlikda qol keladi. Nitrozepam Ozbekiston davlat reyestriga kiritilgan va tibbiyot amaliyotida keng ishlatiladi. Uning uxlatadigan tasir muddati fenobarbitalga oxshash 3040 daqiqadan keyin boshlanib, 68 soat davom etadi. Preparat kattaroq dozada tutqanoqqa qarshi tasir korsatgani uchun ushbu xastalikda ham qollaniladi. Nitrozepam homiladorlik davrida tavsiya etilmaydi. U kattaroq dozalarda nojoya holatlarga (umumiy holsizlik, ataksiya, bosh ogrigi va boshqalar) sabab bolishi mumkin. Bular preparat dozasini kamaytirish bilan bartaraf etiladi. Preparatlar. F e n o b a r b i t a l (Phenobarbitalum) 0,050,1 g dan kukun va tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan yotishdan 30 60 min oldin uxlatuvchi; 0,010,05 g dan tinchlantiruvchi sifatida beriladi. B a r b i t a l (Barbitalum). 0,250,5 g li kukun holida uxlashdan 1 soat oldin 1 stakan choy bilan ichiladi. B a r b i t a l n a t r i y (Barbitalum-natrium). Kukuni 0,30,5 0,75 g dan uyqudan 1 soat oldin choy bilan ichiladi. 10% li eritmasi teri ostiga va mushaklar orasiga 5 ml dan yuboriladi. E t a m i n a l n a t r i y (Aethaminalum natrium). Òabletka holida ishlab chiqarilmaydi. Kukuni 0,10,2 g dan qabul qilinadi; 5% li eritmasi 510 ml dan venaga yuboriladi (tabletkasi reyestrdan chiqarilgan). M e t a k v a l o n (Methaqualone) 0,2 g dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. Uyqudan 30 min oldin ichiladi. N i t r o z e p a m (Nitrozepam) 0,005 g dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan uyqudan 30 min oldin ichiladi. N o z e p a m (Nozepamum) 0,01 g dan tabletkalar korinishida ishlab chiqariladi. 0,0050,01 g dan 23 marta qabul qilinadi. Uyqusizlikda kechqurun uyqudan 30 min oldin ichiladi. F l u n i t r a z e p a m (Flunitrazepam). 0,002 g dan tabletka holida, ampulada 2 mg kukun holida, 1 ml sterillangan suv saqlagan qoshimcha ampula bilan birga ishlab chiqariladi. Eritmasi mushaklar orasiga, venaga yuborishdan oldin tayyorlanadi. 29 Rp.: Tabl. Nitrozepami 0,005 D.t.d.N.20 S. uyqusizlikda 1 tabletkadan uyqudan 0,5 soat oldin ichiladi. Òalvasaga va titroqqa qarshi dori vositalari Bu guruhga harakat markazlarini tormozlovchi, tutqanoq va parkinsonizmda ishlatiladigan dori preparatlari kiradi. Bosh miya harakat markazining turli sabablarga kora (tutqanoq, qoqshol, eklampsiya, jarohatlanish, yalliglanish, zaharlanish va boshqalar) faoliyatining oshishi va talvasa (epilepsiya) tutishi bilan namoyon boladi. Bunday hollarda kopincha markaziy nerv sistemasi faoliyatini pasaytiradigan (narkoz va uxlatadigan moddalar) va tana mushaklarini boshashtiradigan (miorelaksant) vositalardan foydalaniladi. Lekin tutqanoq kasalligida bunday dori vositalarini qollab bolmaydi. Òutqanoqqa qarshi preparatlar Òutqanoq (epilepsiya) va parkinsonizmga qarshi dori prepa- ratlari amalda bemorlarni davolash maqsadida keng qollaniladi. Òutqanoq kasalligi quyidagi 3 korinishda namoyon boladi: 1. Katta tutqanoq xuruji (grand mal), 2. Kichik tutqanoq xuruji (petit mal), 3. Psixomotor ekvivalent holati. K a t t a t u t q a n o q xuruji birdan boshlanib, bemor hushidan ketadi va turgan holda yiqiladi, tana mushaklari tartibsiz qisqarib (tonik qisqarish), tutqanoq tutadi; ogzidan kopik ajrashi bir necha daqiqa davom etadi; talvasa tugagach kasal uyquga ketadi. Òutqanoqning tez-tez qaytarilishi (epileptik status) ogir holat- larni keltirib chiqaradi. K i c h i k t u t q a n o q xurujida esa bemor bir-ikki sek davomida hushini yoqotib, bir nuqtaga tikilib qoladi, lekin yiqilib tushmaydi, savollarga javob qaytarmaydi. Kopincha, yuz mimik mushaklarini titrashi kuzatiladi. Bemor atrofidagi odamlar kopincha bunday xurujni sezmay ham qoladilar. P s i x o m o t o r ekvivalent holatida tutqanoq tutmaydi. Lekin, malum vaqtlarda boladigan xayolparishonlik xurujida (ayniqsa, tunlari) bemorning harakati, yurish-turishi togri bajarilishi mumkin (masalan, transportga tushib aylanib kelishi, oylamay- netmay xatti-harakatlar qilaverishi va boshqalar). Xuruj tugagach bemor hech narsani bilmaydi va eslay olmaydi. 30 Òutqanoq va titroqqa qarshi tasir korsatadigan dori vositalari kimyoviy tuzilishi va farmakologik tasiri, qollanilishi boyicha turlicha. Òutqanoqqa qarshi qollaniladigan asosiy preparatlar guruhlari: • barbituratlar (fenobarbital, benzonal); • gidantoin unumlari (difenin); • oksazolidindion unumlari (trimetin); • suksinimidlar (etosuksimid, pufemid); • iminostilbenlar (karbamazepin); • benzodiazepinlar (klonazepam); • GAMKergik jarayonlarning stimulatorlari (atsediðrol, vigabatrin); • neyromediator aminokislotalarining ingibitorlari (lamo- tridjin); • turli tuzilishga ega preparatlar (xlorakon, metindion). Qator uxlatadigan tinchlantiradigan dori vositalari. Ular, asosan, bosh miya postloq qismidagi harakat markazining qozgaluvchanligini zaiflashtiradi, shu bilan birga talvasaga sabab bolgan patologik ochoqdan impulslar tarqalishini (irradiatsi- yasini) susaytiradi. Umuman olganda, ularning tasiri turlicha bolib, neyrofiziologik va neyrokimyoviy jarayonlarga qaratilgan. Jumladan, bu dori vositalari tasiri bosh miyadagi tormozlovchi mediator hisoblangan gamma aminomoy kislotasining (GAMK) ortishi bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari, ularning tasiri nervlar oxiridagi adenozinuchfosfatazaga qaratilgan bolib, me- diator ajralishini buzadi, degan fikr ham bor. Òutqanoqqa qarshi ishlatiladigan dori vositalarining davo korsatish mexanizmi ular tasirida neyronlararo qozgalishning kamayishi, neyronlar qozgalishining zaiflashishi, tormozlanishning kuchayishi va tormozlovchi neyronlarning qozgalishi bilan tushuntiriladi. Qayd etilgan dori vositalari tutqanoqning barcha korinishida kasallik xurujining oldini olish va davo qilish maqsadida qollaniladi. 31 2 - j a d v a l . Òutqanoqqa qarshi dori vositalarining davo korsatish samarasi - t a r a p e r P r a l a tt a K q o n a q t u t k i h c i K q o n a q t u t r o t o m o x i s P it a l o h t n e l a v i v k e l a ti b r a b o n e F n i n e fi D l a n o z n e B n i d i m a s k e G n o k a r o l X n it e m i r T n i p e z a m a b r a K n ij d i r t o m a L a t o l s i k t a o r p l a V r a l d i m o r B + + + + + + + + + + + + + + + + + + + + + + + + + + + + Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling