M. O’. Sariboyeva jahon va turkiy xalqlar adabiyoti o’quv-uslubiy majmua Guliston- 2017


Download 342.12 Kb.
bet61/68
Sana03.11.2023
Hajmi342.12 Kb.
#1742103
TuriУчебное пособие
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   68
Bog'liq
Жалолидин Румий-fayllar.org

Asosiy savollar:

  1. Berdi Kerboboev she’riyati.


  2. Berdi Kerboboev nasriy asarlari.




Mavzuga oid asosiy tayanch tushuncha va iboralar:
Ilm o’rganishi, faoliyati, she’riyati, dostonlari, nasriy asarlari, romanlari.

Mavzuga oid muammolar:

  1. B. Kerboboevni butunjahon kitobxonlarga tanitgan asari qaysi va asar qaysi mavzuda yozilgan?


  2. Adibning tanqidiy maqolalariga munosabatingiz va ularda qanday muammolar ko’tarilgan?




1- asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Berdi Kerboboev she’riyati haqida umumiy ma’lumot berib, she’rlaridan namunalar tahlil qiladi.

Indentiv o’quv maqsadlari:

  1. Shoirning ilk she’rlari haqida gapiradi.


  2. B.Kerboboevning sobiq sovet davridagi she’rlari xususida mulohaza


bildiradi.


  1. Dostonlarini tahlil qiladi.




1- asosiy savolning bayoni:
Berdi Kerboboev 1894 -yilda Turkmanistonning Tajan tumanida tug’ildi. Oktyabr to’ntarishidan ilgari ovul maktabida, so’ng Buxoro madrasalaridan birida o’qidi, arab, fors tillarini o’rgandi, Turkman, o’zbek va boshqa sharq xalqlari adabiyoti namunalarini mutolaa qildi. Sovet hokimiyatining dastlabki yillarida Kerboboev turli muassasalarda, respublika gazeta va jurnallari redaksiyalarida ishladi. Bir qancha muddat Leningraddagi Sharqshunoslik institutida ta’lim oldi.

Kerboboev o’z adabiy faoliyatini 1923 yilda gazeta sahifalarida she’rlar e’lon qilishdan boshladi. Dastlabki paytlarida u shoir sifatida ko’ringan bo’lsa-da, 20-yillar oxirlaridan e’tiboran kichik-kichik hikoya va qissalar yoza boshladiki, bu bilan Kerboboev turkman badiiy nasriga ham asos soldi.


B.Kerboboevning 20-yillarda yaratilgan she’rlarida sovet mafkurasiga xos bo’lgan fikr va g’oyalar etakchi xususiyatga ega ekanligi ko’zga tashlanadi. Masalan, shoirning "Sho’ro saylovi" (1926), "O’tibdi","Hoy, qizlar" (1926), "O’kinmadim", "O’qisang", "Cho’llar", "Gulla, mening quvonchim" (1927), "Muallim" (1928), "Traktor yaxshi" (1929), "Boqiy yashil daraxt", "Paxta" (1930), "Otamga so’nggi xatim" kabi she’rlarida jamoalashtirish yillarining qarama-qarshiliklari o’z ifodasini topgan.
Shoir "Qizlar dunyosi", "Taqilma", ("Beshkarti") "Yoz mavsumidagi bir go’zal" dostonlarida Turkman xotin-qizlarining o’tmishda boshdan kechirgan turmushlarini tasvirlaydi. "Amudaryo" dostoni esa Turkman xalqi asrlardan beri orzu qilgan masalaga - Amudaryo suvini Qoraqum sahrosiga oqizish, cho’lni gulistonga aylantirish muammosiga bag’ishlangan.
30-yillardan boshlab B.Kerboboev Turkman davlat nashriyotining adabiy xodimi (1931-35) sifatida A.Gaydarning bir qancha hikoyalarini, L.Tolstoyning "Hojimurod" qissasini, M.Gorkiyning "Ona", M.Sholoxovning "Ochilgan qo’riq", Voynichning "So’na" romanlarini turkmanchaga tarjima qildi. Tarjimachilik yozuvchi ijodining yuqori bosqichga ko’tarilishiga katta ta’sir ko’rsatdi.
Urush yillarida B.Kerboboev boshqa yozuvchilar singari adabiy front saflarida xizmat qildi. Turkmaniston yozuvchilar uyushmasiga boshchilik qilish bilan birga ijodiy ishni ham tinmay davom ettirdi. Qahramonlik, vatanparvarlik tuyg’ularini vasf etuvchi, vatanga muhabbat, dushmanga nafrat ruhida anchagina she’rlar yaratdi.
Yozuvchi turkman madaniyati va san’ati xodimlarining delegatsiyasi tarkibida frontda ham bo’ldi. Jang maydonlarida ko’rgan voqealari asosida xalqning front va front orqasida ko’rsatayotgan fidokorliklarini tasvirlovchi "Vatanga muhabbat", "Kim kimni sevadi?" (1942), "Birodarlar" pesalarini, "Qurbon Durdi" qissasini, "Komissar Geldiev", "Vatan qizlariga" (1942) ocherklarini, "Oylar " dostonini yaratdi.

Download 342.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling