M oliya 4-bob. Moliyaviy boshqaruv


Download 88.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana11.10.2023
Hajmi88.18 Kb.
#1697522
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-mavzu



M oliya
4-BOB. 
MOLIYAVIY BOSHQARUV
4.1. Moliyaviy boshqaruvning m azm un-m ohiyati
«Boshqaruv» atamasi um um iy tarzda ob ’ektni rivojlantirish va 
takomillashtirish maqsadida unga ongli ravishda ta ’sir ko‘rsatishni 
anglatadi. Moliya tizimi doirasida moliyaviy resurslarni qayta taqsim­
lash h ar doim m a ’lum bir m aqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan 
bo‘ladi. Bu narsa shakllangan boshqaruv tizim ini tashkil etishni 
taqazo etadi. Shu m a’noda va eng um um iy ko‘rinishda boshqaruv 
sub’ektining boshqaruv ob’ektiga maqsadli yo‘naltirilgan ta ’siri 
boshqaruv deyiladi.
Davlat jam iyatning ijtim oiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur 
bo‘lgan moliyaviy resurslarni sog‘lomlashtirishga qaratilgan munosa- 
batlar tizimini takomillashtirishi va bu resurslardan samarali ham da 
oqilona foydalanish ustidan nazoratni yo‘lga qo‘yishi kerak. Ana 
shu vazifani bajarish moliyaviy boshqaruv zimmasiga yuklatilgan.
Moliyaviy boshqaruv murakkab jarayon bo‘lib, boshqariladigan 
(ob’ektlar) va boshqaruvchi (sub’ektlar) tizimlarning yagonaligidan 
iboratdir. Boshqaruvchi tizim , bu yerda moliyaviy tashkilotlarning 
m a jm u id a n ib o ra t b o ‘lg an m o liy a tiz im in i n a z a rd a tu tsa , 
boshqariladigan tizim esa pul m unosabatlari m ajm uidan tashkil 
topgan moliya tizimini o ‘z ichiga oladi. Bunda moliyaviy boshqaruv 
jarayoni bir xil tarzda bo‘lmasdan, u faqat ob’ektlarni boshqarishni 
emas, balki boshqaruv sub’ektlarini tashkil qilishni va ularning 
faoliyatini takomillashtirishni ham o ‘z ichiga oladi.
Moliyaviy boshqaruv o b ’ekti sifatida moliyaviy m unosabatlar­
ning turli ko‘rinishlari, shu jum ladan, davlatning ijtimoiy tuzumi 
m am lakatdagi siyosiy kuchlarning nisbati va qayta taqsim lash 
jarayonlariga ta ’sir ko‘rsatadigan boshqa omillar bilan belgilanadigan 
o ‘ziga xos moliyaviy m unosabatlar m aydonga chiqadi. Davlat 
moliyasi, mahalliy moliya va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasida 
moliyaviy boshqaruv sub’ekti sifatida moliyaviy apparat deb nomla- 
nuvchi maxsus xizm atlar yuzaga keladi.
w w w .ziyouz.com  kutubxonasi



Download 88.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling