M O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 383.96 Kb.
bet36/43
Sana16.10.2023
Hajmi383.96 Kb.
#1704915
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43
4-bob. Yakuniy qoidalar
28. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo’lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni sog’lomlashtirishga yo’naltirilgan ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining (keyingi o’rinlarda ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi deb ataladi) maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish tartibini belgilaydi.
2. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda o’z ustaviga amal qiladi.
3. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g’aznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g’azna hisobvaraqlariga ega bo’ladi.
4. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya berish, korreksion-pedagogik va davolash-sog’lomlashtirish faoliyatni olib boruvchi muassasa hisoblanadi.
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni ularning bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash, nuqsonlarni korreksiyalash, imkoniyatiga muvofiq maktab ta’limiga tayyorlash, jamiyatga moslashuviga ko’maklashish maqsadida tashkil etiladi.
5. Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasining vazifalari hisoblanadi:
maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablari hamda ular asosida ishlab chiqilgan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya va sog’lomlashtirish ishlariga qo’yiladigan talablarga muvofiq bolalarning ta’lim-tarbiya olishlarini va korreksion pedagogik ishni ta’minlash;
korreksion ta’lim-tarbiya jarayonini shaxsga yo’naltirilgan, individual tarzda tashkil etish;
bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlari shakllanishi uchun zarur korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim-tarbiya muhitini yaratish;
bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun zaruriy korreksion pedagogik ishni tashkillashtirish;
bolalarni ijtimoiy hayotga va maktab ta’limiga sifatli tayyorlash.
6. O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida"gi Qonuniga muvofiq, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi akkreditasiyasi attestasiya asosida vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
2-BOB. IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTABGAChA

Download 383.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling