M O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


TA’LIM MUASSASASINI TAShKIL ETISh


Download 383.96 Kb.
bet37/43
Sana16.10.2023
Hajmi383.96 Kb.
#1704915
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43
TA’LIM MUASSASASINI TAShKIL ETISh
7. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkaziladi.
8. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari bo’lishi mumkin.
9. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog’liqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sog’liqni saqlash bosh boshqarmasi (keyingi o’rinlarda xalq ta’limi hamda sog’liqni saqlash hududiy organlari deb yuritiladi) tomonidan ma’lum hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasiga ehtiyojni birgalikda o’rganib chiqish yakunlari asosida tashkil etiladi.
Xalq ta’limi hamda sog’liqni saqlash hududiy organlari tomonidan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etish mo’ljallanayotgan hududdagi oxirgi 5 yil davomida 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar orasida tegishli nuqsonlarning ko’payganligini ko’rsatadigan rasmiy statistik ma’lumotlar, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etilishi uchun munosib binoning mavjudligi, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi kabi asoslangan ma’lumotlar jamlanadi.
Xalq ta’limi hamda sog’liqni saqlash hududiy organlari tomonidan tegishli asoslash bilan kiritilgan taklif Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar moliya boshqarmalari va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasi tomonidan bir oy muddatda ko’rib chiqiladi.
10. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish to’g’risidagi qaror Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar moliya boshqarmalari va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasining ijobiy xulosalari mavjud bo’lgan taqdirda, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir hafta muddatda qabul qilinadi.
11. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari ularning ixtisoslashuviga (yo’nalishiga) ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
I tur: Nutqida og’ir nuqsonlar bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi;
II tur: Eshitishida og’ir nuqsonlar bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi;
III tur: Ko’rishida og’ir nuqsonlar bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi;
IV tur: Psixik rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi;
V tur: Aqliy rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi;
VI tur: Tayanch-harakatlanish a’zolarida nuqsonlar bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi.
12. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarining muayyan turi bo’yicha bolalar soni guruh tashkil etish uchun yetarli bo’lmagan hollarda quyidagi turlarni birlashtirish orqali ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etilishi mumkin:
I va II turlar, I va IV turlar, I va VI turlar;
II va III turlar;
IV va V turlar, IV va VI turlar;
V va VI turlar.
Ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etishda ularning har bir turi bo’yicha alohida guruhlarda korreksion ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish majburiy shart hisoblanadi.
13. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
24 soatli;
12 soatli;
10, 5 soatli.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
3-BOB. IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTABGAChA

Download 383.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling