M O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-BOB. IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTABGAChA


Download 383.96 Kb.
bet43/43
Sana16.10.2023
Hajmi383.96 Kb.
#1704915
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
7-BOB. IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTABGAChA
TA’LIM MUASSASANING MOL-MULKI
VA MOLIYa-XO’JALIK FAOLIYaTI
72. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari;
bolaning ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida bo’lgan davri uchun badal to’lovlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan shartnoma asosida pulli xizmat ko’rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
mahalliy, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Badal to’lovi undirilmaydigan bolalarning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlar ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
73. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasini moliyalashtirish belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkaziladigan va tasdiqlanadigan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
74. Shtat jadvali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.
75. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining ish haqi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
76. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari O’zbekiston Respublikasida tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishning o’rtacha sutkalik rasional normalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari hisobiga oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
77. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
78. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasining moliya-xo’jalik faoliyati ustidan nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
8-BOB. YaKUNIY QOIDA
79. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish o’quv yili tugaganidan keyin qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida bolalarni boshqa ta’lim muassasalariga ko’chirish Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan ota-onalar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.



Download 383.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling