M O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 383.96 Kb.
bet42/43
Sana16.10.2023
Hajmi383.96 Kb.
#1704915
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
TA’LIM MUASSASASINI BOShQARISh
69. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasiga O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari hamda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan mudir bevosita rahbarlik qiladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri bilan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligiga muvofiq tuziladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimiga qo’yiladigan malaka talablari O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
70. Mudir:
ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha qarorlar qabul qiladi va ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
bo’ysunuvidagi mas’ul xodimlar o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning javobgarlik darajasini belgilaydi;
o’z vakolatlari doirasida ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasining barcha xodimlari uchun majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi;
moddiy-texnik bazani mustahkamlash, ta’lim-tarbiya va korreksion ishlarini takomillashtirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash va ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatining boshqa masalalari bilan bog’liq alohida masalalarni hal etishga doir takliflarni vakolatli organlarga ko’rib chiqish uchun kiritadi;
pedagoglar, tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Mudir har chorakda kamida bir marta o’z faoliyati to’g’risidagi hisobotni tegishli fuqarolar yig’iniga taqdim etadi.
71. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik, metodik va tibbiy-psixologik-pedagogik kengashlar tashkil etiladi va faoliyat yuritadi. Ularning faoliyati tartibi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.



Download 383.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling