Iqtisodiy ko‘rsatkichlar (misol uchun korxona web - serverga asoslangan bo‘lib Internet muhitida) elektron tijorat tizimlarini qurish uchun tanlangan variantlari iqtisodiy samaradorligini baholash uchun ishlatiladi.
Tashkiliy ko‘rsatkichlar yangi axborot tizimining mavjud tizim bilan, shuningdek korxona faoliyati va uning biznes-jarayon- lariga birlashish darajasini belgilaydi.
Marketing ko‘rsatkichlari deganda web - serverni Internet muhitida marketing dasturi amalga oshirilishi va siljitishva web - marketingni vositalardan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar anglatadi.
Shuni yodda tutish kerakki, ushbu ko‘rsatkichlarning barcha guruhlari bir-biri bilan bog‘liq. Ularning birontasini tanlaganda natijada murakkab baholanish amalga oshiriladi.
Iqtisodiy samaradorlik
Web-serverga asoslangan korxonaning elektron tijorat tizimining samaradorligi uni yaratish va ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlari tizimni qo‘llash natijasiga nisbati orqali aniqlanishi mumkin.
Iqtisodiy samaradorlikni aniqlash negizida elektron tijorat tizimini ishlatish hisobiga asosiy moddalarini aniqlash va xa- rajatlarni kamaytirish yotadi.
Umumiy xarajatlarni bir martalik kapital xarajatlari va foydalanish xarajatlariga bo‘lish mumkin.
Bir martalik xarajatlarga quyidagilar kiradi:
zarur jihozlarning narxi;
dasturiy ta’minot narxi;
aloqa liniyalari va tegishli jihozlarni tashkillashtirishga investitsiyalar;
web - serverni, uning dizaynini yangilash va web - serverning ishga faolliini ta’minlash funksiyasini bajarish uchun zarur bo‘lgan yordamchi uskunalar kabi kompyuter texnikasi;
web - serverning ishlashini korxonaning ichki resurslar hisobiga ta’minlanganda hodimlar malakasini oshirish va qayta tayorlash harajatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |