Turli yetkazib beruvchilar ushbu bozorda mahsulotlarni qanday targ‘ib qilishini va mahsulotlarning o‘zlari bozorga qanchalik yaxshi tanish- ligini aniqlash
|
Mahsulotni
reklama
qilish
|
Saytlarni, jurnallarni, televizion va radio dasturlarni, reklama xabarlarini (bannerlar, plakatlar va h.k) ko‘ribchiqishsh, ko‘rgazmalarga tashrif buyurish va h.k. Mijozlar va vositachilardan mahsulot to‘g‘risida ma’lumot olgan joylarni so‘- rash. Boshqa kompaniyalarning intervyu yoki hisob-kitob orqali yoki nashrlardan mahsulotni targ‘ib qilish uchun qancha mablag ‘sarflashini aniqlash
|
Marketing tadqiqotlarini olingan va tahlil qilingan ma’lumotlarning xarakteriga qarab ajratish mumkin: miqdoriy tadqiqotlar va sifatli tadqiqotlar; ikkilamchi ma’lumotlarga (tadqiqotishlari) va dastlabki ma’lumotlarga (dala tadqiqotlariga) asoslangan tadqiqotlar.
3.2.2. Marketing tadqiqotlari bosqichlari va marketing
ma’lumotlari turlari
Marketing tadqiqotlarining bosqichlari va tartiblari 3.2.1- jadvalda keltirilgan.
Marketing ma’lumotlari: turlari, manbalari va to‘plash usullari
Marketing axboroti - bu marketing qarorlarini tayyorlash va qabul qilish uchun zarur bo‘lgan har qanday obyekt, hodisa, jarayon yoki hodisa to‘g‘risidagi bilimlar, ma’lumotlar, axborotlar.
3.2.1-jadval
Marketing tadqiqotlarining bosqichlari va tartiblari
Bosqichlar
|
Protseduralar (tartibi)
|
Muammoning ta’rifi va tadqiqot maqsadlari
| |
Tadqiqot rejasini ishlab chiqish
| |
Tadqiqot rejasini amalga oshirish
|
Ma’lumotlar to‘plash;
Ma’lumotlar tahlili
|
Olingan natijalarni sharhlash va ularni rahbariyatga taqdim etish
| |
Marketing ma’lumotlarini quyidagicha tasniflash mumkin:
olish manbasi va usuli bo‘yicha: birlamchi va ikkilamchi ma’ lumotlar;
ma’lumotlarning xarakteriga ko‘ra: miqdoriy va sifatiy ma’ lumotlar;
marketing bo‘limi bilan bog‘liq ma’lumotlar oqimiga qarab: kirish, tahlil qilish, saqlash, chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |