M. Qodirxonov 2022 yil malakaviy amaliyot dasturi


Fakultet dekani: dotsent O‘.Abdullayev


Download 158.5 Kb.
bet2/16
Sana10.02.2023
Hajmi158.5 Kb.
#1184244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-KURS Malakaviy amalyot DASTURi

Fakultet dekani: dotsent O‘.Abdullayev.


Kirish
O’zbekiston respublikasi prezidentining 21.06.2022 yildagi PQ-289 sonli Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida qarorida,pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ilg’or xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko’tarish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari ushbu qarorga ko’ra pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik o’quv mashg’ulotlari «4+2» tartibida, shu jumladan darslarning 4 kuni oliy ta’lim muassasasida, 2 kuni maktabgacha va umumiy o’rta ta’lim muassasalarida amaliyot o’tash tartibida olib borilishini ta’minlanishiga alohida urg’u berilgan.
“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da ta’lim tizimiga malakali xodimlarni tayyorlash, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.
Yuqoridagi vazifalarni bajarishda talabalarga nafaqat nazariy bilimlarni berish balki, ularni amalda sinab ko‘rish, qo‘llash orqali mutaxassislarga kerakli bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirishning qay darajada samarali ekanligi barchaga ma‘lum. Shuning uchun ham bo‘lajak bakalavrlar ta’lim muassasalarida pedagogik amaliyotni o‘tashlari ham alohida ahamiyatga ega. Mutaxassis sifatida o‘z fanini yanada chuqurroq o‘rganishda, pedagogik muloqot ustasi bo‘lishida, uslubiy bilim, malakalarni egallashida davr talabiga javob beradigan tarbiyachi,mudira, uslubchi bo‘lib shakllanishida pedagogik amaliyotning o‘rni beqiyos.
Malakaviy amaliyotlar bakalavriat ta’lim dasturining majburiy qismi hisoblanadi va amaliyotlar o‘quv, tanishuv va pedagogik va malakaviy amaliyotlar shaklida tashkil etiladi. Malakaviy amaliyotlar talabalarning kasbiy-amaliy tayyorgarligiga bevosita yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bakalavrlar tayyorlashning ta’lim dasturi – o‘quv-tanishuv, pedagogik va bitiruv oldi amaliyotlarini o‘z ichiga oladi.
Malakaviy amaliyot davomida talabalar maktabgacha ta’lim tashkilotida olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlar jarayonini kuzatadilar va o‘rganadilar. Umumkasbiy, maxsus fanlar bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar.
Malakaviy amaliyot 60111000-Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari bakalavr yo‘nalishi talabalarini tayyorlashning muhim bosqichi bo‘lib xizmat qiladi. Malakaviy amaliyot tajribali, yetuk mutaxassislarga ega bo‘lgan umumta’lim muassasalarida o‘tkaziladi.

Download 158.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling