M. Qodirxonov 2022 yil malakaviy amaliyot dasturi
Uslubchilarning vazifalari
Download 158.5 Kb.
|
1-KURS Malakaviy amalyot DASTURi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Malakaviy amaliyot rahbarlarining vazifalari
Uslubchilarning vazifalari:
dastur asosida ishchi reja tuzish; malakaviy amaliyotning maqsad va vazifalarini talabalarga tushintirish; muassasa rahbariyati, pedagoglar jamoasi, guruh tarbiyachilari bilan tanishish va talabalarni guruhlarga taqsimlash; tajribali tarbiyachilarga biriktirish, ularning ish hujjatlarini yuritish borasidagi tajribalarini talabalarga o‘rgatib borishlarini ta’minlash; talabaning mashg’ulot (konspekt) ishlanmalarini nazorat qilish, metodik tavsiyalar berish; talabalarning mashg‘ulotlarini nazorat-tahlil qilish va uslubiy maslahatlar berib borish; talabalar tayyorlagan ko‘rgazmali qurollarni sifatini tekshiri borish va foydalanishni o‘rgatish; talabalarni taqatma material tayyorlash, informatsion pedagogik texnologiya manbaalaridan foydalanishga o‘rgatish; bolalar bilan ishlash yo‘llarini o‘rgatish; talabalarning o‘zaro mashg‘ulot kuzatuvini nazorat qilish va tahlil qilish; talaba-amaliyotchilarning pedagogik amaliyot yakuniy anjumaniga hisobot tayyorlash, kafedra va dekanatga hisobot berish. Malakaviy amaliyot rahbarlarining vazifalari Umumta’lim tashkiloti rahbari bilan birgalikda talabalarni guruhlarga biriktiradi, tarbiyachi bilan birgalikda mashg‘ulot mavzularini, mashg‘ulotdan tashqari ishlarni talaba-amaliyotchilarga rejalashtiradi; - amaliyot davri uchun yagona reja tuzishda talabalarga yordam beradi, amaliyot dasturiga muvofiq o‘quv ishlari, mashg‘ulotdan tashqari o‘tkaziladigan tadbirlarni o‘rganishga oid maslahatlarni tashkil qiladi; - talabalar ish rejalarini tasdiqlaydi; - mashg’ulot va mashg’ulotdan tashqari bajariladigan ishlar bo ‘yicha talabalarga maslahatlar beradi, ularni muhokama qiladi va baholaydi, talabalar ish rejalarining bajarilishi ustidan nazorat qiladi; - faol amaliyot davrida talabalarga tadbir senariylari tuzishga yordamlashadi, sinov eshitishlar uyushtiradi, didaktik va demonstratsiya vositalarini tanlashga ko‘maklashadi hamda darsda ishtirok qiladi; kunning ikkinchi yarmida guruhning barcha talabalari, tarbiyachisi bilan birgalikda shu kuni o‘tilgan mashg‘ulotlarning muhokamasini uyushtiradi va ballarda baholaydi; - faol amaliyot davri uchun har bir talabaga 4-5 ta ta’limiy-o‘yinli faoliyatni kuzatish rejalashtiriladi; - talabalar tayyorlagan hujjatlarni yig‘adi va muhokama qiladi, amaliyot yakunlari bo‘yicha hisobot tayyorlaydi va fakultet rahbariga topshiradi; - institutda malakaviy amaliyot bo‘yicha o‘tkaziladigan tashkiliy muqaddima va yakunlovchi anjumanlarda qatnashadi, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlariga o‘tkazadigan yig’ilishlarda, amaliyot bo‘yicha yakuniy seminarda qatnashadi va talabalarga amaliyot bo‘yicha umumiy baho chiqaradi; - mutaxassislik fani bo‘yicha maalkaviy amaliyot rahbariga 25 tagacha talaba biriktiriladi. Download 158.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling