M s h. Nurmatova, s h. T. Xasanova, D. E. Azimova ustaxonada amaliy
USTAXONADA AMALIY MASHG‘ULOT FANINING
Download 5.38 Mb. Pdf ko'rish
|
29ustaxonadaamaliymashgulotpdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Q O G O Z VA KARTO NNI QAYTA IS H L A S H T E X N IK A S I Qog‘ozning paydo boiish tarixi.
USTAXONADA AMALIY MASHG‘ULOT FANINING
MAQSAD VA VAZIFALARI Ustaxonada amaliy mashg'ulot fanining asosiy maqsadi maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ijodiga rahbarlik qilish uchun amaliy bilim va ko'nikmalar berishdan iboratdir. Ushbu fanni o'qitishdagi asosiy vazifalardan biri O'zbekis- ton Respublikasining «Ta’lim to'g'risidagi Qonuni» va «M ak tabgacha ta'lim konsepsiyasi» asosida mehnat tarbiyasini to'g'ri yo'lga qo'yish, talabalarni maktabgacha ta'lim ni o'rgatishda- gi bolalar mehnat faoliyatiga rahbarlik qilish uchun tayyor- lashdan iboratdir. Bular asosan quyidagilardan iborat: — o'quvchilarni tanlagan kasblariga qiziqishlarini uyg'otish, olgan bilimlarini rivojlantirish, mehnat orqali hosil bo'lgan ko'nik- ma va malakalarini shakllantirish; — o'quvchilarda mehnatga nisbatan muhabbatni tarbiyalash va kasbga yo'naltirish; — tanlangan kasbga nisbatan qiziqishlarini tarbiyalab, ijodiv ko'rgazmalar, o'yinlar uchun atributlar yasashga xohishlarini uyg'otish; — qog'oz, karton kabi materiallaming xususiyatlari bilan tanish- tirish; — mehnat qilish madaniyati malaka va ko'nikmalarini tar biyalash; — buyumlarni tayyorlash jarayonini rejalashtirish, tayyorlash texnologiyasini o'rgatish, mahsulotni tejash, buyumlar qorala- masining eskizini va suratini chizishga o'rgatish, chizmalami o'qish va ish joylarini tartibli saqlash; — o'quvchilarni buyumlar yasash jarayonida oddiy asbob- lardan foydalanishga o'rgatish hamda badiiy didlarini shakl- lantirishga, vaqtni tejay olishga, maqsadga muvofiq ishlashga odatlantirishdir. 5 Q O G 'O Z VA KARTO NNI QAYTA IS H L A S H T E X N IK A S I Qog‘ozning paydo boiish tarixi. Qog'oz sanoati haqida qisqacha ma'lumot berib o‘tamiz. Odamlar asrlar davomida o‘z xotiralarini suyakka, toshga, hayvon terisiga bitib kelishgan. Fikrlarning ilk shakli muayyan shartli belgilar bilan ifodalangandir. Dastlabki kitoblar — qovalar bo’lib, ibtidoiy odamlar unga ovchilik qurol- yarog'lari, o'rmon va sahroda yashovchi hayvonlarning rasmlarini o'yib ishlaganlar. Yozuvning ilk sistemasi piktografiya deyiladi. «Piktos» grekcha so'z bo’lib, rasm demakdir. Biroq ayni bir rasmning o'zi turli hodisalarni bavon qilishi mumkin. Keyinchalik odamlar yozuvni amalda qo’llashga harakat qilganlar. Masalan, Dajla va Frot vodiylarida loy ko'p bo’lib, odamlar ilk sahifani loy plastinkadan tayyorlab, uning yumshoq sathiga uchi o’tkirlangan qamish bilan uzaytirilgan uchburchak shaklidagi belgilarni o'yishgan. Yozuvning bu usuli mixxat deb atalgan. Belgilar bilan to'lgan taxtachalar xumdonlarda pishirilib yassi g'isht sahifalar paydo bo'lgan, ulardan sopol kitoblar tuzilgan, albatta, ularning sahifalari birlashtirilmagan, yashiklarga joylashtirilgan. Ossuriya podshohi Ashurbanipal, eramizdan oldingi V II asrda o'z poytaxtida sopol kitoblarning katta kutubxonasini tashkil etgan bo'lib, u kitob namunalari bizgacha yetib kelgan. Qadim Hindistonda yozuvlar palma daraxti barglariga bitilgan. Palma yaproqlari quritilib, ulardan eskiz plastinkalar qirqib olingan, keyin tush bilan yozilgan, bu plastinkalar bir-biriga mustahkam yopishtirilib, jildi yaxshi silliqlangan taxtachalar holiga keltirilgan va ustiga bezak berilgan. Qadimiy greklar mum kitoblami ixtiro qilishgan, bu yaxshi tekislangan taxtacha o'rtasidan kvadrat o'yilgan bo'lib, u sariq yoki qora mum bilan to'ldirilgan. Yozuvda esa po'lat cho'pdan foydalanilgan. Bir uchi bilan o'tkir po'lat cho'pda yozishgan bo'lsa, ikkinchi dumaloq uchi bilan yozilgan narsani o'chirishgan. Bir- biri bilan biriktirilgan taxtachalardan kitoblar yasalgan, kitob, jadval yoki sahifalarning qulayligi shundaki, ulardan uzoq muddat unumli foydalanish, yozuvni o'chirish va qayta yozish oson bo'lgan. Misrliklar yozish materiallarini Nildan olganlar. Nil vodiysi botqoq- liklarida qamishga o'xshash o'simliklar mo'l bo'lib, qadimgi Rim xalqi ularni papirus deb ataganlar. Silliq, poyasi bargsiz bu o'simlikning bo'yi 4 metrga yetgan. Yozuv quroli uchun poya 6 barglardan tozalanib, uning o'rtasidagi yumshoq g'ovak o'zak olinadi. Undan uzun yupqa kesma qog'ozlar qirqilib lik holda taxlanadi, so'ngra ho'! barg yopishtirilib, taxtakachlanadi, qurigach sirti pemza bilan sayqallanadi. Papirus sinuvchan bo'lib, uni tiklash mumkin emasdi, shuning uchun misrliklar ularni bir- biriga yelimlab o'raganlar. Bulardan qilingan kitob hozirgi kunda Britaniya muzeyi kutubxonasida saqlanadi. Bir necha mingyillar davomida papirus yagona yozuv materiali bo'lib kelgan, undan asosan misrliklar, greklar. rimliklar foydalanib kelganlar. Papirus o'ramlari silindrsimon qutilarga solinib, kutubxonalar tokchalarida saqlangan. Pergament kitob taxminan eramizning I I I asrida Kichik Osiyodagi qadimiy shahar Pergameda paydo bo'lgan. U hayvonlar terisidan tayyorlangan, bu anchagina murakkab va ko'p mehnat bilan bajarilgan. Teri maxsus eritmada namlangan, cho'zilgan, quritilgan, keyin qirilgan, sayqal berilgan va tekislangan. Bir kitob uchun butun bir poda mol so'yilgan. Teri kitob papirusga nisbatan bir necha afzalliklarga ega bo'lib, uning ikkala tomonida bemalol yozish mumkin, bundan tashqari oldingi yozilgan tekstni o'chirib, yangisini yozish mumkin bo'lgan. Pergamentdan hozirgi kunda ham ayrim kitoblar tayyorlanadi. Bir necha daftardan iborat kitobni rimliklar kodeks deb atashgan. Tayyorlash jarayonining murak- kabligi, materalining qimmatligi uchun pergament unchalik keng tarqalmagan. Eramizdan V asr muqaddam Uzoq Sharq mamlakatlarida shoyiga yozish rasm bo'lgan. Bu ham qimmatbaho material bo'lib, madaniyat rivojlanib borgan savin yozish arzon materialga talab orta borgan. O lim lar qog'ozni birinchi marta ipak namati tayyorlanayotgan vaqtda paydo bo'lgan, deb taxmin qiladilar. Bambukdan qog'oz tayyorlagan ustaning nomi bizga noma'lum. Bambuk tozalanib, maydalab qirqilib bir necha kun ohakka bo'ktirib pishirilgan, keyin sovitilib, uni maydalab yopishqoq bo'tqasimon bo'lguncha suv qo'shib aralashtirilgan. Bu bo'tqa maxsus hovuzga botirilib, tezda qaytib olingan, bunda to'rsimon qilib tortilgan iplar ustida yupqa qatlam hosil bo'ladi. So'ngra ular taxtakach ostiga qo'yilib suvi siqib chiqarilgandan keyin qolgan yupqa qog'oz varag'i issiq pechda quritilgan. Qog'ozni to'rda cho'kindi qoldirish usulida tayyorlash hozirgi kundagi qog'oz tayyorlash jarayonida ham ishlatiladi. Anchagina pishiq, arzon xomashyodan tayyorlanadigan qog'oz barcha mamlakatlarda keng 7 qo'llana boshlandi. Biroq qog‘ozni tayyorlashning bu jarayoni juda unumsiz edi, qog‘ozga bo'lgan talab esa tobora orta borardi. Keyinchalik xomashyoni maydalashda o'g'ir o'rniga tegirmon toshidan foydalanila boshlandi, shuning uchun ham qog'ozni tayyorlaydigan korxonalar qog'oz tegirm onlari deb atala boshlandi. X IX asrda saksoniyalik to'quvehi Keller birinchi bo'lib qog'oz tayyorlashda eng arzon xomashyo — yog'ochni maydalash usulini topdi. Yog'ochni maydalashda u doimo ho'llab turiladigan charxdan foydalandi. 1844 yilda u yog'och massasini maydalaydigan mashina — defibrerni qurdi. Yog'ochdan qilingan qog'ozning lattadan qilingan qog'ozga nisbatan pishiqligi kamroq bo'lib, yorug'lik ta’sirida xiralashardi. Yog'ochdan sellyulozani ajratib olishga faqat 1857 yilda ingliz kimyogari F. Xautan muvaffaq bo'ldi. U yog'och massasiga qaynoq kaustik soda eritmasi bilan ishlov berdi. Qog'oz massasi yog'och, sellyuloza va to'ldirgichlar (bo'r, bo'yoq mod- dalari, yelim)dan iboratdir. Sellyuloza qanchalik ko'p bo'lsa, qo g'ozning sifati shunchalik yuqori bo'ladi. Download 5.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling