M s h. Nurmatova, s h. T. Xasanova, D. E. Azimova ustaxonada amaliy


Download 5.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/108
Sana03.11.2023
Hajmi5.38 Mb.
#1742737
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   108
Bog'liq
29ustaxonadaamaliymashgulotpdf

Qog‘ozni qaychi bilan qirqish. Qaychi o'ng qo'lda ushlanadi. 
Ish vaqtida qaychini harakatsiz ushlab, qirqilayotgan qog'ozni, 
undagi kesish chizig'i aniq ko'rinishi uchun aylantirib turiladi.
Andoza bilan ishlash. Andozani materialni tejash maqsadlarida 
qog'ozning chetiga qo'yib, chap qo'l bilan bosib turiladi, o'ng 
qo'ldagi qalam bilan andozaning chetidan chiziladi.
Qog‘ozni yopishtirish. Stolning ustiga gazetani yozib, uning 
ustiga kerakli o'lchamda qirqib olingan rangli yoki istalgan qog'oz 
qo'yiladi va mo'yqalam yordamida o'rtasidan chetiga awal chap, 
so'ngra o'ng tomonga qarab sirach, yelim surtiladi. Sirach yoki 
yelim surtilgan qog'ozni yopishtiriladigan predmetning ustiga 
qo'yib, uning ustiga g'ijimlanishlar bo'lmasligi uchun toza latta 
bilan bosib tekislanadi. Yassi narsalar taxtakach ostida quritiladi.
15


Hajmli predmetlar qog'oz shimmasligi uchun ham ichki, ham 
tashqi tomonidan yelimlanadi.
Biriktirish usuli. Predmetlar montaji va ularga yakuniy pardoz 
berish har bir ishning nihoyalovchi bosqichi hisoblanadi. 
Predmetlarni yig'ish va ularga pardoz berish usullari qilingan ish 
va uning xarakteriga, tayyorlangan predmetning o'ziga bog'liq 
tarzda amalga oshiriladi. Chunki predmetning turli detallari har 
xil usullarda, ya'ni maxsus klapanlar, poloskalar yordamida 
yopishtirilishi, hoshiyalash yordamida birlashtirilishi, gazlama 
yopishtirilishi, ip bilan tikilishi, sim, kanop va shu kabilar bilan 
jipslashtirilishi mumkin.
Qog'ozdan yasalgan detallarni yelimlash yassi hajmli ishlarni 
bajarishda qo'llaniladi. Qog'ozni kartonga yelimlash: muqovalash 
ishlari, hajmli narsalarni pardozlash, quticha va g'iloflarni 
yopishtirishda detallarni gazmol poloskalari yordamida birlashtirish, 
kimyoviylashtirish, muqovalash ishlarida, muqovaning ikki bo'lagini 
gazmol bilan biriktirishda ip bilan tikish va ip bilan biriktirish 
zarur.
«Fonus xayol» teatri va qo'g'irchoq teatrining harakat- 
lanuvchi qo'g'irchoqlarini tayyorlashda, daftar sahifalarini, 
karnaval kostyumlarini tikishda va boshqa bir qator ishlarda 
foydalaniladi. Detallarni sim bilan oshiq-rnoshiq tarzida birik­
tirishda, «fonus xayol» teatrining harakatlanuvchi detallarini, 
qo'g'irchoq teatrining shakllari va boshqa narsalarni yasashda 
foydalaniladi. Bunday ishda ingichkaroq, igna yoki mixga oson 
o'raladigan simdan foydalaniladi. Bir-biriga biriktiriladigan 
karton yoki qalin qog'oz oldindan bigiz bilan teshib, tayyorlab 
qo'yiladi. Qog'oz va kartondan yasalgan detallarni turli xil qilib 
biriktirishda qutichalar, konvertlar, turli konstruksiyadagi papka- 
lar yasashda foydalaniladi.
Yakuniy bosqich predmetni pardozlash ishi estetik ko'rinishda 
bo'lishi kerak. Bu detallarni turlicha qilib har xil bo‘yoqlar bilan 
bo'yash, applikatsiyalar bajarish, tabiiy, turli materiallar bilan 
bezash, gazlama qoplash va boshqa usullarda bezashdan iborat.

Download 5.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling