M s h. Nurmatova, s h. T. Xasanova, D. E. Azimova ustaxonada amaliy
Download 5.38 Mb. Pdf ko'rish
|
29ustaxonadaamaliymashgulotpdf
M o y bo‘yoq bilan bo‘yash. M oy bo'yoq bilan bo'yash bir
tonli va marmarsimon bo'lishi mumkin. Har ikkala holatda ham bo'yoq bir xil tayyorlanadi. M oy bo'yoq kerosin va qaymoq darajasida suyultirilib bo'yash amalga oshiriladigan idishdagi suvga quyiladi. Bir tonli bo'yashda bir hil rangdagi bo'yoqdan foydalaniladi. Suv ustiga quyilgan bo'yoq tayoqcha bilan ohista aralashtiriladi, bunda bo'yoq suv ustida yupqa rangli qatlam hosil qilishi kerak. Qog'oz ana shu qatlam ustiga ohista qo'yib olinadi. Qog'oz quritilgach, dazmollanib, so'ngra unga rangsiz spirtli lak surtiladi. Agar qog'oz marmarsimon rangga bo'yaladigan bo'lsa, idishdagi suvga bir necha xil bo'yoq solinib, ohista aralashtiriladi. Shaffof rangdagi qog'ozni tayyorlash uchun oddiy yozuv qog'ozining har ikkala tomonini kerosin (o'simlik moyi yoki boshqa yog'lar)ga botirib, undagi ortiqcha yog'lar quruq tampon bilan artib olinadi. Qog'oz moyni ko'p shimib olmasligi uchun unga 32 gazeta yoki o'rashga mo'ljallangan qog’oz o’rtasiga qo’yib uning ustidan iliq dazmol yuritiladi. Bunday qog’oz qo’l mehnati darslari- da kalkaning o'rnini bemalol bosa oladi. Murakkab o’yinchoqlarni yasashda qog’ozga tez yonishdan saqlovchi modda singdiriladi. Suvga chidamli qog’ozni eritilgan issiq mum yoki mumning parafin bilan aralashmasini singdirish orqali olinadi. Suv tegirmonining parraklari, qayiqchalarga xuddi shunday ishlov beriladi. «Tilla» va «kumush» qog’ozlarni tayyorlash uchun alyuminli va tillarang bronza kukunlaridan foydalaniladi. Erituvchi modda odatda kukun bilan birga solinadi. Metall kukunlarini rangsiz spirt lakida ham aralashtirish mumkin. Agarda qog’oz ustini rasm bilan bo’yash kerak bo’lsa, metall kukuni kraxmal yelimda eritilib, qog’ozni bo’yagandek bo’yaladi. Biroq bu bo’yoq unchalik pishiq chiqmaydi. Qog’ozni bo’vashda, bo’yalayotgan qog’oz tagiga gazetani bir necha qavat qilib solish kerak. Ular qopqoqli mix bilan stolga mahkamlab qo’yiladi. Bo'yalgan qog'ozga mum yoki lak bilan sayqal beriladi. Qog’ozlarni bo’yash quyidagicha bajariladi: 1. Rangli qalam bilan bir yoqlama bo’yaladi (pastdan yuqoriga, o’ngga, chapga, qiyalatib); 2. Rangli bo'yoq ham shunday bo'yaladi (chapdan o’ngga, yuqoridan pastga); 3. Qog'ozni tayyorlangan bo'yoqqa botirib olish bilan bo’yash; 4. Taroq va tish cho’tkasi bilan sachratib bo’yash; 5. Paxta qog'oz porolon tamponlar bilan urib-urib bo’yash. Moyli bo’yoqdan foydalanib bo’yalgan qog’oz suvga chidamli va juda chiroyli ko’rinishda bo'lib chiqadi. Shuning uchun uni marmar usulida bo'yalgan qog’oz deyiladi. Bu quyidagicha bajariladi: moyli bo’yoq kerosin yoki benzin bilan aralashtiriladi. B o ’yoq suvga aralashmasdan suv ustida qatlam hosil bo’ladi. Qog’ozni shu suvga botirib sekin-asta ko’tariladi. Qatlamdagi bo’yoq qog’ozga yopishib qoladi. Qog’oz qurigach, yangi marmar toshga o’xshab qoladi. Agar rangini turlicha qilmoqchi bo’lsak, bir nechta rang bir yo'la solinadi. Qog’ozni bo’yashda sabzavot-mevalarni, ya’ni qizil sabzi. sariq sabzi, lavlagi, o’sma, turp, pomidor, mandarin suvlarini siqish orqali bo’yoq tayyorlashimiz mumkin. Ularni qirg’ichdan yoki 3 — Nurm atova, M .S Ii. 33 maydalab to'g'rash orqali siqib olinadi. Hosil bo'lgan ranglarni alohida og'/i berkitiladigan idishlarda saqlash mumkin. Download 5.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling