M s h. Nurmatova, s h. T. Xasanova, D. E. Azimova ustaxonada amaliy


Qog‘oz va kartondan tayyorlangan matcriallarni ta’niirlash


Download 5.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/108
Sana03.11.2023
Hajmi5.38 Mb.
#1742737
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   108
Bog'liq
29ustaxonadaamaliymashgulotpdf

Qog‘oz va kartondan tayyorlangan matcriallarni ta’niirlash.
Maktabgaclia ta'lim muassasalarida qog'oz va kartondan yasalgan 
qo'IIanma, kitob, ko'rgazma niqoblar, tarqatma materiallar oddiy 
usulda ta’mirlanadi. Maktabgaclia ta'lim muassasalari tarbiyachilari 
adabiyotlardan keng foydalanadilar. Bu adabiyotlardan foydalanish 
jarayonida yillar davomida kitob, qo'llanmalar yaroqsiz holatga 
kelishi mumkin. Albatta, bolajonlarimizning eng sevimli kitoblarini 
ko'z qorachig'iday avaylab-asrash tarbiyachilar va ustozlar oldidagi 
asosiy vazifalardan biridir. Yaroqsiz holga kelgan qo'llanmalar, 
kitob, ko'rgazma, tarqatma materiallarini oddiy usulda ta'mirlash 
mumkin.
T a ’mirlash uchun kerak bo'ladigan jihozlar: karton qog'oz, 
doka, «PVA» yelimi, qaychi, bigiz va 10-raqamli oq ip, vatman 
yoki oq qalin qog'ozlar.
Ta'mirlashni bajarish: barcha yirtilgan, yaroqsiz holga kelgan 
kitoblar oldindan ajratib olinadi. So'ngra ularning qaysi tomoni 
yaroqsiz ekanligi aniqlanadi. Agar kitobning ichidagi bo'lagi 
muqovadan ajralib ketgan bo'lsa, unga dokani ikki qavat qilib 
1,5—2 sm oralig'ida tasmacha shaklida qirqilgandan keyin uni kitob 
muqovasiga «PVA» yelimi bilan biriktirib muqovaga yopishtiriladi. 
Ichki varaqning o'ng tomon usti va chap tomon tag qismiga oq 
qalin albom varag'i tasmacha qilib, kesib yopishtiriladi va kitobni 
og'ir narsa tagiga bostirib qo'yiladi. 2—3 soatdan so'ng kitobdan 
foydalanish mumkin bo'ladi.
38


H oshiyalashni o ‘rgatish bo‘yicha uslubiy m aslahatlar.
Talabalarga karton chetiga flyuzerin kesmalarni, qog'ozni kartonga 
yelimlashning asosiy bosqichlaridan birini mustaqil bajarishni 
o'rgatish lozim. Qog'ozning chetlari avval bir, keyin ikkinchi 
yo'nalishda namlanadi. Qog'oz bo'kadi, bir cheti egri-bugri bo'lib 
qoladi, ikkinchi uchi dumaloq bo'lib o'raladi. Qog'oz tez bo'k- 
maydi, qanchalik qalin bo'lsa, shunchalik sekin bo'kadi.
Agar yelim surtilgan qog'oz darhol kartonga yopishtirilsa, qog'oz 
bo'kishda davom etib, u egri-bugri, notekis bo'lib quriydi. Kartonga 
qog'oz yopishtirishdagi birinchi qoida qog'ozga yelimni surtib, 
unga yelimni shimishi uchun ozgina kutish, ana shundan keyin 
uni kartonning ustiga qo'yish va o'rtasidan chetlari tomon ohista 
silab yopishtirish kerak. Shunda qog'oz tekislanib, tagidagi havo 
chiqib ketadi. Qog'oz yopishtirganda karton buralib ketmasligi 
uchun qog'ozni kartonning har ikkala tomoniga yopishtirish kerak 
hamda taxtakachlab quritish lozim. Berilgan o'lchamlar bo'yicha 
chizg'ich va burchak bilan dastlabki ishlarni bajarishda awal to'g'ri 
burchaklar chiziladi (karton, kartonga yopishtirish uchun qog'oz, 
hoshiyalash uchun kesmalar). Bunday ish uchun chizma-o'lchov 
asboblari, qaychi, yelim, mo'yqalam, taglik uchun qog'oz, ikkita 
fanera yoki qalin qog'ozdan qilingan planshet shpagat, taxtakachni 
aylantirish uchun tayoqchalar kerak bo'ladi.
Materiallar: karton. qog'oz, gazlama (yopishtirish va hoshiya 
uchun) quritilgan barglar, gullar yoki rangli qog'ozdan shablon 
bo'yicha qirqilgan gullar.
Buyumlar namunalari ko'rib chiqilib, o'lchamlar, kerakli 
materiallar, aniqlangan ish tartibi tuziladi va quyidagi holatda ish 
boshlanadi:
— ish karton kvadratlarni tayyorlashdan boshlanadi;
— kartonni hoshiyalash uchun qog'oz yoki gazlamani hisoblab 
tayyorlanadi, uning o'lchamlari, karton kvadrat tomonlarining 
uzunligi, eni aniqlanishi kerak;
— kartonga yopishtirish uchun rangli qog'ozni chizib tayyor­
lanadi. Uning o'lchami karton o'lchamidan 5—6 mm kichikroq 
bo'lishi kerakligini unutmaslik kerak;
— kartonni hoshiyalash;
— qog'ozni yopishtirish;
— barg, gul va shu kabilar tasviri yelimlanadi;
— taxtakach tagiga qo'yiladi.
Ish ko'pchilik bo'lib bajarilishi mumkin.
39



Download 5.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling