Qirqilniagan oynani hoshiyalash. Oyna parchalarining shakli
har xil. Uchburchak shaklini olamiz. Uni hoshiyalash uchun uchta
teng o'lchamdagi karton bo'lagi olinadi. 2-kartonda oyna shakliga
muvofiq tuynuk, 3-kartonda esa uchburchak shaklidagi tuynuk
qirqiladi. 1-karton ustiga 2-karton qo'yiladi, so'ngra tuynukka
eksponatni joylashtirib, uning ustiga oyna qoplanadi va nihoyat
3-karton qo'yilib, odatdagidek hoshiyalanadi.
Yassi buyumlarni hoshiyalash. Qog'oz va karton orqali
bajariladigan rasmli
ko'rgazmalarni hoshiyalash. Maktabgacha
ta’lim muassasalarida guruh xonalarini, musiqa, sport xonalarini
jihozlash uchun hoshiyalash orqali tavyorlangan ko'rgazmalar bilan
bezatish mumkin. Har bir yasalgan ish chiroyli, talabga javob
beruvchi, insonni o'ziga jalb qiluvchi bo'lishi lozim. Yasalgan har
bir ishni hoshiyalash, uni o'z o'rnida ishlata olishga harakat qilish
tarbiyachi oldida turgan asosiv vazifadir.
Hoshiya tayyorlash uchun kerakli ish qurollari: rangli qog'oz,
baxmal qog'oz yoki zar qog'oz, «PVA» yelimi, leykoplastir, oyna
izolentalari, karton qog'oz kerak bo'ladi. Hoshiyalashning 3 turi
mavjud. Bular:
1. To'rtburchaksimon hoshiyalash.
2. Yaxlit hoshiyalash.
3. Uchburchaksimon hoshiyalash.
Hoshiyalashda ish quyidagicha bajariladi. Buning uchun 1
sm qalinlikdagi kesma ya'ni tasmacha qirqib olinadi. Yana
ikki buklab yoniga, so'ngra tepa-pastki qismiga yopishtiriiadi.
Bunday hoshiyalash to'rtburchaksimon hoshiyalashdir. U ch
burchaksimon hoshiyalashda uchta tomoniga tasmachalar
yopishtiriiadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi katta stendlarni yaxlit
hoshiyalashda katta hajmli karton ustini qog'oz bilan to'liq
o'raladi. Qog'ozning hajmi 1 sm ortiqcha bo'lishi kerak, so'ngra
ilgak yasaladi. llgak bilan kanopli, qalin to'qish ipidan, sun'iy
ipdan foydalanish mumkin. Hoshiyalashda biz faqat osish uchun
einas, balki tirgovuchli ushlagichlardan foydalanishimiz ham
mumkin.
37
r
*
Ц
Do'stlaringiz bilan baham: |