M s h. Nurmatova, s h. T. Xasanova, D. E. Azimova ustaxonada amaliy
K IR IS H Orzu-tilok yo'li mehnat tagida, Xozinaning mo ‘li mehnat tagida. Abu Shukur Balxiy
Download 5.38 Mb. Pdf ko'rish
|
29ustaxonadaamaliymashgulotpdf
K IR IS H
Orzu-tilok yo'li mehnat tagida, Xozinaning mo ‘li mehnat tagida. Abu Shukur Balxiy M a'lum ki, mustaqil Respublikamizda yosh avlodni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash muhim hayotiy vazifalardan biri hisoblanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnatining mazmuni «Uchinchi ming villikning bolasi dasturi»da alohida ko'rsatib o'tilgan. Unga bolalarning mehnat jarayonida tarkib topadigan shaxsiy fazilatlariga qo'yiladigan talablarning asta- sekin murakkablashib borishi masalalariga alohida e'tibor qarati- ladi. Yorqin kelajakni Ьафо etadigan kishilar mehnatga muhabbati bilan ajralib turishi kerak. Shuning uchun, bolalarda bog'cha yoshidanoq oddiy mehnat ko'nikmalarini, jamoatchilik va o‘noqlik tuyg'ularini shakllantirish dolzarb masalalardan biridir. O'quv qo'llanmada qog'oz va uning paydo bo'lish tarixi, qog'ozni qayta ishlash, bo'yash, ta’mirlash, undan har xil buyumlar yasash texnologiyalari bayon etilgan. Shu bilan birga unda qog'ozdan csdaliklar yasash, bayramlar uchun ijodiy ishlar, harakatli o'yinchoqlar tayyorlash yo'l-yo'riqlari mufassal bayon qilingan. Sluiningdek. ko'rgazmali qurollar texnologiyasi, qo'g'irchoq teatri, uning turlari, qo'g'irchoqlarni yasash, bolalarni applikatsiyada qo'llaniladigan tabiiy materiallar bilan tanishtirish, o'simlik urug'lari va barglaridan applikatsiya qilish, gazlama bilan ishlash, kashtachilik, zardo'zlik hunarining sirlari, yumshoq o'yinchoq tikish jaravoni ko'rsatib berilgan. Bola lar tabiatan kattalarning dunyosiga tezroq qo'shilishni xohlaydilar. Bog'cha yoshidagi bolalarda ijodkorlik hissini o'stirish jarayonida ularga oddiy mehnat ko'nikmalarini o'rgatibgina qolmay, ayni vaqtda zarur axloqiy sifatlarni: mustaqillik, maqsadga intilish, topshirilgan ish uchun mas'uliyatni his qilish, maqsadga erishish uchun qat'iyatlilik, tengdoshlariga xushmuomalalik va hokazolami singdirish juda muhimdir. Maktabgacha ta’lim muassasasidagi mehnat tarbiyasi bolalarni o'zlarining qo'llaridan keladigan mehnat faoliyatiga jalb qilishdan iboratdir. Mehnat turini tanlashda ishning ko'pchilik bo’lib bajaradigan shaklini tanlash lozim. Mana shunday yo'lga qo'yilgan mehnat juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'ladi. U bolalarda hayotiy tashkilotchilik malakalarini rivojlan- tiradi, ongli intizomga o‘rgatadi. Uyushqoqlik bilan tashkil etilgan mehnat bolaning o‘z kuchiga to’g'ri baho berishiga yordam beradi. Maktabgaclia ta'lim muassasasidagi mehnat tarbiyasining zamon talablari asosida olib borilishi ham hozirgi kun tartibida turgan dolzarb muammolardandir. Bolalar mehnati, ularga hayotiy tajriba, tushunchalar berish bolalarning ijodkorligiga asoslangan faoliyatning muhim vositasi hisoblanadi. Ayniqsa, axloqiy tarbiya berishda uning ahamiyati kattadir. Bolalar mehnatining kattalar mehnatiga nisbatan o’ziga xosligi shundaki, unda mehnatning samarali natijasi darhol na- moyon bo’lavermaydi. Dastlabki bosqichlarda bolalar mehnati ko’proq o’yin shaklida tashkil etiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning mehnat faoliyati cheklangan bo’lib, asosan, o’z-o’ziga xizmat ko'rsatish mehnatidan iboratdir. Bolalarning mehnati ularning yoshiga ko’ra asta-sekin o’ziga xos tashkiliy shakllarga ega bo’la boradi. Har bir bola qiziqadigan va umumiy maqsadlarni hal etishda muayyan natijalarga erishishga yo’naltirilgan jamoa mehnati katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Bilim berishga asoslangan ba'zi bir mehnat turiarini mash- g'ulotlarda bajarish ham o’quv qo'llanmada ko’zda tutilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling