M s h. Nurmatova, s h. T. Xasanova, D. E. Azimova ustaxonada amaliy
Qog‘oz va karton buyumlarga sayqal berish
Download 5.38 Mb. Pdf ko'rish
|
29ustaxonadaamaliymashgulotpdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qog‘oz va kartonga sayqal berish uchun asbob va materiallar.
- Gruntovka va shpaklyovka qilish.
Qog‘oz va karton buyumlarga sayqal berish. Sayqal berish
operatsiyalarining maqsadi buyumni bezash yoki biror materialga taqlid qilish uchun uning tashqi ko'rinishini o'zgartirishdir. Buyum- ga sayqal berishning maqsadi uni nam. chang ta'siridan saqlash ham bo'lishi mumkin. Ko'pincha sayqal berish buyum sathini muhofaza qilish, uni bezatish, tashqi ko'rinishini boshqa materialga o'xshatish vazifalarini birvarakayiga hal qiladi. Qog‘oz va kartonga sayqal berish uchun asbob va materiallar. Sayqal berish ishlarida qo'llaniladigan asosiy asboblar bo'yoqlar uchun mo'yqalamlar to'plami, lak. mum, yelim va sayqal beruvchi idishlardir. Buyumlarga mum yoki parafin singdirishda metall idish- vannachalardan foydalaniladi. Materiallami gruntlash, shpaklyovka, bo'yovchi. ustki qoplamani hosil qiluvchi plyonka materiallari, sathni bezash va imutatsiya materiallari, tabiiy material, bo'yalgan qog'oz, qipiq, metall kukunlarga ajratish mumkin. Gruntovka va shpaklyovka qilish. Qog'ozdan yasalgan narsalarni gruntovka qilishda duradgorlik yelimi, olif moyi yoki suyultirilgan mov bo'yoqlardan foydalaniladi. Yelimli grunt tez quriydi, an- chagina pishiq plyonka hosil qiladi. Bu grunt bo'yoqni yaxshi oladi. Qog'oz buyumlar agarda ular moy bo'yoq bilan bo'yaladigan bo'lsa, gruntovka qilinadi, chunki gruntovkasiz moy bo'yoq qog'oz sathda bir tekisda yotmaydi. Nam ta'sirida bo'luvchi buyumlarni gruntovka qilishda oliy navli oliy moydan sof miqdorda moybo'yoq qo'shib foydalaniladi. Agarda qog'oz yoki karton yaxshi yelimlan- magan bo'lsa, ularni bir necha marta gruntlashga to'g'ri keladi, har bir takroriy qatlam oldingisi to'liq qurigandan keyiti beriladi. Papye-mashyedan qilingan narsalar grunt sifatida yelim, moy, emulsiya, levkos gruntidan foydalanib, bir necha marta gruntovka qilinadi. Shpaklyovka qilish buyum sathidagi notekisliklar, chuqur- chalarni maxsus yog'langan shpaklyovka bilan to'ldirishdir. Shpak lyovka va gruntovka natijasida predmetlarning bo'yaladigan sathi silliq yanada pishiq va mustahkam bo'ladi. Sayqal berishda xilma- xil badiiy va dekorativ bo'yoqlar: moy, akvarel, appilin, yelim, emal, guash, rangli va qora tush, spirtli, nitrosellyuloza laklaridan foydalaniladi. Mum, parafindan jilosiz ishlov berishda, shuningdek, qog'ozni namga bardoshli qilishda foydalaniladi. Eritgichlar sifatida skipidar, efir moyi, benzin, kerosin, vino spirti, atseton va maxsus chiqariladigan sanoat erituvchilaridan foydalaniladi. Agarda buyum 30 sathiga yaltiroq Гоп beriladigan bo'lsa, bo'yoqning erituvchisi sifatida lak, olif moyi yoki akvarel bo'lsa skipidar ishlatiladi. O lif moyi pishirilgan zig'ir yoki kanop yog'i bo'lib, unga pishirish jarayonida tayyor olif moyining ko'rinishini tezlashtiruvchi katalizatorlar qo'shiladi. Shuning uchun katalizatorlar quritgich yoki sikkativlar degan nomni olgan. Emal bo'yoqlar quriganda mustahkam yaltiroq qatlam berishi kerak. Pastasimon konsisten- siyadagi yelimli bo'yoq guash deyiladi. Guash bir tekisdagi shaffof bo'lmagan sof tondagi qatlam bilan qog'ozni yaxshi bo'yaydi. Nitrobo'yoqlar tez yonuvchandir, shuning uchun ulardan foyda- lanilmaydi. Sanoat ishlab chiqaradigan moy bo'yoqlar assortimentga juda boydir. Qog'oz va kartonni laklashda mebel (№ 4—4 a), kanifol (№ 7) laklaridan foydalangati yaxshi. Moyli lakning bronza kukuniga aralashtirishga mo'ljallangan maxsus navi bronza tinkturasi deyiladi. Qog'ozni bo'yashda quyidagi bo'yoq va moslamalardan foydalaniladi: Download 5.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling