M s h. Nurmatova, s h. T. Xasanova, D. E. Azimova ustaxonada amaliy
Download 5.38 Mb. Pdf ko'rish
|
29ustaxonadaamaliymashgulotpdf
va muhr tayyorlash tcxnikasi. Maktabgacha ta'lim muassasasida
har bir o'tkaziladigan mashg'ulotlarda bolalarni mustaqil ishlashga, qo'l muskullarini rivojlantirishga o'rgatib borish zarur. Tarbiyachilar har bir o'tkaziladigan mashg'ulotiga ijodiy yondashgan va o'z mahoratini ishga solgan holda yangilik yarata olishlari lozim. Bolalar bog'chasining ilk yosh guruhidan boshlab to tayyorlov guruhigacha ish jarayonlari oddiydan murakkabga qarab boradi. Buning uchun o'tkaziladigan mashg'ulotlarda ayniqsa tasviriy faoliyat, rasm, applikatsiya, loy ishlarini yaratishda uctaxonada amaliy ish fanining ahamiyati kattadir. Bolalar bog'chada trafaret, shablon asosida chiziladigan buyumlarni, shakllarni chizishga, qirqish, yelimlashga, yasashga o'rgatiladi. Trafaret yasash uchun kerak bo'ladigan ish qurollari: 1. Rangli suratlar; 2. Kalka qog'ozi; 3. Qora qalam; 18 4. Qaychi, pichoqcha; 5. PV A yelimi; 6. Dermantin; 7. Karton qog'oz; 8. Kleyonkadan foydalanish mumkin; Trafaret — qalin qog'oz, yupqa karton, tunuka, plastmassadan tayyorlanadigan yig'indisi turli murakkablikdagi naqshni yoki biror yozuv matnini tarkib toptiradigan tirqishlar qilingan plastin- kadir. Trafaretdan ko'p karra takrorlanuvchi rasmlar, harflar, yozuvlarni olishda foydalaniladi. Trafaretlar qurilishda, devor- larni bezashda, tayyor mahsulotlar turlarini markalashda keng qo'llaniladi. Maktab amaliyotida trafaretlar qalin rasm qog'o- zidan tavyorlanib unga rasm, naqsh, harflar aniq chiziqlar bilan tushiriladi. Har bir detal yonidagi qismlar bilan ko'proq birlashi- shi lozim. Rasm tushirilgan qog'ozga olif moy yoki moy laki singdiriladi. Lak yoki o lif moyi qurigach, qog'ozning ustini artib, rasmni o'yib olishga kirishiladi. Trafaretni bir necha qavat keraksiz qog'oz solingan taxta ustiga qo'yib, qalamtaroshning uchi bilan olib tashlanishi lozim bo'lgan qismlari qirqiladi. Qalamtaroshni qiyalatib ushlash lozim. Mayda detallarni qirqishda chizmalarni tozalashda ishlatiladigan nayza- simon qirish perolaridan ham foydalanish qulaydir. Trafaretlar xilma-xil: bir rangli qismlarni va ko'p bo'yoqli tasvirlarni berishga mo'ljallangan bo'lishi mumkin. Ko'p bo'yoqli tasvirlarda rasm ranglar soniga ko'ra qismlarga ajratiladi. Har bir rangda alohida trafaret tayyorlanadi. Ko'p rangli rasmni bajarishda trafaretlar qo'llanilish tartibiga muvofiq raqamlanadi. Bundan tashqari ularda rasmning ma'lum qismlarini tekshirib turish maqsadida teshiklar qilinadi, bu teshiklar bo'yalmaydi. Qo'shaloq trafaretlar uzluksiz rasmlarni olisli uchun xizmat qiladi, birinchi trafaretda rasmning bir qismi, ikkinchisida esa rasmning birinchisi bilan ulanishini ta’m inlovchi qismlari bajariladi. Download 5.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling