M s h. Nurmatova, s h. T. Xasanova, D. E. Azimova ustaxonada amaliy


Q O G ‘O Z YA KARTO N B ILA N IS H L A S H


Download 5.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/108
Sana03.11.2023
Hajmi5.38 Mb.
#1742737
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   108
Bog'liq
29ustaxonadaamaliymashgulotpdf

Q O G ‘O Z YA KARTO N B ILA N IS H L A S H
Qog'oz va karton rangi shakli, o'lchami, tekis yoki g'adir- 
budurligiga qarab maqsadli malakalarni o'stirib borish kerak. 
O'yinchoqlar turli esdaliklar, ko'ylak uchun bezaklar tayyorlash,
16


unda rang va shakllami uyg'unlashtirish haqidagi tushunchalar 
kengaytirib boriladi. Qog'oz va karton bilan ishlaganda andoza, 
qaychi, yelimdan to'g'ri foydalanish, malakalami mustahkamlash 
kerak.
Qog'ozni qo'l bilan yirtish, turli shakllar yasashni o'rgatish 
lozim. Zar qog'ozdan har xil munchoqlar, stol teatri uchun 
personajlar, o'rdakcha, xo‘roz, Cheburashka, qo'g'irchoqlarning 
ko'ylagini gul va naqsh bezaklar bilan bezash, kompozitsiya 
tuzish, mebellar, qutichalar yasash o'rgatiladi.
Qog‘oz — bu biz har birimiz kunda to'qnashib turadigan, 
eng kerakli va qiziqarli materiallardan biridir. Biz kunda kitob 
va gazetalarni o'qiymiz, ko'chalarda yorqin plakatlar, konsert- 
larda, ko'rgazmalarda afishalarni uchratishimiz mumkin. Agar 
diqqat bilan atrofga nazar tashlasak, qog'ozning har xil 
buyumlar yasash uchun ham ishlatilganini ko'ramiz.
Qog'oz bilan ishlash uchun qaychi bilan yelim kerak, xolos. 
Qog'oz berilgan shaklni saqlab turish, o'yinchoqlar yasash 
uchungina emas, boshqa kundalik hayotimizda kerak bo'ladigan 
buyumlar yasash imkonini beradi. Biz bolaligimizda qog'ozni 
kashf etganmiz, uning hayratlanarli xususiyatlaridan zavq- 
langanmiz. M ohir qo'llarda oddiy daftar varag'i gulga, likop- 
chaga, suvda suzadigan qayiqchaga aylanadi. Oxirgi paytlarda 
qog'oz o'zining dekorativ xususiyatlari bilan mutaxassislarning 
diqqatini jalb qilmoqda.
Uning rangi, turli xususiyatlari har xil dekorativ ishlarda 
katta ahamiyatga ega, ayniqsa, mozaikada. Pedagoglarning 
hisoblashicha, qog'oz qanchalik xilma-xil va rang-barang bo'lsa, 
shunchalik u bilan ishlash qiziqarliroqdir.

Download 5.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling