M s h. Nurmatova, s h. T. Xasanova, D. E. Azimova ustaxonada amaliy
Qog‘oz va kartondan tayyorlangan matcriallarni ta’niirlash
Download 5.38 Mb. Pdf ko'rish
|
29ustaxonadaamaliymashgulotpdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- H oshiyalashni o ‘rgatish bo‘yicha uslubiy m aslahatlar.
Qog‘oz va kartondan tayyorlangan matcriallarni ta’niirlash.
Maktabgaclia ta'lim muassasalarida qog'oz va kartondan yasalgan qo'IIanma, kitob, ko'rgazma niqoblar, tarqatma materiallar oddiy usulda ta’mirlanadi. Maktabgaclia ta'lim muassasalari tarbiyachilari adabiyotlardan keng foydalanadilar. Bu adabiyotlardan foydalanish jarayonida yillar davomida kitob, qo'llanmalar yaroqsiz holatga kelishi mumkin. Albatta, bolajonlarimizning eng sevimli kitoblarini ko'z qorachig'iday avaylab-asrash tarbiyachilar va ustozlar oldidagi asosiy vazifalardan biridir. Yaroqsiz holga kelgan qo'llanmalar, kitob, ko'rgazma, tarqatma materiallarini oddiy usulda ta'mirlash mumkin. T a ’mirlash uchun kerak bo'ladigan jihozlar: karton qog'oz, doka, «PVA» yelimi, qaychi, bigiz va 10-raqamli oq ip, vatman yoki oq qalin qog'ozlar. Ta'mirlashni bajarish: barcha yirtilgan, yaroqsiz holga kelgan kitoblar oldindan ajratib olinadi. So'ngra ularning qaysi tomoni yaroqsiz ekanligi aniqlanadi. Agar kitobning ichidagi bo'lagi muqovadan ajralib ketgan bo'lsa, unga dokani ikki qavat qilib 1,5—2 sm oralig'ida tasmacha shaklida qirqilgandan keyin uni kitob muqovasiga «PVA» yelimi bilan biriktirib muqovaga yopishtiriladi. Ichki varaqning o'ng tomon usti va chap tomon tag qismiga oq qalin albom varag'i tasmacha qilib, kesib yopishtiriladi va kitobni og'ir narsa tagiga bostirib qo'yiladi. 2—3 soatdan so'ng kitobdan foydalanish mumkin bo'ladi. 38 H oshiyalashni o ‘rgatish bo‘yicha uslubiy m aslahatlar. Talabalarga karton chetiga flyuzerin kesmalarni, qog'ozni kartonga yelimlashning asosiy bosqichlaridan birini mustaqil bajarishni o'rgatish lozim. Qog'ozning chetlari avval bir, keyin ikkinchi yo'nalishda namlanadi. Qog'oz bo'kadi, bir cheti egri-bugri bo'lib qoladi, ikkinchi uchi dumaloq bo'lib o'raladi. Qog'oz tez bo'k- maydi, qanchalik qalin bo'lsa, shunchalik sekin bo'kadi. Agar yelim surtilgan qog'oz darhol kartonga yopishtirilsa, qog'oz bo'kishda davom etib, u egri-bugri, notekis bo'lib quriydi. Kartonga qog'oz yopishtirishdagi birinchi qoida qog'ozga yelimni surtib, unga yelimni shimishi uchun ozgina kutish, ana shundan keyin uni kartonning ustiga qo'yish va o'rtasidan chetlari tomon ohista silab yopishtirish kerak. Shunda qog'oz tekislanib, tagidagi havo chiqib ketadi. Qog'oz yopishtirganda karton buralib ketmasligi uchun qog'ozni kartonning har ikkala tomoniga yopishtirish kerak hamda taxtakachlab quritish lozim. Berilgan o'lchamlar bo'yicha chizg'ich va burchak bilan dastlabki ishlarni bajarishda awal to'g'ri burchaklar chiziladi (karton, kartonga yopishtirish uchun qog'oz, hoshiyalash uchun kesmalar). Bunday ish uchun chizma-o'lchov asboblari, qaychi, yelim, mo'yqalam, taglik uchun qog'oz, ikkita fanera yoki qalin qog'ozdan qilingan planshet shpagat, taxtakachni aylantirish uchun tayoqchalar kerak bo'ladi. Materiallar: karton. qog'oz, gazlama (yopishtirish va hoshiya uchun) quritilgan barglar, gullar yoki rangli qog'ozdan shablon bo'yicha qirqilgan gullar. Buyumlar namunalari ko'rib chiqilib, o'lchamlar, kerakli materiallar, aniqlangan ish tartibi tuziladi va quyidagi holatda ish boshlanadi: — ish karton kvadratlarni tayyorlashdan boshlanadi; — kartonni hoshiyalash uchun qog'oz yoki gazlamani hisoblab tayyorlanadi, uning o'lchamlari, karton kvadrat tomonlarining uzunligi, eni aniqlanishi kerak; — kartonga yopishtirish uchun rangli qog'ozni chizib tayyor lanadi. Uning o'lchami karton o'lchamidan 5—6 mm kichikroq bo'lishi kerakligini unutmaslik kerak; — kartonni hoshiyalash; — qog'ozni yopishtirish; — barg, gul va shu kabilar tasviri yelimlanadi; — taxtakach tagiga qo'yiladi. Ish ko'pchilik bo'lib bajarilishi mumkin. 39 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling