M s h. Nurmatova, s h. T. Xasanova, D. E. Azimova ustaxonada amaliy


Qog‘ozdan archa o'yinchoqlarini yasash


Download 5.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/108
Sana03.11.2023
Hajmi5.38 Mb.
#1742737
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   108
Bog'liq
29ustaxonadaamaliymashgulotpdf

Qog‘ozdan archa o'yinchoqlarini yasash. Talabalar Yangi yil 
bayrami haqidagi ko'pgina ertaklar, m ultfilm lar, she'rlar, 
hikoyalarni yaxshi bilishadi. Bu bayramda archani chiroyli bezash 
va Qorbobo, Qorqiz mehmon bo'lib kelishi bolalarni quvontiradi. 
Archani chiroyli bezatishda bolalarning o'zlari archa bezaklari va 
o'yinchoqlarini yasay bilishlari kerak. Qog'ozdan qor parchalari, 
girlyandalar, osma o'yinchoqlar, yelimsiz archa o'yinchoqlari, 
chiroqlar yasaladi.
Bu o'yinchoqlarni yasash uchun quyidagi: rangli qog'oz, yelim 
qaychi, har xil pechenye, konfetlarning zar qog'ozlari, turli xil 
gul qog'ozlar, kalka ishlatiladi. Qor parchalarni yasash uchun zar 
yoki oq qog'ozdan kvadrat hosil qilib olamiz va uni 6—8 qirrali 
qilib buklab chiqamiz.
Hosil bo'lgan uchburchak shaklga naqsh elementini chizib
qirqib chiqiladi. So'ngra qog'ozni ochib, tekis holatga keltiriladi. 
Qor parchasi tayyor bo'ldi. Zanjirlami tayyorlash uchun 5—6 xil 
rangli qog'ozdan ingichka tasmalar qirqiladi. Qalinligi 2 sm, 
uzunligi esa 8 sm qilib olinadi va ular ketma-ket bir-birining 
orasidan o'tkazib yelimlanadi. Zanjirning ikkinchi ko'rinishi yelimsiz 
bajariladi.
Bunda qog'oz hajmi kattaroq olinadi va undan har xil shakllar 
qirqiladi. Bir-biriga kiygizib chiqiladi. Osma o'yinchoqlar yasash
42


uchun har xil chiroyli o'yinchoqlar tanlanadi va ularning shakli 
qog'ozga tushiriladi. Shakllar qirqib olinadi va yelimlashdan oldin 
ular orasidan ip yoki sim o'tkaziladi, shu tariqa chiroq va girlyanda- 
lar yasaladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida archa o'yinchoqlari va 
bczaklarini tayyorlashda rangli qog'oz, zar qog'ozlar, tashlandiq 
xomashyo ya’ni tuxum po'choqlaridan foydalanish mumkin. Quyida 
rangli qog'ozdan archa bezaklari, qor parchalarini yasash usullari 
va namunalar berilgan.
Tuxum po'chog'idan archa o'yinchoqlarini yasash uchun ichi 
bo'shatilgan tuxum po'chog'i, bigiz, sim, rangli qog'ozlar, zar 
qog'ozlar, rangsiz lak kerak bo'ladi.
Bajarish usuli: tuxumni asta-sekinlik bilan bigiz yordamida ikki 
tarafidan teshib, bir teshigidan puflab, ichidagi suyuqlik chiqarib 
olinadi. Keyin tozalab yuvib quritiladi. So'ngra unga rangli 
qog'ozdan yoki akvarel bo'yog'ida ishlov beriladi. Yasab bo'lgandan 
so'ng teshik tomoniga tayyor archa simchalari o'rnatiladi va P F
№ 283 lak yordamida laklanadi. O'yinchoqlar osib quritiladi. 
Quyida tuxum po'chog'idan yasalgan o'yinchoqlardan namunalar 
berilgan.
43




Download 5.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling