M s h. Nurmatova, s h. T. Xasanova, D. E. Azimova ustaxonada amaliy


Download 5.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/108
Sana03.11.2023
Hajmi5.38 Mb.
#1742737
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   108
Bog'liq
29ustaxonadaamaliymashgulotpdf

Klcstr yordamida bo‘yash. Klestr quyidagicha tayyorlanadi:
Qozonchaga bir osh qoshiq un solib unga yarim piyola suv 
solinadi va qoshiqda yaxshilab atalaymiz. So'ngra yana ozgina 
suv qo'shiladi, keyin gazni past olovda yoqib, qozonchani kavlab 
turamiz. 3-4 daqiqada tayyor bo'ladi. So'ngra sovutilgach, oq 
list olamiz, bitta qoshiq lavlagini qog'ozga quyamiz va uni paxtada 
edirib chiqamiz va unga taroq va boshqa narsalar bilan bezak 
beramiz.
M arm ar bo‘yash. Bunday bo'yashda bizga kerak bo'ladigan 
ish qurollari: bir qoshiq benzin yoki kerosin, unga yarim piyola 
suv solib, unga yana moy bo'yoqdan solib aralashtiriladi. Bajarish 
usuli: maxsus idishga suv solamiz, unga bir qoshiqda benzin 
solamiz, unga moy bo'yoqdan bitta tomchi tomizamiz va uni 
cho'pda aralashtiramiz. Ungacha qog'ozni to'rt buklab qirqib 
aralashmaga botirib bir tomonini bo'yavmiz. Qatlamdagi bo'yoq 
qog'ozga yopishib qoladi. Qog'oz qurigach, rangi marmar toshga 
o'xshab qoladi. Agar rangini turlicha qilmoqchi bo'lsak, bir necha 
rang bir yo'la solinadi. 1.5—2 kunda quriydi.
Qog‘oz va karton buyumlarini hoshiyalash. Kartondan yasalgan 
narsalar alohida sinchkovlik hamda carishtalikni talab qiladi. Tartib 
va did bilan qilingan planshet va paspartularqo'llanmalarga chiroyli 
ko'rinish beribgina qolmay, balki ulardan foydalanish muddatini
34


uzaytirishga ham yordam bcradi. Avval qog'ozda bajarilgan, so'ngra 
kartonga yopishtirilgan har qanday sxema uzoqroq chidaydi, undan 
foydalanish ham qulay bo'ladi.
Milklari hoshiyalangan, metall halqalar biriktirilgan oddiy 
planshetni tayyorlash uchun planshetga yopishtiriladigan sxema 
yoki kartadan bir oz kattaroq o'lchamdagi kanon kerak bo'ladi. 
Shundan keyin materialdan eni milk enidan ikki marta kattaroq 
kesma uzunasiga qirqib olinadi. Ikkita poloskaning uchlari burchak 
qilib qirqiladi, yelim surtib awal, uchlari burchak qilinmagan 
poloskalar, karton varag'i perimetrlari bo'ylab hoshiya qilib 
yopishtiriladi. Agarda planshetga qog'oz yopishtiriladigan bo'Isa, 
milk 5-7 mm uzunlikda qog'oz tagiga kirishi kerak. U taxtakachlab 
qo'yiladi.
Orqa devoriga halqali tasma yelimlanadi. Ba’zan planshetga 
ko'p miqdorda ma’lumotnoma materiallarini joylashtirishga to'g'ri 
keladi. Ana shunday hollar uchun yig'iladigan planshet tayyorlash 
mumkin. Buning uchun illvustratsivalar o'lchami bukilishlar soniga 
qarab planshet qismlarining o'lchami aniqlanadi. Kartondan detallar 
qirqiladi. Sharnir va hoshiya uchun gazlama kesmalaridan 
foydalaniladi, ulamingeni kartonning qalinligi va hoshiya kengligiga 
ko'ra aniqlanadi. Sharnirlar uchun gazlama ikki razmerda qirqiladi. 
Tutashish joy lari sonini kamaytirish uchun ularning ba’zilarining 
planshetini uzunligiga teng qilib qirqiladi. Hoshiyaga mo'ljallangan 
gazlama kesmasining uzunligi planshet perimetriga teng. Stolga 
planshet asosining karton qismlarini bir-biridan kartonning 
ikkilangan qalinligi teng oraliqda qo'yilib, avval qisqa (ko'ndalang), 
so'ngra uzun poloskalar bilan biriktiriladi. Planshetning orqa 
tomonini yuqoriga qilib aylantirib, uni yana gazlama kesmalari 
bilan mustahkamlanadi, tekislanadi. Shundan keyin milklari 
hoshiyalanib, gazlamaga osishga mo'ljallangan halqalar biriktiriladi. 
Planshetning teskari tomoni, har bir detaining ikkala tomoniga 
rangli yoki oq qog'oz yopishtiriladi. Old tomondan tayyorlab 
qo'yilgan chizma va instruksion karta yoki boshqa materialli 
ko'rgazma qog'ozlar yelimlanadi. Ko'rgazma shirmalari ham shu 
usulda tayyorlanadi. Kartondan shirmaning bir necha (5—8) bir 
xil o'lchamdagi to'g'ri burchakli tabaqalari qirqiladi. Liderin 
gazlamadan har bir tabaqaga bittadan kesma qirqiladi. Kesmaning 
uzunligi tabaqaning balandligiga teng, eni taxminan 25—30 mm 
bo'ladi. Bu kesmalar bilan tabaqalar shirmaga birlashtiriladi. 
Kesmalarga yelim surtib, ikki qo'shni bo'lgan tabaqa oralig'ida
35


kartonning ikkilangan qalinligiga teng bo'lgan oraliq qoldirib(aks 
holda shirmani yig'ib bo'lmavdi), yelimlanadi. Shirmaning qolgan 
tabaqalari ham mana shunday biriktiriladi, uning uzun tabaqalari 
ikkita kesma bilan yelimlanadi. Buning uchun kesmani uzunasiga 
buklab, uchlari burchak qilib qirqiladi. Shirmaning tabaqalariga 
ikkala tomondan oq yoki rangli qog'oz yopishtiriladi. Elimlanadigan 
qog'oz shunday qo'yiladiki. tabaqalarning chetlarida tor yelim- 
lanmagan hoshiyalar qolishi kerak. Buning uchun tabaqalarga 
yelimlanadigan qog'oz o'lchamiga ko'ra tabaqalar o'lchamidan 
5—6 mm kichikroq bo'lishi kerak. Shirma ikki taxta orasiga qo'vib 
quritiladi.
Fotosuratlar, reproduksiyalar, rasmlar va shu kabilarni jihoz- 
lashda oyna qo'vilagan paspartulardan foydalaniladi. Oyna tagiga 
qo'yiladigan karton va ramka uchun qog'oz bir xil o'lchamda 
qirqiladi. Paspartuning hoshiyasi liderin granitol, dermantin, qalin 
gazlamadan qilinib, « B F — 2» yelim i bilan oyna va tagiga 
qo'yiladigan kartonning orqa tomoniga yelimlanadi.
Oyna ostida hoshiyalash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
qalin karton olinadi, uning o'lchami oyna tagiga qo'yiladigan ish 
o'lchamiga bog'liq. Kartonda ikkita teshik qilinib, chiziqcha 
o'tkaziladi va ochib qo'yish uchun halqa tugiladi. So'ngra karton 
o'lchamidan 5 mm kichikroq qalin qog'oz olinadi. Qog'ozga rasm, 
panno ko'rgazma materiali yelimlanib, kartonga qo'yiladi va uning 
usti karton o'lchamiga muvofiq bo'lgan oyna bilan berkitiladi. 
Kolinkor (gazlama) kesmasiga « B F — 2», silinodekstron yoki 
duradgorlik yelimi surtiladi. Tayyorlangan oyna panno va kartonning 
stol chekkasiga qo'yib, chetiga (5—6 mm) yelim surtiladi va oynaga 
yopishtiriladi. Kolinkor ustidan barmoq yoki maxsus tekislagichni 
ohista bosib yurgiziladi. Oynaning qarama-qarshi tomoniga ham 
kolinkor xuddi shunday yopishtiriladi, kolinkorning qolgan qismi 
orqa tomondagi kartonga yelimlanadi. Oynaning uchinchi va 
to'rtinchi chetlarini hoshiyalashdan oldin kesmalaming uchi burchak 
qilib qirqiladi, so'ngra awalgilaridek yopishtiriladi. Agarda eksponat 
bo'rtib chiqqan bo'lsa. karton hamda oyna o'rtasiga eksponat 
qalinligida teng karton kesmalar qo'yiladi, keyin kesmalar bilan 
yelimlanadi. Kesmalar oraga qo'yiladigan karton qalinligidan 
kengroq bo'ladi. Kolleksiyalarni bezashning eng oddiy usuli sellofan 
bilan bezak berishdir. Eksponat iplar bilan qog'oz taglikka tiqiladi, 
uning tagiga esa shu o'lchamdagi karton qo'yiladi. Eksponat ustiga 
kartonning o'lchamidan uzunasiga ham, eniga ham 20-30 mm
36


kattaroq bo'lgan sellofan qo'yiladi. Sellofanning chetlarini bukib 
kartonga velimlanadi.
Agar cksponat bo'rtib chiqqan bo'lsa, kartonni bir oz egish va 
sellofan egilganlik shaklini olguncha tortib turish kerak. Bukilish 
bo'rtib chiqqan eksponatdan ko'proq bo'ladi.

Download 5.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling