M s h. Nurmatova, s h. T. Xasanova, D. E. Azimova ustaxonada amaliy


Qog‘oz va karton buyumlarga sayqal berish


Download 5.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/108
Sana03.11.2023
Hajmi5.38 Mb.
#1742737
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   108
Bog'liq
29ustaxonadaamaliymashgulotpdf

Qog‘oz va karton buyumlarga sayqal berish. Sayqal berish 
operatsiyalarining maqsadi buyumni bezash yoki biror materialga 
taqlid qilish uchun uning tashqi ko'rinishini o'zgartirishdir. Buyum- 
ga sayqal berishning maqsadi uni nam. chang ta'siridan saqlash 
ham bo'lishi mumkin. Ko'pincha sayqal berish buyum sathini 
muhofaza qilish, uni bezatish, tashqi ko'rinishini boshqa materialga 
o'xshatish vazifalarini birvarakayiga hal qiladi.
Qog‘oz va kartonga sayqal berish uchun asbob va materiallar. 
Sayqal berish ishlarida qo'llaniladigan asosiy asboblar bo'yoqlar 
uchun mo'yqalamlar to'plami, lak. mum, yelim va sayqal beruvchi 
idishlardir. Buyumlarga mum yoki parafin singdirishda metall idish- 
vannachalardan foydalaniladi. Materiallami gruntlash, shpaklyovka, 
bo'yovchi. ustki qoplamani hosil qiluvchi plyonka materiallari, 
sathni bezash va imutatsiya materiallari, tabiiy material, bo'yalgan 
qog'oz, qipiq, metall kukunlarga ajratish mumkin.
Gruntovka va shpaklyovka qilish. Qog'ozdan yasalgan narsalarni 
gruntovka qilishda duradgorlik yelimi, olif moyi yoki suyultirilgan 
mov bo'yoqlardan foydalaniladi. Yelimli grunt tez quriydi, an- 
chagina pishiq plyonka hosil qiladi. Bu grunt bo'yoqni yaxshi 
oladi. Qog'oz buyumlar agarda ular moy bo'yoq bilan bo'yaladigan 
bo'lsa, gruntovka qilinadi, chunki gruntovkasiz moy bo'yoq qog'oz 
sathda bir tekisda yotmaydi. Nam ta'sirida bo'luvchi buyumlarni 
gruntovka qilishda oliy navli oliy moydan sof miqdorda moybo'yoq 
qo'shib foydalaniladi. Agarda qog'oz yoki karton yaxshi yelimlan- 
magan bo'lsa, ularni bir necha marta gruntlashga to'g'ri keladi, 
har bir takroriy qatlam oldingisi to'liq qurigandan keyiti beriladi. 
Papye-mashyedan qilingan narsalar grunt sifatida yelim, moy, 
emulsiya, levkos gruntidan foydalanib, bir necha marta gruntovka 
qilinadi. Shpaklyovka qilish buyum sathidagi notekisliklar, chuqur- 
chalarni maxsus yog'langan shpaklyovka bilan to'ldirishdir. Shpak­
lyovka va gruntovka natijasida predmetlarning bo'yaladigan sathi 
silliq yanada pishiq va mustahkam bo'ladi. Sayqal berishda xilma- 
xil badiiy va dekorativ bo'yoqlar: moy, akvarel, appilin, yelim, 
emal, guash, rangli va qora tush, spirtli, nitrosellyuloza laklaridan 
foydalaniladi. Mum, parafindan jilosiz ishlov berishda, shuningdek, 
qog'ozni namga bardoshli qilishda foydalaniladi. Eritgichlar sifatida 
skipidar, efir moyi, benzin, kerosin, vino spirti, atseton va maxsus 
chiqariladigan sanoat erituvchilaridan foydalaniladi. Agarda buyum
30


sathiga yaltiroq Гоп beriladigan bo'lsa, bo'yoqning erituvchisi 
sifatida lak, olif moyi yoki akvarel bo'lsa skipidar ishlatiladi. O lif 
moyi pishirilgan zig'ir yoki kanop yog'i bo'lib, unga pishirish 
jarayonida tayyor olif moyining ko'rinishini tezlashtiruvchi 
katalizatorlar qo'shiladi. Shuning uchun katalizatorlar quritgich 
yoki sikkativlar degan nomni olgan. Emal bo'yoqlar quriganda 
mustahkam yaltiroq qatlam berishi kerak. Pastasimon konsisten- 
siyadagi yelimli bo'yoq guash deyiladi. Guash bir tekisdagi shaffof 
bo'lmagan sof tondagi qatlam bilan qog'ozni yaxshi bo'yaydi. 
Nitrobo'yoqlar tez yonuvchandir, shuning uchun ulardan foyda- 
lanilmaydi. Sanoat ishlab chiqaradigan moy bo'yoqlar assortimentga 
juda boydir. Qog'oz va kartonni laklashda mebel (№ 4—4 a), kanifol 
(№ 7) laklaridan foydalangati yaxshi. Moyli lakning bronza kukuniga 
aralashtirishga mo'ljallangan maxsus navi 
bronza tinkturasi 
deyiladi.
Qog'ozni bo'yashda quyidagi bo'yoq va moslamalardan 
foydalaniladi:

Download 5.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling